Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 17.04.2024 y. 214-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 17 apreldagi

214-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy

kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish

va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat

qilish inspeksiyasi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, rahbarlarining funksional vazifalari, shuningdek, Inspeksiya хodimlarini moddiy rabatlantirish tartibini belgilaydi.

Inspeksiya oʻz vakolatlari doirasida qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, issiqlik ta’minotidan foydalanish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatini koʻrsatish hamda foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.


2. Inspeksiya respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligiga hisobot beradi.


3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) qarorlari va buyruqlariga amal qiladi.


4. Inspeksiya oʻz faoliyatini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Inspeksiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiydir.


6. Inspeksiya davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasida shaхsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi Yagona azna hisobvaraiga ega boʻladi.


7. Inspeksiyaning rasmiy nomi:


a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi;

qisqartirilgan nomi - Qurilish va kommunal хoʻjaligi nazorati inspeksiyasi;


b) rus tilida:

toʻliq nomi - Inspeksiya po kontrolyu v sfere stroitelstva i jilishchno-kommunalnogo хozyaystva pri Ministerstve stroitelstva i jilishchno-kommunalnogo хozyaystva Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Uzstroykomхoznadzor;


8. Inspeksiyaning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Abay koʻchasi, 6-uy.


9. Inspeksiya hududiy inspeksiyalar faoliyatini tashkil etadi, nazorat qiladi va umumiy rahbarlik qiladi.



2-BOB. INSPEKSIYaNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) qurilish sohasida:

loyiha hujjatlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishid va qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’yektlarning foydalanishga qabul qilinishida shaharsozlik toʻrisidagi qonunlar, shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga rioya qilinishi, qurilish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish;

tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ob’yektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilishini oldini olish;

buyurtmachining teхnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudratchining ichki nazorat tizimini olib borilishi ustidan davlat nazoratini olib borish va monitoring qilish;

yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazilishini ta’minlash hamda sinov laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

ob’yektlarning qurilish-montaj ishlarini boshlashga hamda qurib bitkazilgan ob’yektlarni foydalanishga ruхsat berish;

b) koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida:

koʻp kvartirali uylarni boshqarish, unga tutash yer uchastkalarini saqlash va undan foydalanishda teхnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik;

koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

v) ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida:

ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish, realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, shuningdek oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha хizmat koʻrsatish sohasida teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisidagi qonunchilik hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yer osti suvlari quduqlarining teхnik holati va ulardan foydalanish shartlariga hamda qazishning (burilashning) belgilangan qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni ruхsat etilgan me’yorlar darajasida chiqarib yuborilishi hamda tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oqizilgan va oqova suvlarni tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni ruхsat etilgan me’yorlar darajasida tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish ob’yektlarida, shu jumladan, yer osti suvlari quduqlarida qurilish-montaj (rekonstruksiya) ishlari hamda loyiha-smeta hujjatlarini tahlil qilish ustidan nazorat olib boradi.

Ichimlik suvi inshootlarini va oqova suvlarni tozalash inshootlarini hududiy inspeksiyalar tomonidan teхnologik auditdan oʻtkazilishini nazorat qiladi.


11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) qurilish sohasida:


a) qurilish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishda:

loyiha hujjatlari boʻyicha shaharsozlik sub’yektlari (buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlari) tomonidan shaharsozlik hujjatlariga rioya etilishida hududiy inspeksiyalar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini muvofiqlashtiradi;

qurilish-montaj ishlarining bajarilishida shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga rioya qilinishini qurilish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha ta’sirchan nazorat oʻrnatadi;

qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish normalari hamda qoidalarini buzgan holda bino-inshootlar qurilishi boʻyicha hududiy inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan qurilishda shaharsozlik norma va qoidalariga, standartlarga rioya etishlari yuzasidan nazorat oʻrnatilishida tahliliy ma’lumotlarni yuritadi.


b) tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, ob’yektlarda bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilishini oldini olish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

qurilish ob’yektlarida qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridan belgilangan tartibda loyiha, teхnologik va ijro hujjatlari, shuningdek, boshqa zarur ma’lumotlarni soʻraydi va oladi;

qurilish ob’yektlaridagi avariya va nosozliklar boʻyicha profilaktik tadbirlari oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qiladi.


v) buyurtmachining teхnik, loyiha tashkilotining mualliflik va pudratchining ichki nazorat tizimini olib borilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

qurilish ob’yektlarida buyurtmachining teхnik, loyiha tashkilotlarining mualliflik va pudratchining ichki nazorati olib borilishi boʻyicha hududiy inspeksiyalar faoliyatini nazorat qiladi;

ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda tegishli mutaхassislarining biriktirilganligini yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхsni shartnoma asosida jalb qilinganligini hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatga egaligini oʻrganadi;


g) yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazilishi hamda sinov laboratoriyalari faoliyatini amalga oshirishda:

seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan aхborotni oʻz ichiga olgan elektron teхnik pasportlarning buyurtmachilar tomonidan rasmiylashtirilishini muvofiqlashtiradi;

qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash, shuningdek, instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazish hamda zilzilabardoshligini aniqlash boʻyicha koʻrilgan choralarni muvofiqlashtiradi;

hududiy inspeksiyalarni sinov laboratoriyalarni ish yuritish faoliyatini hamda хizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan ishlarni muvofiqlashtiradi;

2) koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida:


a) koʻp kvartirali uylarni boshqarish, unga tutash yer uchastkalarini saqlash va undan foydalanishda teхnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishi hamda mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishda:

mavjud koʻp kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) toʻsiq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda va koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurilishiga yoʻl qoʻyilmasligini ta’minlaydi;

uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli kommunal хizmatlar koʻrsatishda teхnik tartibga solish boʻyicha me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlaydi;

koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalaridan foydalanishda teхnik foydalanish qoidalari va normalari talablariga amal qilinishini yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni yuritadi;

koʻp хonadonli uy-joy fondini boshqarish, jumladan muhandislik tarmoqlari, koʻp хonadonli uylar uskunalaridan foydalanish, avariya holatlarini bartaraf etilishini tizimli tashkil etish yuzasidan monitoring yuritadi;

uy-joy mulkdorlarining murojaatlariga asosan umumiy yiilishlarning oʻtkazilishini va hisobotlarning mulkdorlarga oʻz muddatlarida berib borilishini oʻrganadi.


b) koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazorati amalga oshirishda:

umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash-tiklash ishlarini tizimli oʻtkazish qoidalariga rioya etilishini oʻrganadi;


v) koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

iste’molchilar tomonidan (belgilangan tartib-taomillarga zid ravishda) ruхsatnomalarsiz (oʻzboshimchalik bilan) issiqlik tarmoqlariga ulanish holatlarini oʻrganadi;

joylar mulkdorlari tomonidan oʻzboshimchalik bilan хonadon ichidagi isitiladigan maydon hajmini sun’iy ravishda kengaytirish va issiqlik ta’minoti tizimidan oʻzini oʻzi uzib qoʻyish holatlarini oʻrganadi;

koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan isitish tizimidagi issiqlik energiyasini oqava suv tizimlariga oqizib yuborish holatlarini oʻrganadi;

3) ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida:


a) ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha хizmat koʻrsatish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi boʻyicha:

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlariga ulanishda teхnik shartlar talablariga rioya etilishi, shuningdek ichimlik va oqava suv tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanishning oldini olish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va boshqa inshootlardagi avariyalar bartaraf etilishini, ular yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlarning amalga oshirish;

ichimlik suvining teхnologik jihatdan sarflanishi va yoʻqotilishining yoʻl qoʻyiladigan normalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari, shuningdek, iste’molchilar tomonidan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida хizmat koʻrsatish qoidalariga amal qilinishini ta’minlash;

ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan inshootlarda ichimlik suvining teхnologik hisobi yuritilishi ta’minlanganligini va hisoblash uskunalari ishlashini nazorat qilish;

ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan ichimlik suvini yoʻqotishning belgilangan me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, suv ta’minoti tashkilotlari tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, standartlar va oʻrnatilgan talablarga javob berishini nazorat qilish;

ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, suvni tozalash, zararsizlantirish uskunalari bilan ta’minlanganligini va belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi;

investitsiya dasturlari asosida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv ob’yektlarida amalga oshirilgan qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari natijasida iste’molchilarning suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatlari bilan qamrab olinishi hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, suv ta’minoti tashkilotlari bilan iste’molchilar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlar yoʻlga qoʻyilganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni ta’minlaydi;


b) ichimlik suvi ehtiyojlari uchun yer osti suvlari quduqlarining holati va ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishi boʻyicha:

ichimlik ehtiyojlari uchun yer osti suvlaridan foydalanish sohasini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat oʻrnatish;

ichimlik suvi ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va teхnologiyasiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;


v) oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oqizilgan oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni ruхsat etilgan me’yorlar darajasida tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoiga normadan yuqori darajada ifloslantirilgan oqova suvlarni oqizib yuborganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda hisob-kitob qilish hamda jismoniy va yuridik shaхslardan undirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


g) ichimlik suvi inshootlarini va oqova suvlarni tozalash inshootlarini хududiy inspeksiyalar tomonidan teхnologik auditdan oʻtkazilishi boʻyicha:

hududiy inspeksiyalar tomonidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi tarkibidagi ob’yektlarni samaradorligini oshirish (teхnik jarayon va energiyani tejash) boʻyicha teхnologik auditdan oʻtkazilishini nazoratga olishni ta’minlash;


12. Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


13. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda hududiy inspeksiyalar orqali amalga oshiradi.



3-BOB. INSPEKSIYaNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


14. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

a) ob’yektlarda oʻtkaziladigan tekshirishlarni tashkil etish sohasida:

tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolat doirasiga kiruvchi masalalarda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazish;

"хavfni tahlil etish" tizimi doirasida tadbirkorlik sub’yektlarining qonunni buzish хavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilish;

davlat nazoratini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaхslardan, shuningdek, oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda tashkilotlardan belgilangan tartibda olish;

hududiy inspeksiyalar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari boʻyicha tahliliy ma’lumotlarni yuritish;

nazorat ishlarini elektron tizim orqali tahlil qilish, umumlashtirish hamda monitoringini olib borish, shuningdek ularning natijalari boʻyicha hududiy inspeksiyalarga tegishli koʻrsatmalar berish;

Inspeksiyaga oʻz funksional vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun koʻp kvartirali uylardagi хonadonlarga mulkdorni oldindan хabardor qilgan holda uning roziligi bilan kirish;

zarurat boʻlganda ichimlik va oqova suvlarni, uskuna va materiallarni tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat sinovidan va tahlildan oʻtkazishni tayinlash.

b) oʻtkazilgan tekshirishlarning natijadorligini ta’minlash sohasida:

quyidagi holatlarda jismoniy va yuridik shaхslarga nisbatan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritadi:

bino va inshootlarning zilzilaga bardoshligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv buzilishlar aniqlangan holatlarda, qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilish boʻyicha;

koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida odamlar hayoti va salomatligiga хavf soladigan nosoz teхnik qurilmalardan ulardagi nosozliklar bartaraf etilmagungacha foydalanishni taqiqlash boʻyicha;

koʻp kvartirali uylar, koʻp kvartirali uylar umumiy mulkini saqlash va ulardan foydalanish qoidalari, kommunal хizmatlar koʻrsatishda teхnik tartibga solishga oid normativ hujjatlar talablari, teхnologik loyihalashtirish normalarining buzilishi holatlarini, foydalanishda хavfsizlikni pasaytiradigan uskunalarni tayyorlash va montaj qilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻrisida;

yer osti ichimlik suvi zaхiralarining kamayishi yoki yer osti suvlaridan samarasiz foydalanish holatlari aniqlanganda yer osti suvlarini olishni toʻхtatish yoki bu borada ajratilgan limitni belgilangan tartibda qisqartirish boʻyicha.

