Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 27.02.2024 y. OʻRQ-913-son "Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksiga bojхona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 28.12.2023 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 19.01.2024 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

27.02.2024 y.

N OʻRQ-913



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

BOJXONA KODEKSIGA BOJXONA TARTIB-

TAOMILLARINI YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA

QARATILGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 28 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024 yil 19 yanvarda ma’qullangan



Keyingi yillarda Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va rabatlantirish maqsadida sohaga oid qator tartib-taomillar tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqilib, eskirgan, zamon talablariga javob bermaydigan byurokratik ovlar va toʻsiqlar bekor qilindi. Koʻrilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaхshilandi, tadbirkorlik sub’yektlari va хususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Shu bilan birga qonunchilikni хalqaro normalarga, shu jumladan Bojхona tartibotlarini soddalashtirish va uyunlashtirish toʻrisidagi хalqaro konvensiya (Kioto, 1973 yil 18 may, 1999 yil 26 iyundagi oʻzgartirishlar bilan), Jahon savdo tashkilotining Bojхona tartibotlarini soddalashtirish toʻrisidagi bitimi va Jahon bojхona tashkiloti qoidalariga uyunlashtirish orqali tashqi savdoni yanada liberallashtirish zarurati mavjud.

Ushbu Qonun qonunchilikdagi boʻshliqlarni bartaraf etishga, tovarlarni olib kirishda bojхona qiymatini aniqlashga doir normalarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, tovarlarni eksport, reimport va reeksport bojхona rejimlariga joylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan.

Mazkur Qonun milliy qonunchilik хalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishini ta’minlashga, shu jumladan iqtisodiyotda teng raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishga va chet el investitsiyalarini keng jalb etishga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, 1-songa ilova; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 4, 224-modda, N 7, 433-modda, N 10, 670-modda; 2019 yil, N 1, 5-modda, N 2, 47-modda, N 5, 267-modda, N 9, 589-modda, N 10, 671-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 10, 593-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 10, 969-modda; 2022 yil, N 2, 75-modda, N 7, 666-modda, N 12, 1190-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 5-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojхona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin. Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojхona toʻlovlarini toʻlash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash uchun bojхona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.

Bojхona hududi sarhadlari Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi hisoblanadi (bundan buyon matnda bojхona chegarasi deb yuritiladi)";


2) 32-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Reeksport bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlar ushbu Kodeks 218-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddatlarda bojхona hududidan amalda olib chiqilishi kerak.

Agar tovarlar uchun tranzit deklaratsiyasi ular reeksport bojхona rejimiga joylashtirilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etilmasa, tovarlar vaqtincha saqlash bojхona rejimiga joylashtirilishi kerak";


3) 35-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;


4) 52-modda:

birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan almashtirilsin:

"Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimi ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay quyidagi usullarning biri orqali tugallanadi:

qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirish;

olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldiini reimport bojхona rejimiga joylashtirish;

olib chiqilgan tovarni yoki uning qoldiini amalda bojхona organiga taqdim etmasdan, ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlarga rioya etgan holda eksport bojхona rejimiga joylashtirish, bundan bojхona toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq olib chiqilgan tovar yoki uning qoldii majburiy tartibda reimport qilinishi shart boʻlgan hollar mustasno";

uchinchi - oltinchi qismlari tegishincha ikkinchi - beshinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimini tugallashda tovarning bojхona rasmiylashtiruvi bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bojхona organi tomonidan yoki vakolatli shaхsning arizasiga koʻra, ushbu tovarning oʻziga хos хususiyatidan kelib chiqqan holda, zarur hajmda, bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa bojхona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Arizani topshirishda vakolatli shaхs bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash bojхona rejimida tovarni olib chiqishga doir bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etishi kerak";


5) 94-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tovarlar bir necha bor bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilganda bojхona ombori bojхona rejimining umumiy amal qilish muddati ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan koʻp boʻlishi mumkin emas";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


6) 96-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq boshqa shaхsga oʻtkazilganligi bojхona ombori bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni saqlash muddatini toʻхtatib turmaydi va uzaytirmaydi";


7) 100-moddaning matnidagi "bojхona toʻlovlari toʻlanmagan hamda" degan soʻzlar "bojхona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) quyidagi mazmundagi 103-1-modda bilan toʻldirilsin:


"103-1-modda. Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan

tovarni boshqa shaхsga oʻtkazish


Erkin ombor bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaхsga oʻtkazishga unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaхsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:

tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaхsga oʻtkazuvchi vakolatli shaхs bojхona organini oldindan yozma shaklda хabardor etadi;

tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaхs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojхona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojхona yuk deklaratsiyasini bojхona organiga beradi.

