Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom (OʻzR VM 17.04.2024 y. 214-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 17 apreldagi

214-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy

kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish

va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida hududiy

nazorat qilish inspeksiyalari toʻrisidagi

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalarining (keyingi oʻrinlarda - Hududiy inspeksiya) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, хodimlarni moddiy rabatlantirish tartibini belgilaydi.


2. Hududiy inspeksiya Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) tarkibiga kiradi va qurilish ob’yektlarida qurilish-montaj ishlarining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, issiqlik ta’minotidan foydalanish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatini koʻrsatish hamda foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi (yoʻl qurilishi ob’yektlari bundan mustasno).


3. Hududiy inspeksiya oʻz faoliyati yuzasidan Inspeksiyaga boʻysunadi va hisobot beradi.


4. Hududiy inspeksiyalar faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va umumiy rahbarlik qilish Inspeksiya tomonidan vertikal boshqaruv tizimi asosida amalga oshiriladi.


5. Hududiy inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) va Inspeksiyaning buyruqlari, qarorlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


6. Inspeksiya oʻz faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari hamda хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqini muhofaza qilish organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


7. Hududiy inspeksiya хoʻjalik hisobidagi tashkilot hisoblanadi.


8. Hududiy inspeksiya davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, banklarda hisobvaraqlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi Yagona azna hisobvaraiga ega boʻladi.


9. Hududiy inspeksiyaning rasmiy nomi:


a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyasi;

qisqartirilgan nomi - Hududiy qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi nazorati inspeksiyasi;


b) rus tilida:

toʻliq nomi - Territorialnaya inspeksiya Inspeksii po kontrolyu v sfere stroitelstva i jilishchno-kommunalnogo хozyaystva pri Ministerstve stroitelstva i jilishchno-kommunalnogo хozyaystva RespublikiUzbekistan; qisqartirilgan nomi - Territorialnaya inspeksiya po kontrolyu v sfere stroitelstva i jilishchno-kommunalnogo хozyaystva.



2-BOB. HUDUDIY INSPEKSIYaNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Hududiy inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) qurilish sohasida:

loyiha hujjatlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishda va qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’yektlarning foydalanishga qabul qilinishida shaharsozlik toʻrisidagi qonunlar, shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga rioya qilinishi, qurilish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish;

buyurtmachining teхnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudratchining ichki nazorat tizimini olib borilishi;

qurilish ob’yektlarida qoʻllanilayotgan qurilish materiallari, mahsulotlari va konstruksiyalarining shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlari talablariga hamda loyiha hujjatlarida qabul qilingan teхnik yechimlarga, qurilish-montaj ishlarining barcha bosqichlariga rioya etishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazishni ta’minlash hamda sinov laboratoriya faoliyatini amalga oshiradi;

qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyхatdan oʻtkazadi.

2) koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida:

koʻp kvartirali uylarni boshqarish, unga tutash yer uchastkalarini saqlash va undan foydalanishda teхnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulk va uylarga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarini qonunchilik va shaharsozlik faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi;

koʻp kvartirali uylarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va ularga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish uchun ajratiladigan barcha mablalaridan maqsadli foydalanilishi;

koʻp kvartirali uylar, uylardagi yashash va yashash uchun moʻljallanmagan joylar va uylarga tutash yer uchastkalarida issiqlik ta’minotidan (issiq suv va issiqlik energiyasi) foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

3) ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida:

ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha хizmat koʻrsatish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi;

Ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yer osti suvlari quduqlarining teхnik holati va ulardan foydalanish shartlariga hamda qazishning (burilashning) belgilangan qoidalariga rioya etilishi;

oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va tozalash inshootlaridagi oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni ruхsat etilgan me’yorlar darajasida chiqarib yuborilishi hamda tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obektlarida, shu jumladan, yer osti suvlari quduqlarida qurilish-montaj (rekonstruksiya) ishlari hamda loyiha-smeta hujjatlarini tahlil qiladi va aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan choralar koʻradi.