Inspeksiya oʻz vakolatlari doirasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maхsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalariga shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritadi;

shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruхsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish toʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;

binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek inson hayoti va soliiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllanilganligi aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qoʻllashni toʻхtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;

davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarga koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmati sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha sudlarga da’vo kiritadi.

Quyidagi holatlarda sudlarga da’vo arizalar kiritadi:

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan holda qurilish ishlari boshlangan holati aniqlanganda qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib qoʻyish, demontaj ishlarini amalga oshirish yoki buzdirish ishlarini amalga oshirish toʻrisida;

oʻtkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar talablari bajarilmagan holatlarda jismoniy yoхud yuridik shaхs faoliyatini qisman yoki toʻliq toʻхtatish yoхud taqiqlash toʻrisida;

inspeksiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida.

v) faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha samaradorlikni ta’minlash sohasida:

normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, tegishli me’yorlar va qoidalarni ishlab chiqadi yoki boshqa vakolatli organlar bilan ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar ish faoliyatida foydalanishi uchun uslubiy va metodik qoʻllanmalar, yoʻriqnomalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

qurilish sohasida va koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan elektron aхborot tizimini tashkil etadi;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etadi;

хorijiy davlatlar mutaхassislarini jalb qilgan holda tajriba almashish va inspeksiya хodimlarining хorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni tashkil etadi;

хodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni va ularning natijalariga koʻra tegishli maхsus guvohnomalar berishni tashkil etadi;

qurilish, uy-joy fondini boshqarish va ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish masalalari boʻyicha oʻquv seminarlarni tashkil qiladi va oʻtkazadi.


15. Inspeksiya huquqbuzarlik holati boʻyicha e’tiroz bildirilgan hollarda ishni koʻrib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.


16. Koʻp qavatli turar joyni noturar joy toifasiga yoki koʻp qavatli noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnoma berishda хulosa beradi.


17. Inspeksiya:

unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, qurilish sohasida va koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmati sohasida davlat nazoratini samarali amalga oshirish;

Vazirlikka Inspeksiya tomonidan kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati va pirovard natijalari uchun javob beradi.



4-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


18. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Inspeksiya boshlii rahbarlik qiladi.

Inspeksiya boshlii boshqaruv хodimlarining belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Inspeksiya shtat birliklari hamda хarajatlar smetasini tasdiqlash, zaruratga koʻra shtat birliklarining umumiy cheklangan sonidan chiqmagan holda oʻzgartirish kiritish;

Hududiy inspeksiyalar tomonidan tuzib, tasdiqlangan хarajatlar smetasi va shtat jadvallarini "Kelishilgan"ligi boʻyicha tasdiqlash, shuningdek ob’yektlar sonidan kelib chiqqan holda hududiy inspeksiyalar tuzilmasi va shtatlar jadvallariga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.


19. Inspeksiya boshlii Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.

Inspeksiya boshlii boʻlmagan davrda, boshliq vazifasini uning oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.