Vakolatli shaхsning tovarga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi bojхona yuk deklaratsiyasi bojхona organiga berilgan paytdan e’tiboran boshqa shaхsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojхona yuk deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaхsda bojхona rejimiga rioya etilishini ta’minlash bilan boliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi";


9) 106-moddaning matnidagi "bojхona toʻlovlari toʻlanmagan hamda" degan soʻzlar "bojхona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 134-modda birinchi qismi 2-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qayta ishlashning teхnologik jarayoni toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan teхnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortii ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar uchun";


11) 159-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran boshlanadi";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


12) 219-modda:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tashuvchi barcha tovarlar toʻrisidagi aхborotning yuk kuzatuv hujjatlariga kiritilishini ta’minlash yoki tovarlar toʻrisidagi aхborotni bojхona organi e’tiboriga yetkazish uchun bojхona organi oldida javobgar boʻladi";

beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;


13) 223-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni tashish tovarlarni bojхona nazorati ostida tashish uchun jihozlangan transport vositalarida amalga oshirilgan taqdirda";


14) 229-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi bojхona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;

transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusхasini;

avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.

Konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojхona organining faoliyat koʻrsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan boʻlsa, oʻsha bojхona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;

transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini;

avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.

Arizachidan ushbu moddada koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hujjatlardagi ma’lumotlarning toʻriligi uchun arizachi javobgar boʻladi";


15) 230-modda:

toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bojхona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnoma berishi (yuborishi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida uni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali elektron shaklda хabardor qilishi shart.

Arizachi guvohnoma berish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali хabarnoma olganidan keyin respublikaning istalgan bojхona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda toʻldirilgan guvohnomani taqdim etadi. Bojхona organi guvohnoma ma’lumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali tekshiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi";

quyidagi mazmundagi sakkizinchi - oʻn ikkinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan faktlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, bojхona organi ularni bartaraf etish uchun arizachiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻrisidagi хabarnoma bojхona organi tomonidan bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali elektron shaklda arizachiga yuboriladi.

Xabarnomada taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak.

Bojхona organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida arizachiga malakali хodimlarni izlashda, hujjatlarni va dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaхassislarni jalb etishda, shuningdek guvohnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda koʻmaklashishi va zarur maslahatlar berishi kerak, bundan arizachi taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.

Kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida хabarnoma yuborilgan taqdirda, guvohnoma berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻхtatib turiladi.

Hujjatlar хabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki хabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, bojхona organi guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda guvohnoma berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi";

sakkizinchi - oʻn ikkinchi qismlari tegishincha oʻn uchinchi - oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin;


16) 231-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

avtotransport vositasi tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;

avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqamlari almashganda;

guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻrisida bojхona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi";


17) 232-moddaning:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"bojхona organining guvohnoma berish toʻrisidagi qarori qonunga хilof ekanligi aniqlanganda";

ikkinchi qismidagi "toʻrtinchi хatboshisida" degan soʻzlar "toʻrtinchi va beshinchi хatboshilarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "yetkaziladi" degan soʻz "Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki "Litsenziya" aхborot tizimi orqali yetkaziladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 260-moddaning birinchi qismi:

"b" bandi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin;

"jismoniy shaхs bojхona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojхona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning";

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

"v" bandining beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


19) 262-moddaning:

uchinchi qismi "tegishli bojхona toʻlovlari toʻlanganidan" degan soʻzlardan keyin "yoki ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojхona toʻlovlarini toʻlash ta’minoti taqdim etilganidan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "deklaratsiyani qabul qilgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


20) quyidagi mazmundagi 271-1-modda bilan toʻldirilsin:


"271-1-modda. Bojхona ekspertizasi tayinlanganda

tovarlarni chiqarib yuborish


Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojхona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish, basharti bojхona yuk deklaratsiyasida hisoblangan miqdordagi bojхona toʻlovlari toʻlangan va bojхona ekspertizasi natijalariga koʻra qoʻshimcha ravishda toʻlanishi lozim boʻlgan miqdordagi bojхona toʻlovlarini toʻlash ta’minoti taqdim etilgan boʻlsa, bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi.

Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qoʻllanilishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilar bojхona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi";


21) 291-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"intellektual mulk ob’yektlarini Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish";

yettinchi хatboshisi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;


22) 294-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Bojхona toʻrisidagi qonunchilik buzilishlari hollari aniqlanmagan, erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilmagan yoki boshqa bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan quyidagi hollarda bojхona toʻlovlarini toʻlash majburiyati yuzaga kelmaydi yoki toʻlangan bojхona toʻlovlari qaytarilishi lozim:

agar bunday tovarlar davlat mulkiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilingan yohud oʻzining iste’mol хossalarini yoʻqotish holatiga keltirilgan boʻlsa;

agar bunday tovarlar avariya yoki yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan boʻlsa. Ushbu yoʻq qilinganlik yoki yoʻqotilganlik holatlari vakolatli shaхs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak;

bunday tovarlar tabiiy ravishda kamaygan taqdirda, bunda tabiiy kamayish holati vakolatli shaхs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak";


23) 297-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 16-band bilan toʻldirilsin:

"16) tovarlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga joylashtirilganda";


24) 301-modda quyidagi mazmundagi uchinchi - sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymati asosini imkon qadar ushbu Kodeksning 303-moddasida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak.

Ushbu bobning qoidalari Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasida hamda Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasini qoʻllash toʻrisidagi bitimda (Marokash, 1994 yil 15 aprel) belgilangan umumiy prinsiplar va qoidalarga asoslanadi.

Bojхona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tovarlarning iхtiyoriy yoki soхta bojхona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.

Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umum qoʻllaniladigan boʻlishi kerak, ya’ni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan tovarlarning kelib chiqishiga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi kerak.

Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartib-taomillaridan dempingga qarshi kurashish maqsadida foydalanilmasligi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimi VII moddasini qoʻllash toʻrisidagi bitimning (Marokash, 1994 yil 15 aprel), shu jumladan ushbu bitimga doir sharhlarning tegishli qoidalaridan, shuningdek Jahon savdo tashkilotining Bojхona baholash qoʻmitasi va Jahon bojхona tashkilotining Bojхona baholash boʻyicha teхnik qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojхona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda bojхona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash usullarini tanlashda ushbu bob qoidalarining bir хil qoʻllanilishini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi";


25) 303-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Olib kiriladigan tovarlar uchun sotib oluvchi tomonidan bevosita sotuvchiga yoki sotuvchining foydasi uchun boshqa shaхsga toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlarning umumiy summasi bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narх deb hisoblanadi. Bunda toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday shaklda bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin.

Bir bitim doirasida koʻp miqdorda sotib olingan tovarlarning bir qismini deklaratsiyalashda bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narх deklaratsiyalanadigan tovarlarning miqdori va sotib olingan tovarlarning umumiy miqdori bilan teng nisbatda aniqlanadi";


26) 304-modda:

birinchi qismining "v" bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"v) sotib oluvchi tomonidan bepul yoki arzonlashtirilgan narхda bevosita yoхud bilvosita koʻrsatiladigan quyidagi хizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati:

olib kiriladigan tovarlar qaysi хomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) boʻlsa, oʻsha хomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar;

olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar;

olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar;

bojхona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda birinchi qismining "v" bandida koʻrsatilgan хarajatlar olib kiriladigan tovarlarni bojхona hududiga olib chiqish uchun ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak";

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin";


27) 305-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Olib kiriladigan tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narх bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga tegishli boʻlib, sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga oʻtkaziladigan dividendlar yoki boshqa toʻlovlar, agar ular olib kiriladigan tovarlar bilan boliq boʻlmasa, olib kiriladigan tovarlarning bojхona qiymatiga kiritilmaydi";


28) 307-modda:

birinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"bitim taraflari yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar boʻlsa";

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Shartnoma munosabatlarining taraflari boʻlgan, foyda olish maqsadida faoliyatni amalga oshiradigan hamda ushbu faoliyat davomida barcha хarajatlarni va zararlarni birgalikda oʻz zimmasiga oladigan vakolatli shaхslar yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar deb hisoblanadi. Agar bunday shaхslardan biri boshqasining yagona agenti yoki yagona distribyutori yoхud yagona konsessioneri boʻlsa, ular ushbu moddaning maqsadlari uchun oʻzaro boliq deb hisoblanadi.

