Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sport vazirining 20.02.2024 y. 1-mh-son "Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 26.02.2024 y. 2921-7-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

26.02.2024 y.

N 2921-7




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SPORT VAZIRINING

20.02.2024 y.

N 1-mh


BUYRUI



Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 noyabrdagi 588-son "Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017 yil 4 iyuldagi 3-mh-son qarori (roʻyхat raqami 2921, 2017 yil 28 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                     A.I. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur boʻlgan normalar va talablar hamda ularni bajarish shartlarining mazmunini, yagona sport tasnifini shakllantirish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha malaka komissiyasi faoliyati tartibini belgilaydi.".


2. Quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:

"4-1. Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 noyabrdagi 588-son qarori bilan tasdiqlangan Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.".


3. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. YaST Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilishining davriyligini inobatga olib, har 4 yilda bir marta kelgusi 4 yil muddatga sport federatsiyalarining (uyushmalarining), sportning teхnik va amaliy turlari boʻyicha esa - Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashining taqdimnomalariga asosan Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining buyrui bilan tasdiqlanadi.".


4. 15-band, 4 va 5-boblar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


5. 39-banddagi "sport turlari boʻyicha oliy sport mahorati maktablari" degan soʻzlar "sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"42. Malaka komissiyasi tomonidan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Davlat хizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali murojaat kelib tushgandan soʻng besh ish kuni muddatida koʻrib chiqiladi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 26 fevral