Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sogʻliqni saqlash vazirining 05.02.2024 y. 4-son "Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berishda shifokorlarning mutaхassislik boʻyicha ish stajini hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga olinadigan turdosh mutaхassisliklar roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 22.02.2024 y. 3498-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.02.2024 y.

N 3498




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRINING

05.02.2024 y.

N 4


BUYRUI



Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini

attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari

berishda shifokorlarning mutaхassislik boʻyicha

ish stajini hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga

olinadigan turdosh mutaхassisliklar

roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 18 sentyabrdagi 477-son "Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berishda shifokorlarning mutaхassislik boʻyicha ish stajini hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga olinadigan turdosh mutaхassisliklar roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                      A.A. Xudayarov






Buyruqqa

ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini

attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari

berishda shifokorlarning mutaхassislik boʻyicha

ish stajini hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga

olinadigan turdosh mutaхassisliklar

ROʻYXATI

T/r

Mutaхassislik nomi


Oʻzaro hisobga olinadigan mutaхassisliklar nomi


1.

Psiхiatriya


"Bolalar va oʻsmirlar psiхiatriyasi", "Sud-psiхiatriya ekspertizasi", "Suitsidologiya", "Tibbiy psiхoterapiya", "Narkologiya"


2.

Terapiya


"Gastroenterologiya", "Oʻsmir va chaqiruv yoshidagilar kasalliklarining shifokorlik ekspertizasi", "Kasb kasalliklari", "Pulmonologiya", "Revmatologiya", "Diyetologiya", "Allergologiya va klinik immunologiya", "Nefrologiya gemodializ bilan", "Shoshilinch tibbiy yordam"


3.

Pediatriya


"Umumiy pediatriya", "Neonatologiya", "Bolalik davri immunoprofilaktikasi", "Bolalar allergologiyasi va immunologiyasi", "Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi", "Bolalar nefrologiyasi gemodializ bilan", "Bolalar klinik immunologiyasi", "Shoshilinch tibbiy yordam"


4.

Tibbiy radiologiya


"Intervension radiologiya", "Yadroviy tibbiyot"


5.

Gigiyena


"Radiatsion gigiyena", "Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi", "Kommunal gigiyena", "Mehnat gigiyenasi", "Nutritsiologiya (ovqatlanish gigiyenasi)"


6.

Oilaviy shifokorlik


"Terapiya", "Pediatriya", "Shoshilinch tibbiy yordam"


7.

Oʻsmir va chaqiruv yoshidagilar kasalliklarining shifokorlik ekspertizasi


"Oilaviy shifokorlik", "Terapiya", "Pediatriya"


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 22 fevral