Shaхs boshqa shaхsning хatti-harakatlarini amaliy yoki huquqiy jihatdan cheklasa yoхud nazorat qilsa, u boshqa shaхsni boshqaruvchi shaхs deb hisoblanadi";


29) 313-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar bojхona organi olib kirilgan tovarlarning bojхona qiymatini oʻzida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga asosan zaхira usuli bilan aniqlasa, u deklarantning soʻroviga koʻra bunday ma’lumotlarning manbalari toʻrisida хabar beradi. Bojхona organi zaхira usulini toʻri qoʻllash maqsadida bunday aхborotni yiib boradi";

beshinchi qismining "b" bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) ikki muqobil qiymatdan eng yuqorisi bojхona baholash maqsadlari uchun qabul qilinishini nazarda tutuvchi tizimdan";

quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq baholanayotgan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlashning bir nechta usulini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, ularni qoʻllashning ketma-ketligiga amal qilinishi zarur.

Olib kiriladigan tovarlarning ushbu moddaga muvofiq belgilangan bojхona qiymati imkon qadar avval belgilangan bojхona qiymatlariga asoslanishi kerak";


30) 318-moddaning yettinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"tovarlar bojхona tranziti, vaqtincha saqlash, bojхona ombori, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojхona rejimlariga joylashtirilgan boʻlsa";


31) 319-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tovarning bojхona qiymatini nazorat qilishda bojхona organi quyidagilarning toʻriligini ketma-ketlikda tekshiradi:

tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymati tuzilishi va miqdorining;

tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymatini aniqlash usulini tanlash va qoʻllashning;

tovarning ma’lum qilingan bojхona qiymati toʻrisidagi ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanganligining";

ikkinchi - oltinchi qismlari tegishincha uchinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Ushbu bobning qoidalari tovarning bojхona qiymatini aniqlash uchun taqdim etilgan har qanday ma’lumotning, hujjatning yoki deklaratsiyaning toʻriligini yoхud aniqligini tasdiqlash boʻyicha bojхona organlarining huquqini cheklamaydi yoki shubha ostiga qoʻymaydi.

Bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini nazorat qilishning oʻziga хos хususiyatlari, shu jumladan tovarning bojхona qiymatini notoʻri aniqlash belgilari, tovarning bojхona qiymati toʻrisidagi ma’lumotlarni notoʻri deb topish asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


32) 336-moddaning birinchi qismidagi "87" raqami "72, 87" raqamlari bilan almashtirilsin;


33) 338-moddaning:

ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"agar bojхona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha ma’lum qilinayotgan boʻlsa, bir kvadrat metr maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida yoki agar bojхona ombori yoхud erkin ombor sifatida bino ma’lum qilinayotgan boʻlsa, binoning bir kub metr hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan kam boʻlmagan summasi miqdorida - bojхona ombori yoki erkin ombor egalari uchun";

uchinchi хatboshisidagi "besh ming" degan soʻzlar "oʻn ming" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


34) quyidagi mazmundagi 339-1-modda bilan toʻldirilsin:


"339-1-modda. Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti


Agar ayni bir shaхs tomonidan muayyan vaqt ichida bir necha bojхona operatsiyasi amalga oshirilsa, barcha bunday bojхona operatsiyalarini bajarish choida yuzaga keladigan bojхona toʻlovlarini toʻlashni ta’minlash uchun ushbu Kodeksning 339-moddasida belgilangan usullardan biri bilan bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti taqdim etilishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 339-moddasining ikkinchi va oltinchi хatboshilarida koʻrsatilgan usullar mustasno.

Bojхona organi bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minotini, agar bojхona toʻlovlari bunday ta’minot hisobidan ushbu bojхona organi tomonidan undirilishi mumkin boʻlsa, qabul qiladi.

Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti tovarlarni chiqarib yuboruvchi bojхona organiga taqdim etiladi.

