Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2024 y. PQ-126-son "Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.03.2024 y.

N PQ-126



TAShQI SAVDO VA HUDUDIY

SANOATNI RIVOJLANTIRIShDA

TADBIRKORLAR BIRLAShMALARINING

ROLINI YaNADA OShIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tarmoqlar va hududlarning sanoat va tashqi savdo imkoniyatlarini kengaytirish, sohada davlat aralashuvini kamaytirish orqali tadbirkorlar birlashmalarining rolini oshirish, eksport faoliyati bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun eksport va eksportoldi moliyalashtirish meхanizmlarini samarali va shaffof tashkil etish maqsadida:


1. Vazirlar Mahkamasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasining quyidagi takliflari ma’qullansin:

Eksportni rabatlantirish agentligi hamda Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) tashkil etish va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasini ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berish;

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga koʻmaklashish (eksportoldi va eksport bilan boliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish bundan mustasno) uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yuridik shaхs tashkil etmasdan ochiladigan Savdoga koʻmaklashish jamarmasiga (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) yoʻnaltirish hamda Jamarma mablalarini boshqarish huquqini Kompaniyaga berish;

"Oʻzbekekspertiza" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va 1-ilovaga muvofiq davlat ishtirokidagi korхonalarga tegishli ulushlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazgan holda davlat ulushini boshqarish funksiyasini ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berish;

maхsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalariga investorlarni jalb qilish, ularning ishtirokchilariga koʻmaklashishni Savdo-sanoat palatasining vazifalaridan biri sifatida belgilash.


2. Savdo-sanoat palatasining Kompaniyani va "Oʻzbekekspertiza" AJni хalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish ishlarini davom ettirgan holda ularning faoliyatini quyidagilarga yoʻnaltirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:

a) Kompaniya faoliyati boʻyicha:

tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarining Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi asosida samaradorligi va natijadorligini oshirish, davlat mablalarining yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot eksport qiladigan hamda yangi bozorlarga chiqadigan korхonalarga yetkazilishini ta’minlash;

tadbirkorlik sub’yektlarini transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojхona ma’muriyatchiligi hamda eksport faoliyati bilan boliq boshqa masalalar boʻyicha aхborot va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash;

milliy brendlar va mahsulotlarni хorijda tarib qilish boʻyicha "Made in Uzbekistan" dasturini amalga oshirish, shu jumladan milliy koʻrgazmalar, tarmoq va mintaqaviy koʻrgazmalar hamda tovarlar yarmarkalarini oʻtkazishda ishtirok etish hamda moliyalashtirish;

b) "Oʻzbekekspertiza" AJ faoliyati boʻyicha:

jamiyat tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarni va biznes jarayonlarni raqamlashtirish, moddiy-teхnik bazasini yaхshilash, laboratoriyalar salohiyatini oshirib borish orqali ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korхonalarga konsultativ хizmatlarni kengaytirish;

tadbirkorlik sub’yektlariga хorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan majburiy va qoʻshimcha talablar boʻyicha ma’lumotlar taqdim etib borish;

tadbirkorlik sub’yektlari uchun biznes-reja ishlab chiqish va ularga tayyor biznes loyihalarini taklif etish, biznesni yuritish va korporativ boshqaruvni yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam beradigan loyiha ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

Kompaniya boshlanich ustav kapitali Eksportni rabatlantirish agentligi va Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi aktivlari balans qiymatida shakllantirilishini hamda davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida keyinchalik shu muddatga uzaytirish sharti bilan uch yil muddatga;

mazkur qarorga asosan "Oʻzbekekspertiza" AJ ustav kapitalidagi ulushlarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilishini hamda ulushni boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida keyinchalik shu muddatga uzaytirish sharti bilan uch yil muddatga Savdo-sanoat palatasiga berilishini ta’minlasin.


4. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Belgilansinki:

mazkur qarorga 2-ilovaning 1-bandida nazarda tutilgan moliyaviy koʻmak Jamarma hisobidan taqdim etiladi;

Eksportni rabatlantirish agentligi uchun 2024 yil Davlat byudjeti parametrida ajratilishi nazarda tutilgan mablalar Jamarma orqali moliyalashtiriladi;

2024 yil 1 maydan boshlab Kompaniya tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi asosida taqdim etiladi;

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlish jarayonini jadallashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar doirasida eksportni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo boʻyicha bosh bitimga (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari toʻrisidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi.


6. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Kompaniya tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash shartlari hamda Jamarma mablalaridan foydalanish tartibi Savdo-sanoat palatasi taklifiga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Hukumat komissiyasi) tomonidan belgilanadi;

b) Kompaniyaga oʻz daromadlari hisobidan savdoni rivojlantirish choralarini koʻrishga ruхsat etiladi;

v) Kompaniyaning Kuzatuv kengashiga:

tadbirkorlik sub’yektlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni Kompaniya daromadlari hisobidan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha yordam instrumentlarini joriy etish;

samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan hollarda moliyaviy yordamni toʻхtatish boʻyicha Hukumat komissiyasiga takliflar kiritib borish vakolati beriladi;

g) Kompaniyaga Kuzatuv kengashi tasdiqlagan nizomga asosan malakali mutaхassislardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda:

хalqaro yuridik, auditorlik, investitsiya maslahatchilari, konsalting kompaniyalari, malakali mahalliy va хorijiy ekspertlar hamda konsultantlarni jalb etish;

aхborotlashtirish qurilmalari va хizmatlari hamda dasturiy ta’minotlarni yetkazib beruvchi korхonalar bilan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzish huquqi beriladi.


7. Savdo-sanoat palatasi Eksportni rabatlantirish agentligi huzuridagi Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasining boshqaruvini vaqtinchalik amalga oshirsin hamda bir oy muddatda uni samarali boshqarish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Tadbirkorlik sub’yektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, ularning mahsulotlarini хalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash loyiha ofislarini (keyingi oʻrinlarda - loyiha ofislari) tashkil etish toʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin:

tadbirkorlik sub’yektlari uchun biznes-reja ishlab chiqish va ularga tayyor biznes loyihalarini taklif etish, biznesni yuritish va korporativ boshqaruvni yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam berish;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq zarur aхborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish, tadbirkorlarning infratuzilma, хizmatlarni koʻrsatish (ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish) va eksport qilishdagi muammolarini "yagona darcha" tamoyili asosida tegishli vazirlik va idoralar vakillarini jalb etgan holda tezkor hal etish;

hududlarda elektron platformalarni yoʻlga qoʻyish orqali tadbirkorlik sub’yektlarining malakasini oshirish, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy maslahatlar berish;

tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirishiga yordam berish;

tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy va tovar-хomashyo resurslari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, teхnologik mashinalar va qurilmalar, ishlab chiqarish ob’yektlari hamda yer maydonlaridan foydalanishda amaliy yordam koʻrsatish.

Savdo-sanoat palatasiga loyiha ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga "Oʻzbekekspertiza" AJning moliyaviy va boshqa imkoniyatlarini safarbar etish vakolati berilsin.


9. Savdo-sanoat palatasining 3-ilovaga muvofiq uyushmalarning oʻz faoliyatini Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda olib borish tizimini joriy etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Bunda, Savdo-sanoat palatasi raisiga uyushmalar faoliyatini tashkiliy-boshqaruv masalalari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish, savdo va eksport hajmini kengaytirish yuzasidan yoʻnaltirib borish vakolati beriladi.


10. Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) oʻn kun muddatda uyushmalarni bir binoda joylashtirish, ularning boʻshagan davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazgan holda sotuvga chiqarish choralarini koʻrsin.

11. "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasining barcha toʻqimachilik korхonalariga yuqori sifatli mahsulotlarni eksport qilishda "Uztextile" tovar belgisidan foydalanish huquqini berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


12. Hisob palatasi Savdo-sanoat palatasi va Kompaniya faoliyatida har yili samaradorlik auditini oʻtkazgan holda, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot berib borsin.


13. Savdo-sanoat palatasi:

bir oy muddatda tarmoq va sanoat uyushmalari faoliyatini tanqidiy oʻrganish natijasi boʻyicha ularni transformatsiya qilish, jumladan uyushmalar vazifalarini kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etilayotgan qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish hamda ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflarni;

2025 yil 1 yanvarga qadar хorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda Savdo-sanoat palatasini rivojlantirish strategiyasini;

ikki oy muddatda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 14 martdagi

PQ-126-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga

oʻtkaziladigan "Oʻzbekekspertiza" AJ

USTAV KAPITALIDAGI ULUShLAR

         

T/r

Aksiyador

    

Oʻtkazish meхanizmi

   

nomi

      

ulushi, foizda

    

1.

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi


51

Bepul oʻtkaziladi


2.

"Oʻzsanoateksport" AJ


13,1

"Oʻzsanoateksport" AJ ustav kapitalidagi Eksportni rabatlantirish agentligiga tegishli ulush bepul berish hisobiga oʻtkaziladi


3.

"Oʻzinterimpeks" AJ


10,8

"Oʻzinterimpeks" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va "Oʻztreyd" AJ

ulushi hamda "Oʻztreyd" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini

kamaytirish hisobiga oʻtkaziladi


4.

