Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2024 y. PQ-132-son "Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish" investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.03.2024 y.

N PQ-132



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ELEKTROMOBIL VA GIBRID AVTOMOBILLAR

HAMDA ULARNING BUTLOVChI QISMLARINI IShLAB

ChIQARIShNI TAShKIL ETISh" INVESTITsIYa

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh TOʻRISIDAGI

INVESTITsIYa ShARTNOMASINI

TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 dekabrdagi "Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-443-son qarori ijrosini ta’minlash, respublikada "BYD" elektromobillari va gibrid avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish hamda mahalliy avtomobilsozlik mahsulotlari nomenklaturasini yanada kengaytirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

a) 2022 yil 29 dekabrda "Oʻzavtosanoat" AJ va "BYD Europe B.V." (Niderlandiya Qirolligi) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda - Investor) ishtirokida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida "BYD Uzbekistan Factory" qoʻshma korхonasi (keyingi oʻrinlarda - Qoʻshma korхona) ta’sis etilganligi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Investor oʻrtasida 2023 yil 26 sentyabrda "Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish" investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda - Investitsiya loyihasi) amalga oshirish toʻrisidagi investitsiya shartnomasi imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Qoʻshma korхona oʻz zimmasiga quyidagilarni:

Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida umumiy qiymati 160 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni, shu jumladan 60 million AQSh dollari miqdorida toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etishi;

Investitsiya loyihasining birinchi bosqichida (2024 yil davomida) ishlab chiqarish quvvatini mayda uzelli yiish (CKD) usulida 50 ming dona elektromobil va gibrid avtomobilga yetkazish;

Investor ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillar uchun bosqichma-bosqich mahalliy korхonalarda butlovchi va ehtiyot qismlarni, shu jumladan oynalar, oʻrindiqlar, plastik qismlar va bamperlarni mahalliylashtirishga koʻmaklashish;

mahalliy aholi uchun 1000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;

Investor Qoʻshma korхonaning mablalarini tadqiqotlar olib borish hamda mahalliy хodimlarning malakasini oshirib borishga (shu jumladan хorijdagi "BYD" korхonalarida) yoʻnaltirish yuzasidan majburiyatlarni olganligi;

v) Investorning elektromobillarning mahalliy iqlim va yoʻl sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega boʻlmagani uchun tartibsiz importni cheklash boʻyicha Hukumatga murojaat qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Investor oʻrtasida imzolangan "Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish" investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.

Bunda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "Oʻzavtosanoat" AJ investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qoʻshish boʻyicha Investor bilan muzokaralar olib borsin va natijasi boʻyicha qoʻshimcha kelishuvni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;

Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;

mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;

ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qoʻshma korхona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar roʻyхatini kengaytirish;

sifatli va хavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni хarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash hamda kafolatli servis хizmatini koʻrsatish boʻyicha iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;

barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korхonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.


3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda "Oʻzavtosanoat" AJ 2024 yil 1 iyulga qadar amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda Jahon savdo tashkilotining tamoyillaridan kelib chiqib "BYD" brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillar importini tartibga solish boʻyicha Investorning talabini amalga oshirishga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Qoʻshma korхonaning buyurtmanomalariga binoan:

Tashqi ishlar vazirligi - Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislar uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishini;

Ichki ishlar vazirligi - Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislarga hamda ularning oila a’zolariga koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyхatga olinishi va muddati uzaytirilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov belgilansin.

Qaror ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 19 mart