Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024 y. PQ-136-son "Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.03.2024 y.

N PQ-136



MAHALLALARDA FUTBOL

INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh

VA TARMOINI KENGAYTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA



Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaхirasini shakllantirish, mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish hamda futbol maktablari va futbol akademiyalariga iqtidorli futbolchilarni saralab olishni (seleksiya) yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi "Futbol-ta’lim muassasalari tarmoini kengaytirish hamda хalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-355-son qarori bilan:

har bir hududda ommaviy va professional futbolni rivojlantirish, shuningdek, mavjud futbol infratuzilmasidan samarali foydalanishni tashkil etishga mas’ul boʻlgan sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish boʻyicha alohida oʻrinbosari lavozimi joriy etilganligi;

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi barcha darajadagi futbol-ta’lim muassasalari, shuningdek Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va iхtisoslashtirilgan sport maktablaridagi mavjud futbol seksiyalari trenerlariga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshirishi belgilanganligi;

b) mahallalarda 16-30 yosh toifasidagi yoshlar (oʻil va qizlar) oʻrtasida 2021 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda futbol va mini-futbol boʻyicha Davlat хavfsizlik хizmati (keyingi oʻrinlarda - DXX) kubogi musobaqalari keng qamrovda oʻtkazib kelinayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Futbolni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni eng quyi tizimgacha tushirish hamda mahallalardan boshlab iqtidorli yoshlarni saralab olish (seleksiya) tizimini yaratish maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:

mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli taribot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

mahallalarda mavjud boʻlgan futbol boʻyicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;

mahallada futbol boʻyicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi "mahalla terma jamoa"larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;

mahalla yoshlarining futbol bilan shuullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish boʻyicha sport-ta’lim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish;

mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol ta’lim muassasalariga yoʻnaltirib borish;

mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta’minlash va mahalla terma jamoalariga qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

mahalladagi yoshlar yetakchisining hududlarda futbol sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari, sport maktablaridagi futbol boʻyicha direktor oʻrinbosarlari;

mahalladagi yoshlar yetakchisining futbol sohasidagi faoliyatiga tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatish - Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari, sport maktablaridagi futbolni rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, futbol murabbiylari va joylardagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.


4. Sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Davlat byudjeti hisobidan mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Sport vazirligi (A.Ikramov) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 iyuldagi PQ-245-son qarori bilan tasdiqlangan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida olib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalarda universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini 2030 yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritsin.


5. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A.Azizov) Sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q.Quranboyev) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

har yili 1 yanvarga qadar mahallalarda oʻtkaziladigan futbol musobaqalari, chempionat va turnirlarning alohida yillik kalendar rejasini tasdiqlab borsin;

mahalla terma jamoalarining 12-15 yosh toifalari oʻrtasida ikki bosqichli "Mahalla ligasi" va 16-30 yosh toifalari oʻrtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻysin;

bir oy muddatda futbol musobaqalarining yillik kalendar rejasiga muvofiq musobaqalarni oʻtkazish va olib boʻlgan mahalla jamoalarini rabatlantirish tartibini ishlab chiqsin;

2024/2025 oʻquv yiliga qadar "Mahalla ligasi" musobaqalarida oʻz iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish (seleksiya) orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yoʻnaltirib borish tizimini yoʻlga qoʻysin.


6. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A.Azizov) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova) bilan birgalikda 2024 yildan boshlab Angliya maktablari futbol assotsiatsiyasi tajribasi asosida barcha umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida 8-11-sinf oʻquvchilari orasidan bir nafar maktab futbol yetakchisini tanlab olish tizimini yoʻlga qoʻysin.

Belgilab qoʻyilsinki, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻrtasida boʻladigan musobaqalarda maktab futbol yetakchilari oʻzlari tahsil olayotgan umumiy oʻrta ta’lim muassasaning ishtirok etishi bilan boliq masalalarda sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosariga koʻmaklashadi.


7. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.


8. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi A.A. Azizov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraхmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev

     

      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 20 mart