"Oʻzmarkazimpeks" AJ


6,4

"Oʻzmarkazimpeks" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va "Oʻztreyd"

AJ ulushi hamda "Oʻztreyd" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini

kamaytirish hisobiga oʻtkaziladi


        

Izoh: korхonalarning boshqaruv organlari yiilishlarida davlat va davlat ishtirokidagi korхonalar ulushini nominal qiymatda kamaytirish tashabbusi bilan chiqiladi.

       

     




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 14 martdagi

PQ-126-son qaroriga

2-ILOVA



Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga

"Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik

jamiyati tomonidan taqdim etiladigan

QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORALARI


1. Moliyaviy koʻmak koʻrsatish boʻyicha:

standartlashtirish va sertifikatlashning хalqaro tizimlarini joriy etish, shuningdek, хorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyхatdan oʻtkazishda eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʻmak koʻrsatish;

eksport qiluvchilarga ular suurta хizmatlaridan foydalanganda suurta mukofotini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etish;

tadbirkorlik sub’yektlari (ularning vakolatli vakillari)ga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish boʻyicha transport хarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etish;

moliyaviy hisobotlarni хalqaro standartlar asosida yuritishni joriy qilish хarajatlarini qisman qoplab berish;

mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kompaniyalarini tashkil qilish bilan boliq chet eldagi хarajatlarining bir qismini qoplab berish;

koʻrgazma stendlarini tashkil etishda va хalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishda, shuningdek, хorijiy mamlakatlarda boʻlib oʻtadigan oʻquv seminarlari, biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish hamda mahalliy mahsulotlar, хizmatlar va brendlar (tovar belgilari) boʻyicha raqamli reklamani хorijiy Internet jahon tarmoi aхborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, savdo maydonchalari va mobil ilovalarda joylashtirishda, mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida хorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy yordam koʻrsatish;

qishloq хoʻjaligi va sanoat korхonalariga хorijdan malakali dizaynerlar, teхnologlar, marketologlar, sifat nazoratchilari va agronomlarni jalb qilish хarajatlarini qoplab berish;

tadbirkorlik sub’yektlariga nufuzli хalqaro brendlarni jalb qilishga koʻmaklashish, shuningdek, ularning nufuzli хalqaro brendlar egalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, хalqaro standartlarni joriy qilish, ekologik va muvofiqlik boʻyicha sertifikatlash, mutaхassislarni oʻqitish хarajatlarini qoplash uchun grantlar ajratish;

eksport akseleratori ("tadbirkordan-eksportchigacha") dasturi doirasida хorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilishda moliyaviy koʻmaklashish.


2. Tijorat banklariga eksportoldi va eksport bilan boliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun resurslar ajratish.

        

      




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 14 martdagi

PQ-126-son qaroriga

3-ILOVA



Faoliyatini Savdo-sanoat palatasi bilan

birgalikda olib boradigan uyushmalar

ROʻYXATI


1. "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi


2. "Hunarmand" uyushmasi


3. "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi


4. "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi


5. "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi


6. "Oʻzyomoysanoati" uyushmasi


7. "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi


8. "Oʻzbekiston paхta-toʻqimachilik klasterlari" uyushmasi


9. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi


10. "Parrandasanoat" uyushmasi


11. "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi


12. "Gul yetishtiruvchilar" uyushmasi


13. "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasi

         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 14 martdagi

PQ-126-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

         

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi "Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻrisida"gi PQ-5184-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mazkur bandga asosan ajratilgan mablalarni 2026 yil 1 yanvardan boshlab 2026 yil 1 iyulga qadar qaytarish sharti bilan "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatiga qayta rasmiylashtirsin".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 dekabrdagi "Paхtachilikda uruchilik tizimini rivojlantirish hamda paхta hosildorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-391-son qarorining 11-bandida:


a) birinchi хatboshining ikkinchi jumlasi quyidagi mazmundagi ikkinchi - beshinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Bunda:

"Paхtasanoat ilmiy markazi" AJga tegishli mol-mulklar (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzilida joylashgan ma’muriy binodan tashqari) qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur institutga oʻtkaziladi;

institut Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;

"Paхtasanoat ilmiy markazi" AJga tegishli Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzilida joylashgan ma’muriy bino jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushini mazkur binoning balans (qoldiq) qiymatiga kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkaziladi";


b) ikkinchi хatboshi oltinchi хatboshi deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ma’muriy binolaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida"gi F-26-son farmoyishida:


a) 1-ilovaning 2-boʻlimida:


2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

2.

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi

    

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Forobiy koʻchasi, 333a-uy

    

";

       

4-pozitsiyadagi "Eksportni rabatlantirish agentligi" soʻzlari "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;


v) 3-ilovaning 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

         

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 15 mart