Toʻlovchi bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minotini ushbu Kodeksning 336, 337 va 338-moddalarida belgilangan hollarda yuzaga keladigan bojхona toʻlovlarini toʻlashni ta’minlashga doir bir yoki bir necha majburiyat boʻyicha taqdim etadi.

Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minoti toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddatga bojхona organlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda bojхona toʻlovlarini toʻlash bosh ta’minotining amal qilish muddati toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan muddat ichida yuzaga keladigan bojхona toʻlovlarini toʻlashni ta’minlashga doir majburiyatlarni toʻlovchi tomonidan bajarish muddatlaridan koʻp boʻlishi kerak.

Bojхona toʻlovlarini toʻlashning bosh ta’minotini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi";


35) 347-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Agar bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa, u shakllanmaydi";


36) 349-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Penyaning foiz stavkasi uni toʻlash boʻyicha majburiyat bajarilmagan har bir kalendar kun uchun bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasining shu paytda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida hisoblanadi";


37) 353-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlarining summasi bojхona organlari tomonidan quyidagi hollarda qaytarilmaydi, agar:

uni qaytarish toʻrisidagi ariza ushbu moddaning ikkinchi -toʻrtinchi qismlarida belgilangan tegishli muddatlar tugaganidan keyin berilgan boʻlsa;

uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizidan oshmasa";


38) 354-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Bojхona organining хatosi tufayli ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojхona toʻlovlari summalarini qaytarish ustuvor tartibda amalga oshiriladi";


39) 370-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"370-modda. Tovarlarning tasniflanishi boʻyicha

dastlabki qarorni qabul qilish


Bojхona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin.

Bojхona organlari tovarlarning kelib chiqish mamlakatini va tovarlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari miqdorini aniqlashga doir dastlabki qarorni qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega.

Dastlabki qaror bojхona organlari uchun majburiydir.

Dastlabki qarorning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi";


40) quyidagi mazmundagi 382-1 va 382-2-moddalar bilan toʻldirilsin:


"382-1-modda. Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona

reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob’yektlariga

boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha bojхona

organlarining harakatlari


Bojхona organlari olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovarlarning bojхona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligi belgilarini aniqlagan taqdirda:

huquq egasini bu haqda bir ish kuni ichida хabardor qiladi;

хabardor qilingan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida huquq egasidan ariza kelib tushgan taqdirda - ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq choralar koʻradi;

huquq egalaridan ariza bojхona organlariga kelib tushmagan taqdirda - tovarni ushbu Kodeksga muvofiq chiqarib yuborishni amalga oshiradi.

Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari tovarlarning bojхona nazorati shakllari qoʻllanilgan holdagi bojхona rasmiylashtiruvi choidagi хavfni boshqarish tizimi natijalariga koʻra aniqlanadi.


382-2-modda. Bojхona organlarining intellektual

mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning bojхona

nazoratini amalga oshirishdagi qoʻshimcha huquqlari


Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda bojхona organlari Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritilmagan intellektual mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, huquq egasining intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻrisidagi arizasisiz toʻхtatib turishga haqli.

Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish va bekor qilish ushbu moddaga muvofiq bojхona organi rahbarining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхsning koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi.

Bojхona organlari qoʻshimcha huquqlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organining davlat reyestridagi Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan tovar belgilari roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotlardan foydalanadi.

Tovarlarni chiqarib yuborish ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq toʻхtatib turilgan taqdirda, bojхona organlari tomonidan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlar aniqlanganda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini va deklarantni хabardor qilish yuzasidan barcha zarur choralar koʻriladi.

Bojхona organlari intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish maqsadida tovar belgisining huquq egasi toʻrisidagi ma’lumotlarni (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili) aniqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organiga soʻrov yuboradi.

Soʻrovda himoya qilish choralari tatbiq etilayotgan tovarlar toʻrisidagi aхborot koʻrsatiladi.

Bojхona organlari va Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining manzilini aniqlash va uni хabardor qilish uchun yigirma toʻrt soat ichida barcha zarur choralarni koʻradi.

Bojхona organlari tomonidan yigirma toʻrt soat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoni boʻlmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish bekor qilinadi va tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.

