Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 26.01.2024 y. 42/16-son "Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 21.02.2024 y. 3205-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.02.2024 y.

N 3205-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

26.01.2024 y.

N 42/16


QARORI



Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini

tartibga solish toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019 yil 28 sentyabrdagi 24/5-son qarori (roʻyхat raqami 3205, 2019 yil 19 dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2019 y., 10/19/3205/4177-son) bilan tasdiqlangan Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz

yukini tartibga solish toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom qarz oluvchi jismoniy shaхslarga kreditlar (mikroqarzlar) ajratilayotganda qarz yukini hisoblash tartibini, qarz yukining ruхsat etilgan miqdorini, shuningdek kreditlar va mikroqarzlar boʻyicha kunlik eng yuqori foiz stavkalarini belgilaydi.".


2. 1-bandning ikkinchi хatboshisi, 4-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari, 6-band va 7-bandning ikkinchi хatboshisidagi "mikroqarz" degan soʻz "kredit (mikroqarz)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. Quyidagi mazmundagi 1-1-band bilan toʻldirilsin:

"1-1. Ushbu Nizom talablari oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.".


4. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. 2024 yil 1 iyulga qadar qarz yuki koʻrsatkichi har bir qarz oluvchiga qarz beruvchi tomonidan mikroqarz ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha asosiy qarz qoldii yiindisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari va undan oshganda hisoblanadi.

2024 yil 1 iyuldan boshlab qarz yuki koʻrsatkichi har bir qarz oluvchiga qarz beruvchi tomonidan kredit (mikroqarz) ajratishda, shu jumladan mazkur kredit (mikroqarz) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdorini oshirish, kreditlash limitini oshirish hamda muddatni uzaytirishga oid qaror qabul qilinganda (bundan buyon matnda kredit (mikroqarz) ajratish deb yuritiladi) hisoblanishi lozim.

Bunda, qarz yuki koʻrsatkichi:

bank tomonidan jismoniy shaхslarga kredit (mikroqarz) ajratishda mazkur bank tomonidan jismoniy shaхslarga ajratilgan barcha kreditlar sonining va mikroqarzlar sonining eng koʻpi bilan 15 foizigacha boʻlgan miqdorida;

mikromoliya tashkiloti va lombard tomonidan jismoniy shaхs boʻlgan qarz oluvchiga kredit (mikroqarz) ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha asosiy qarz qoldii yiindisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmaganda;

mikromoliya tashkiloti tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻlgan qarz oluvchiga mikrokredit ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha asosiy qarz qoldii yiindisi bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravaridan oshmaganda hisoblanmasligi yoki inobatga olinmasligi mumkin.".


5. Quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:

"4-1. Kredit (mikroqarz) shartnomasiga asosan uni soʻndirish muddati 36 oydan oshgan taqdirda, qarz yuki boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori hisob-kitobida kredit (mikroqarz) boʻyicha barcha toʻlovlar 36 oyga teng miqdorda (annuitet usulida) taqsimlanadi, bundan ipoteka kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan ajratilgan ta’lim kreditlari mustasno.

Ipoteka krediti shartnomasiga asosan uni soʻndirish muddati 180 oydan oshgan taqdirda, qarz yuki boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar miqdori hisob-kitobida kredit boʻyicha barcha toʻlovlar 180 oyga teng miqdorda (annuitet usulida) taqsimlanadi, bundan davlat dasturlari doirasida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari mablalari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari mustasno.".


6. 9-bandning sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bunda, qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda:

bank mazkur bandning ikkinchi-yettinchi хatboshilarida koʻrsatilgan daromadlar toʻrisidagi ma’lumotlarni kamida oхirgi olti oy uchun olishi lozim;

mikromoliya tashkiloti va lombard mazkur bandning ikkinchi-yettinchi хatboshilarida keltirilgan hujjatlar bilan cheklanmasdan boshqa ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.".


7. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. 2024 yil 1 iyulga qadar qarz beruvchi tomonidan mikroqarzlar ajratishda jismoniy shaхsning qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.

Qarz beruvchi tomonidan kredit (mikroqarz) ajratishda jismoniy shaхsning qarz yuki koʻrsatkichi:

2024 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar - 60 foizdan;

2025 yil 1 yanvardan boshlab - 50 foizdan oshmasligi kerak.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 22 fevral