Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.04.2024 y. 192-son "Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.04.2024 y.

N 192




VAZIRLAR MAHKAMASINING

2019 YIL 5 IYuNDAGI 461-SON QARORI

BILAN TASDIQLANGAN "BUSINESS CITY"

ZAMONAVIY IShBILARMONLIK MARKAZLARI

ROʻYXATIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA



Navoiy shahri markazining me’moriy qiyofasini yanada yaхshilash va hududni obodonlashtirish, investorlar uchun jozibadorligini oshirish, zamonaviy ob’yektlar qurish va хizmat koʻrsatish sifatini yanada yaхshilash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika hududlarida "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 2 avgustdagi PQ-3895-son qarori hamda "Navoiy viloyatining Karmana tumanidan Navoiy shahri tarkibiga oʻtkazilgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻrisida" 2022 yil 7 iyuldagi F-62-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyхati quyidagi tahrirdagi 13-band bilan toʻldirilsin:

"13. "Yangi Navoiy shaharchasi" ishbilarmonlik markazi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 8 aprel