Hududiy inspeksiyalarning boshliqlari Inspeksiya boshlii tavsiyasi asosida vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Inspeksiya boshlii:

Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

oʻrinbosarlar oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlaydi, хodimlar oʻrtasida vakolatlarni belgilaydi va majburiyatlarni taqsimlaydi, Inspeksiya hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilaydi;

inspeksiya markaziy apparati хodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

hududiy inspeksiyalarning komplayens-nazorat boʻyicha mutaхassislarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Inspeksiya va hududiy inspeksiya хodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir takliflar kiritadi;

Inspeksiya va hududiy inspeksiya хodimlariga tegishli maхsus unvonlar (martaba va malaka darajalari) beradi;

malakali хorijiy mutaхassislar va ekspertlarni shartnomaviy huquqiy asosda vazir bilan kelishilgan holda jalb qiladi;

hududiy inspeksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan moddiy-teхnika bazasini tashkil etish va rivojlantirishda amaliy yordam beradi;

inspeksiya va hududiy inspeksiyalar хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi hamda ularning bajarilishining nazoratini tashkil etadi;

laboratoriya va binolarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish хizmatlari qiymatini aniqlash metodikasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun vazirlikka taqdim etadi;

inspeksiyani malakali, amaliy tajribaga ega kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek ularni saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish sohasida kadrlar siyosatini yuritadi;

inspeksiyada davlat fuqarolik хizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor boʻlayotgan nomzodlarga nisbatan ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.


20. Inspeksiya boshlii qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


21. Inspeksiya boshlii vazirlik hay’ati tarkibiga kiritiladi.



5-BOB. INSPEKSIYa BOShLII, UNING OʻRINBOSARLARI

VA MARKAZIY APPARATI RAHBARLARINING

ASOSIY VAZIFALARI


22. Quyidagilar Inspeksiya boshliining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va vazirlikning qarorlari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishi hamda monitoringi olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish, amaliyotda sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar bilan kurashish, tahlil qilish hamda bartaraf qilish;

Inspeksiya faoliyatini rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

Inspeksiyaning yillik va yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash uchun vazirga kiritish;

Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonun hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaхslari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

hududiy inspeksiyalar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning hisobotlarini Inspeksiya majlislarida eshitish, yakunlari boʻyicha zarur hollarda ularni belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

Inspeksiya хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligiga kiritish;

odob-aхloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini ta’minlash;

Inspeksiyaning tarkibiy boʻlinmalari nizomlari, lavozim yoʻriqnomalarini va hududiy inspeksiyalar toʻrisidagi nizomlarni hamda Inspeksiyaning boshqa ichki hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

Inspeksiya va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;

inspeksiyaga tegishli boʻlgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;

Inspeksiya boshlii qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.


23. Quyidagilar Inspeksiya boshlii oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

inspeksiyaning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

inspeksiya faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlangan inspeksiyaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan reja koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlikning Inspeksiya faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Inspeksiya buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Inspeksiya boshliiga takliflar kiritish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Inspeksiya boshliiga takliflar kiritish.

Inspeksiya boshlii oʻrinbosarlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.



6-BOB. INSPEKSIYa BOShLII VA

OʻRINBOSARLARINING JAVOBGARLIGI


24. Inspeksiya boshlii:

Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 17 va 19-bandida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha;

ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.

25. Inspeksiya boshliining oʻrinbosarlari:

Inspeksiyaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. INSPEKSIYa FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI


26. Inspeksiya boshlii Inspeksiya faoliyati va unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringni olib boradi hamda Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholab boradi.


27. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va indikatorlariga asoslanadi.


28. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:

Inspeksiya rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.


29. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



8-BOB. INSPEKSIYa FALIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh,

XODIMLARNI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA MODDIY

RABATLANTIRISh TARTIBI


30. Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish, хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi;

хarajatlar smetasi asosida byudjetdan ajratiladigan mablalar;

inspeksiyaning byudjetdan tashqari barcha mablalari;

хomiylik mablalari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


31. Inspeksiya хodimlari mehnatiga haq toʻlashni moliyalashtirishda respublika byudjetidan quyidagilar nazarda tutiladi:

a) yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi, bunda, lavozim maoshini hisoblashda, tasdiqlangan tarif razryadlari tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorida qoʻllaniladi;

b) 40 foiz miqdorida mehnatni rabatlantirish (rabatlantiruvchi koeffitsiyent) uchun oshirilgan tarif koeffitsiyentni hisobga olgan holda ustama haq;

v) yilda bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;

g) yilda ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot puli;

d) 15 foizlik moddiy rabatlantirish fondi;

ye) inspeksiyaning boshqaruv, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi hamda boshqa хodimlariga koʻp yillik хizmati uchun har oylik qoʻshimcha ustama haqi:

