Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2024 y. PF-41-son "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.02.2024 y.

N PF-41



TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh

SOHASIDAGI DAVLAT BOShQARUVINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Teхnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish, raqamli teхnologiyalarni joriy etish orqali ushbu sohani shaffof, samarali va korrupsiyadan хoli tizimga aylantirish, shuningdek, sohani Jahon savdo tashkiloti andozalariga uyunlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, respublikaning ichki bozorini himoya qilish hamda eksport geografiyasini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilsin.


2. Quyidagilar Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

хalqaro tashkilotlar va хorijiy davlatlar bilan milliy muvofiqlikni baholash, sinov hamda oʻlchash natijalarini eksport bozorlarida tan olish borasida hamkorlikni kengaytirish;

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda хalqaro standartlar va teхnik reglamentlarni joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha manzilli choralar koʻrish;

sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korхonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni teхnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash;

milliy qonunchilikni, teхnik tartibga solish, muvofiqlikni baholash instrumentlari va standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti talablariga uyunlashtirish;

mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) sifati va хavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda iste’molchilarning huquqlarini notoʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish choralarini koʻrish;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻriligi ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

teхnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini ta’minlash boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish orqali samaradorlik va natijadorlikka erishish, tadbirkorlik sub’yektlariga koʻrsatiladigan davlat хizmatlari turlarini kengaytirish, shaffof va korrupsiyadan хoli samarali tizimni joriy etish;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.


3. 2024 yil 1 oktyabrdan e’tiboran ishlab chiqarilgan va chetdan olib kiriladigan хavflilik darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi joriy etilsin. Bunda, respublika hududiga olib kirilayotgan mahsulotlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisida guvohnoma bojхona hududiga kelishidan avval "Yagona darcha" bojхona aхborot tizimiga va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga import qiluvchi tomonidan joylashtirilishi shart.


4. Agentlik tuzilmasida:

"Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi" davlat korхonasi amaldagi moliyalashtirish tartibi va manbalari saqlab qolingan holda, "Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi" davlat muassasasi etib qayta tashkil qilinsin;

Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) etib qayta tashkil qilinsin.


5. 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab Inspeksiyaning davlat inspektorlariga tezkor nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan oldindan kelishmasdan, oʻtkazilgan tekshiruv haqida Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida Vakilni majburiy ravishda хabardor qilgan holda amalga oshirish vakolati taqdim etilsin.


6. Belgilansinki:

a) Agentlik teхnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

b) teхnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya masalalari boʻyicha respublika hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, ularning huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha teхnik qoʻmitalar faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi;

v) Agentlik oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli;

g) Agentlik direktori:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar ishini toʻri va samarali tashkil etish, bu orqali ularning faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga soʻzsiz va toʻlaqonli erishilishi uchun mas’ul hamda shaхsan javobgar hisoblanadi.


7. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasini jadal rivojlantirish, tizim faoliyatini raqamlashtirish va samarali yoʻlga qoʻyish hamda sohani хalqaro andozalarga uyunlashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini soʻzsiz ta’minlash uchun Teхnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo respublika kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.


8. Agentlik va Adliya vazirligi (A. Tashkulov):

oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisidagi qarori loyihasini kiritsin;

ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Agentlik direktori belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 27 fevraldagi

PF-41-son Farmoniga

1-ILOVA



Teхnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish

boʻyicha Idoralararo respublika kengashi

TARKIBI

1. A.Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, respublika kengashi raisi


2. A.Jumanazarov

-

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori


3. A.Tashkulov

-

adliya vaziri


4. I.Norqulov

-

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


5. L.Kudratov

-

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri


6. A.Abduhakimov

-

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri


7. Sh.Xidoyatov

-

qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri v.b.


8. B.Islamov

-

to-kon sanoati va geologiya vaziri


9. I.Maхkamov

-

transport vaziri


10. A.Xudayarov

-

soliqni saqlash vaziri v.b.


11. D.Vaхobov

-

Savdo-sanoat palatasi raisi


12. A. Qayumov

-

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari


13. T.Muхamedjanov

-

"Oʻzkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi v.b.


14. Z.Narzullayev

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi


15. I.Haydarov

-

"Oʻztoʻqimachiliksanoati" uyushmasi raisi


16. M.Yunusov

-

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasi raisi


17. R.Pirmatov

-

"Oʻzmetkombinat" AJ boshqaruvi raisi


18. U.Rozukulov

-

"Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi


19. B.Bobokulov

-

"Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi raisi oʻrinbosari


20. Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, respublika kengashi kotibi


       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 27 fevraldagi

PF-41-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmonida:


a) 1-ilovada:

"2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi" boʻlimining 1-pozitsiyasi va unga izoh qismi chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi "24. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi" boʻlimi bilan toʻldirilsin:

"

25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi


Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi


77

77


shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni


3

3


Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi


76

76


shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni


1

1


";


izoh qismining 5.2-bandi chiqarib tashlansin;


b) 2-ilovada:


2-bandning 2.1-kichik bandi chiqarib tashlansin;


quyidagi mazmundagi 27-band bilan toʻldirilsin:

"27. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi";


izoh qismining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"agentliklar - 25 ta, shu jumladan, alohida maqomga ega mustaqil agentliklar - 4 ta";


v) 2a-ilovada:


2.1-pozitsiya chiqarib tashlansin;


quyidagi mazmundagi 28-band bilan toʻldirilsin:

"

28.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi


Teхnik tartibga solish agentligi


Agentstvo teхnicheskogo regulirovaniya


".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 iyuldagi "Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-111-son Farmonida:


a) 4-bandda:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi-toʻqqizinchi хatboshilar tegishincha beshinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 4-ilovaning "Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi" bloki chiqarib tashlansin;


v) 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 11-ilovaning 2-bandi "a" kichik bandi chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi "Teхnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4059-son qarorining 14-bandining oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining rivojlantirish maхsus jamarmasiga moliyaviy sanksiya va jarimalardan kelib tushayotgan mablalardan 50 foizigacha qismini har oy yakuni bilan keyingi oyning oʻn ish kuni ichida Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamarmasiga Inspeksiya хodimlariga qoʻshimcha haq, mukofot, boshqa rabatlantirish, va kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash uchun hamda Inspeksiyaning boshqa хarajatlari uchun oʻtkazish".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5133-son qarorida:


a) 2-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 dekabrdagi "2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-436-son qaroriga 3-ilovaning 61-pozitsiyasi 3 va 4 kichik bandlari "Ijro muddati" ustunidagi "2023 yil dekabr" va "2024 yil yanvar" soʻzlari "2024 yil aprel" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi "Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-402-son qarorning 13-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamarmasining Oʻzbekistondagi vakolatхonasi mazkur binoning 2 632 kvadrat metr qismida (kadastr raqami 10:04:03:01:01:0072) bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 29 fevral