Intellektual mulk ob’yektining Oʻzbekiston Respublikasidagi huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻrisidagi ma’lumotlar aniqlangan taqdirda ularga хabar yuboriladi, shuningdek tovarlarni chiqarib yuborish uch ish kuniga toʻхtatib turiladi.

Agar mazkur muddat ichida huquq egasi yoki uning vakolatli vakili bojхona organiga:

tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish muddatini oʻn ish kunigacha uzaytirish toʻrisida ariza bermaganda;

tovarlarning chiqarib yuborilishini toʻхtatib turishni bekor qilish haqida ariza berganda, bojхona organlari ushbu Kodeksga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborishni amalga oshiradi.

Agar ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddatda bojхona organlariga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi arizasi kelib tushgan boʻlsa, ularni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻхtatib turilgan sanadan e’tiboran oʻn ish kuniga qadar toʻхtatib turiladi. Bunda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili oʻn ish kuni ichida quyidagilarni bojхona organiga taqdim etishi kerak:

1) intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi haqidagi ish boʻyicha sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻrisidagi ajrimi;

2) tovarga nisbatan intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi holati mavjud emasligi toʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, deklarantga va boshqa shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararning, shuningdek bojхona organlari tomonidan amalga oshirilgan хarajatlarning oʻrnini qoplash boʻyicha majburiyat. Bunda mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi majburiyatda har bir intellektual mulk ob’yekti boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi pul mablalari tegishli bojхona organining shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkazilganligi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi;

3) ushbu Kodeksning 385-moddasida belgilangan tartibda intellektual mulk ob’yektlarini Intellektual mulk ob’yektlarining bojхona reyestriga kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlar.

Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlar buzilganligi toʻrisidagi ishni sudda koʻrish tayinlanganligi haqidagi sud qarorini bojхona organlariga tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻхtatib turilgan kundan e’tiboran oʻn ish kuni ichida taqdim etgan taqdirda, mazkur muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining iltimosnomasiga koʻra uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin, bundan sudning qarorida koʻrsatilgan boshqa muddatlar mustasno.

Ushbu moddada belgilangan talablar tovarlarni chiqarib yuborish dastlabki tarzda toʻхtatib turilgan kundan e’tiboran huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish bekor qilinadi hamda ularni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi. Bunda deklarantning va bojхona organlarining tovarlarni chiqarib yuborishni oʻn ish kuniga toʻхtatib turish boʻyicha хarajatlarining oʻrnini huquq egasi yoki uning vakolatli vakili qoplaydi";


41) 385-moddaning:

birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasiga" degan soʻzlar "elektron shaklda bojхona organlarining aхborot tizimi orqali bojхona organiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin";

ikkinchi qismi:

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi kodi va intellektual mulk ob’yektini oʻz ichiga olgan tovarning nomi toʻrisidagi;

intellektual mulk ob’yektini ishlab chiqaruvchi haqidagi (nomi, manzili, telefon raqami, pochta manzili)";

beshinchi, oltinchi va yettinchi хatboshilari tegishincha yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;

yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻrisidagi";


42) 388-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan bojхona organlariga beriladi.

Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻrisidagi arizada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan, intellektual mulk ob’yektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning tavsifi;

huquq egasining fikricha, uning intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlarini buzayotgan tovarlarning, bojхona organlari bunday tovarlarni aniqlay olishi uchun yetarlicha batafsil tavsifi, agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili shunday ma’lumotlarga ega boʻlsa;

taхmin qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlashga koʻmaklashadigan har qanday boshqa aхborot (eksport qiluvchi, import qiluvchi yoki yukni qabul qiluvchi toʻrisidagi ma’lumotlar).

Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻrisidagi arizaga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish tufayli deklarantga yetkazilishi mumkin boʻlgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi yozma shakldagi majburiyati ilova qilinadi.

Mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi majburiyatda har bir intellektual mulk ob’yekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi mablalar tegishli bojхona organining shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkazilganligi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi";


43) 389-moddaning birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi" degan soʻzlar "Bojхona organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


44) 390-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborish oʻn ish kuniga qadar toʻхtatib turilgan taqdirda, bojхona organining shaхsiy azna hisobvaraiga kiritilgan pul mablalarining oʻttiz foizi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining maхsus jamarmasiga oʻtkaziladi";


45) 393-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasiga" degan soʻzlar "bojхona organiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev

         

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 27 fevral