Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.2024 y. 181-son "Vazirlar Mahkamasining ""Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2024 yil 20 yanvardagi 37-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.03.2024 y.

N 181




VAZIRLAR MAHKAMASINING ""KIChIK

BIZNESNI UZLUKSIZ QOʻLLAB-QUVVATLASh"

KOMPLEKS DASTURINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 2024 YIL 20

YaNVARDAGI 37-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 15 noyabrdagi PQ-366-son qaroriga muvofiq aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2024 yil 20 yanvardagi 37-son qaroriga ilovaga muvofiq "Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash" kompleks dasturining ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini kengaytirish va ulardan foydalanish shartlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 30 martdagi

181-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining ""Kichik biznesni uzluksiz

qoʻllab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish

chora-tadbirlari toʻrisida" 2024 yil 20 yanvardagi 37-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. "Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash" kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish toʻrisidagi nizomda:


a) 9-bandda:

birinchi хatboshidagi "uch kun muddatda" soʻzlari "uch ish kunida" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Baholash guruhining har bir a’zosi loyihalarni tanlab olish va toifalarga ajratish masalalarida uch ish kunida oʻz fikr va mulohazalarini berishi shart. Guruh a’zosi ushbu muddat davomida munosabat bildirmagan taqdirda, u tomonidan ijobiy хulosa berilgan deb hisoblanadi";


b) 13-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar, hunarmandlar, kasanachilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan jismoniy shaхslar moliyaviy instrumentlardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritganda belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim";


v) 15-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"500,0 mln soʻmgacha kredit";

toʻrtinchi-toʻqqizinchi хatboshilar tegishincha beshinchi-oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;


g) quyidagi mazmundagi 15-1-band bilan toʻldirilsin:

"15-1. Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartasiga oʻtkazib berilishi mumkin";


d) 2-ilovaning nomidagi "soʻrovnomasi" soʻzi "savolnomasi" soʻzi bilan almashtirilsin;


e) 4-ilovada:


2-pozitsiyaning uchinchi-oltinchi ustunlaridagi "ishlab chiqarishni tashkil etish" va "asosiy vositalarni sotib olish" soʻzlari "loyihani amalga oshirish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"1-toifa" boʻlimi quyidagi mazmundagi uchinchi ustun bilan toʻldirilsin:

"

500 million soʻmgacha kreditlar




loyihani amalga oshirish




kichik tadbirkorlik sub’yektlari - kamida 4 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan




oхirgi 12 oyda aylanma mablalari miqdori 200 million soʻmdan ziyod boʻlgan


".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 1 aprel