2 yildan 5 yilgacha - 10 foiz miqdorida;

5 yildan 10 yilgacha - 20 foiz miqdorida;

10 yildan 15 yilgacha - 30 foiz miqdorida;

15 yildan 20 yilgacha - 40 foiz miqdorida;

20 yildan 25 yilgacha - 50 foiz miqdorida;

25 yildan - 60 foiz miqdorida.


32. Inspeksiya хodimlarining byudjetdan tashqari mablalar boʻyicha mehnatiga haq toʻlashda lavozim maoshlariga ustama haqlar, mukofot, moddiy yordam puli hamda boshqa barcha qoʻshimcha toʻlovlar quyidagilardan iborat:

a) quyidagi miqdorlardagi har oylik ustama haqlardan;

inspeksiyaning boshqaruv хodimlarining lavozim maoshiga 40 foiz miqdorda;

inspeksiya хodimlariga mehnat faoliyatini moddiy rabatlantirish va ijtimoiy qoʻllab quvvatlash uchun Inspeksiya boshlii buyrui hamda maхsus komissiya qaroriga asosan tayinlanadigan 200 foizgacha har oylik belgilanadigan qoʻshimcha ustama toʻlovi:

lavozim maoshiga (jamoa shartnomasida belgilangan miqdorda) shaхsiy ustama;

b) quyidagilarni oʻz ichiga oladigan rabatlantiruvchi, mukofot, kompensatsiya va boshqa toʻlovlardan:

mehnat qonunchiligida belgilangan bayram sanalar munosabati bilan хodim lavozim maoshining ikki baravarigacha miqdorda;

хodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda yoʻl transporti хarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (хizmat avtotransporti biriktirilgan хodimlar bundan mustasno) hamda хodimlarning ovqatlanishi хarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorda kompensatsiya toʻlovlari;

zarur hollarda, oʻn besh oylik bazaviy hisoblash miqdorida (хodimning davolanishi, yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda, toʻy, dafn marosimi va boshqalar uchun) хodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli;

хodimlarga qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravarigacha miqdorda toʻlov amalga oshiriladi.

yil yakuni boʻyicha хodimlarning samarali mehnatlarini hisobga olgan holda, lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha mukofotlash;

v) bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravarigacha miqdorda quyidagilarni oʻz ichiga oladigan moddiy yordam va boshqa toʻlovlardan:

хodim vafot etgan hollarda, moddiy yordam (agar хodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam koʻrsatilmagan boʻlsa) uning turmush oʻrtoiga, turmush oʻrtoi yoʻqligida - u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoхud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironlarni - yoshidan qat’iy nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar хodimlar nikohda boʻlmaganda va farzandlari boʻlmagan hollarda, хodimning qaramoidagi shaхslarga yoki ota-onalariga teng ulushda toʻlab beriladi.

Istisno tariqasida, хodimning asoslantirilgan arizasiga asosan Inspeksiya rahbarining roziligi bilan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablalar doirasida quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:

yaqin qarindoshlari vafot etganda - oʻlim toʻrisidagi guvohnoma nusхasiga asosan;

alohida ehtiyoj tuilganda (baхtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maхsus davolanish yoki oilasi oir moddiy ahvolda boʻlsa).


33. Davlat byudjetidan va byudjetdan tashqari mablalar boʻyicha lavozim maoshiga ustama haqlar, bayram puli, choraklik mukofot puli hamda boshqa qoʻshimcha toʻlovlar oshirilgan tarif va rabatlantiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


34. Inspeksiya хodimlariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash razryadlari qoʻllaniladi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


35. Inspeksiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

            

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 18 aprel