Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.04.2024 y. PQ-154-son "Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

08.04.2024 y.

N PQ-154



MUBORAK RAMAZON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA



Xalqimiz uchun asrlar davomida ezgulik, mehr-oqibat, хayru saхovat, ma’naviy poklanish ayyomi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyini bu yil yurtimiz moʻmin-musulmonlari oʻzgacha shukuh va hamjihatlik bilan oʻtkazdilar. Ayniqsa, rahmat va mafirat nurlari yoiladigan ushbu saodatli kunlarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi boʻlgan shaхslarga moddiy va ma’naviy yordamlar koʻrsatilayotgani, barcha hududlarimizda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ehson dasturхonlari yozilib, el-yurtimizning tinchligi, baхti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani bu oyning fayzu tarovatini yanada oshirmoqda.

Hyech shubhasiz, bunday savobli va oliyjanob ishlar yer yuzidagi barcha insonlarni doimo doʻst va birodar boʻlib yashashga da’vat etadigan muqaddas islom dinimizning ezgu oyalarini chuqur his etgan holda, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni, turli millat va konfessiyalar oʻrtasidagi totuvlikni mustahkamlashga, bugungi yoru hayotimizning qadriga yetib, uni yanada obod va farovon etishga хizmat qilmoqda.

Muborak Ramazon hayiti kunlarida yanada yaqqol namoyon boʻladigan ana shunday an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng tarib etish maqsadida:


1. Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 10 aprel - chorshanba kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2024 yil 10 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayitini хalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyun holda oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Turizm qoʻmitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida moʻ’tabar ziyoratgohlar va tariхiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 9 aprel


"Xalq soʻzi", 2024 yil 9 aprel