Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.2024 y. 93-son "Markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.02.2024 y.

N 93




MARKAZLAShGAN IChIMLIK SUV TA’MINOTI YeTIB

BORMAGAN QIShLOQ AHOLI PUNKTLARINI IChIMLIK

SUV BILAN TA’MINLASh VA OQOVA SUVLARNI ChIQARIB

YuBORISh XIZMATLARINI KOʻRSATISh BOʻYIChA DAVLAT

IJTIMOIY BUYuRTMALARINI BERISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 24 oktyabrdagi PQ-343-son qaroriga asosan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida aholi punktlariga ichimlik suv ta’minoti va ularga oqova suv хizmatlari koʻrsatishni tashkil etishning soddalashtirilgan meхanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Markazlashgan ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatlarini kursatish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihalarining boshqaruvchisini tanlash;

davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish хizmatlari bilan ta’minlash uchun qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyiha va pudrat tashkilotlarini tanlash;

davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida barpo etilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini (inshootlarini) foydalanishga topshirish.


2. Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:

davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari boshqaruvchisining tanlov takliflarini baholash mezonlarini tasdiqlasin;

Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihalarining boshqaruvchisi bilan hamkorliqda davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasining namunaviy shaklini ishlab chiqsin;

2024 yilda davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida ichimlik suv bilan ta’minlanadigan qishloq aholi punktlarining manzilli dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda 2024 yilda davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida zarur mablalar ajratilishini ta’minlasin.

Bunda har yili Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga 50 mlrd soʻm miqdoridagi mablalarni kiritish hamda ushbu mablalarni oʻz vaqtida va toʻliq ajratish choralarini koʻrsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 17 fevral