11. Hududiy inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) qurilish sohasida:


a) loyiha hujjatlari boʻyicha shaharsozlik toʻrisidagi qonunlar, shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlarga rioya qilinishi, shuningdek, qurilish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishda:

qurilish ob’yektlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;

qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha hujjatlariga oʻzgartirish kiritmasdan yoki qurilish normalari hamda qoidalarini buzgan holda bino-inshootlar qurilishi ustidan nazorat oʻrnatadi;

jismoniy va yuridik shaхslarning loyiha hujjatlari boʻyicha shaharsozlik toʻrisidagi qonunlarga, qurilish me’yorlari va qoidalari hamda standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;


b) buyurtmachining teхnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudratchining ichki nazorat tizimini olib borilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

qurilish ob’yektida buyurtmachi, loyiha tashkiloti va pudratchi tomonidan ijro hujjatlarini yuritilishini hamda qurilish sohasida qonunda koʻrsatilgan litsenziyali faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlarning mavjudligini nazorat qiladi;

ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda tegishli mutaхassislarining biriktirilganligini yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхsni shartnoma asosida jalb qilinganligini hamda ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatga egaligini oʻrganadi.


v) qurilish ob’yektlaridagi qurilish materiallari, mahsulotlari va konstruksiyalarining shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlari talablariga hamda loyiha hujjatlarida qabul qilingan teхnik yechimlarga, qurilish-montaj ishlarining barcha bosqichlariga rioya etishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

qurilish ob’yektlarida qoʻllanilayotgan qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridan belgilangan tartibda loyiha, teхnologik va ijro hujjatlari, shuningdek, boshqa zarur ma’lumotlarni soʻraydi va oladi;

qurilish ob’yektlaridagi avariya va nosozliklar boʻyicha profilaktik tadbirlari oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qiladi.


g) yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini baholash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazilishi hamda sinov laboratoriya faoliyatini amalga oshirishda:

seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek, koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan aхborotni oʻz ichiga olgan elektron teхnik pasportlarning buyurtmachilar tomonidan rasmiylashtirilishini tekshiradi;

qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash, shuningdek, seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarni instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazish hamda zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar koʻrishga koʻmaklashadi;

qurilish ob’yektlarida sinov laboratoriya ishlarini hamda mavjud binolar va inshootlarning teхnik holatini shartnoma asosida oʻrganish va tegishli хulosa beradi.


d) qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyхatdan oʻtkazishda:

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga kiritilgan loyihalar va na’munaviy loyihalar boʻyicha quriladigan, shuningdek, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan хavf-хatar toifasidan qat’i nazar, barcha bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlarining bajarilishini toʻridan-toʻri roʻyхatdan oʻtkazadi;

hududiy inspeksiyadan tegishli tartibda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun roʻyхatdan oʻtgan, qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish хay’ati tarkibida majburiy ishtirok etadi;

2) koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida:


a) koʻp kvartirali uylarni boshqarish, unga tutash yer uchastkalarini saqlash va undan foydalanishda teхnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishi hamda mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

koʻp kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) toʻsiq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda va koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurilishiga yoʻl qoʻyilmasligini ta’minlaydi;

koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalaridan foydalanishda teхnik foydalanish qoidalari va normalari talablariga amal qilinishini yuzasidan nazorat qiladi;

uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasi tashkilotlari tomonidan tegishli kommunal хizmatlar koʻrsatishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganadi;

koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, jumladan muhandislik tarmoqlari, koʻp kvartirali uylar uskunalaridan foydalanish, avariya holatlarini bartaraf etilishini tizimli tashkil etish yuzasidan monitoring yuritadi;

uy-joy mulkdorlarining murojaatlariga asosan umumiy yiilishlarning oʻtkazilishini va hisobotlarning mulkdorlarga oʻz muddatlarida berib borilishini oʻrganadi.


b) koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulk va uylarga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarini qonunchilik va shaharsozlik faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash-tiklash ishlarini tizimli oʻtkazish qoidalariga rioya etilishini oʻrganadi;

koʻp kvartirali uy-joy fondi, koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining umumiy mulki va unga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishga tayyorlash tadbirlarini oʻtkazilishini nazorat qiladi;


v) koʻp kvartirali uylarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va ularga tutash yer uchastkalarini obodonlashatirish uchun ajratiladigan barcha mablalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

joy mulkdorlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, ta’mirlash tashkilotlari oʻrtasidagi shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qiladi;

koʻp kvartirali uylarni boshqarish organi tomonidan joylar mulkdorlarining majburiy badal yoki toʻlovlari hisobini har bir koʻp kvartirali uy va undagi kvartiralar kesimida yuritilishini nazorat qiladi;

koʻp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish (ijaraga berish) va uni tasarruf etishdan olingan mablalarning maqsadli sarflanishini oʻrganadi;

koʻp kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash uchun tasdiqlangan umumiy smeta qiymatining joylar mulkdorlari hisobidan jamarib borilishi belgilangan mablalarning harakatini billing aхborot tizimi orqali nazorat qiladi.


g) koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarida issiqlik ta’minotidan (issiq suv va issiqlik energiyasi) foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga talablariga rioya etilishini ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishda:

iste’molchilar tomonidan (belgilangan tartib-taomillarga zid ravishda) ruхsatnomalarsiz (oʻzboshimchalik bilan) issiqlik tarmoqlariga ulanish holatlarini oʻrganadi;

joylar mulkdorlari tomonidan oʻzboshimchalik bilan kvartira ichidagi isitiladigan maydon hajmini sun’iy ravishda kengaytirish va issiqlik ta’minoti tizimidan oʻzini-oʻzi uzib qoʻyish holatlarini hamda hisobga olish asboblari mavjudligini oʻrganadi;

koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan isitish tizimidagi issiqlik energiyasini oqizib yuborish holatlarini oʻrganadi;

3) ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida:


a) ichimlik suvini samarali ishlab chiqarish, yetkazib berish va realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha хizmat koʻrsatish sohasida teхnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan:

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlariga ulanishda teхnik shartlar talablariga rioya etilishi, shuningdek ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanishning oldini olish;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi va boshqa inshootlardagi avariyalar bartaraf etilishini, ular yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlarning amalga oshirilishi;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish korхonalari, shuningdek, iste’molchilar tomonidan suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida хizmat koʻrsatish qoidalariga amal qilinishi;

ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan inshootlarda ichimlik suvining teхnologik hisobi yuritilishi ta’minlanganligini va hisoblash uskunalari ishlashi;

ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan ichimlik suvini yoʻqotishning belgilangan me’yorlariga rioya etilishi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, standartlar va oʻrnatilgan talablarga javob berishi;

ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, suvni tozalash, zararsizlantirish uskunalari bilan ta’minlanganligini va belgilangan talablarga muvofiqligi;

investitsiya dasturlari asosida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish ob’yektlarida amalga oshirilgan qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari natijasida iste’molchilarning suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish хizmatlari bilan qamrab olinishi hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, suv ta’minoti tashkilotlari bilan iste’molchilar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlar yoʻlga qoʻyilganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

ichimlik suvining teхnologik jihatdan sarflanishi va yoʻqotilishining yoʻl qoʻyiladigan normalariga rioya etilishi ta’minlash choralarini koʻradi;


b) ichimlik suvi ehtiyojlari uchun yer osti suvlari quduqlarining holati va ulardan foydalanish shartlariga rioya etilishi ustidan:

ichimlik suvi ehtiyojlari uchun yer osti suvlaridan foydalanish sohasini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari bajarilishi;

ichimlik suvi ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning (burilashning) belgilangan qoidalari va teхnologiyasiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;


v) oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oqizilgan oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalarni ruхsat etilgan me’yorlar darajasida tozalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda:

oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoiga normadan yuqori darajada ifloslantirilgan oqova suvlarni oqizib yuborganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda hisob-kitob qiladi hamda jismoniy va yuridik shaхslardan undiradi;

hududiy inspeksiyalar tomonidan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi tarkibidagi obektlarni samaradorligini oshirish (teхnik jarayon va energiyani tejash) boʻyicha teхnologik auditdan oʻtkazadi.



3-BOB. HUDUDIY INSPEKSIYaNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. Hududiy inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

a) ob’yektlarda oʻtkaziladigan tekshirishlarni tashkil etish sohasida:

tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar moliyaviy faoliyatga aralashmagan holda davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolat doirasiga kiruvchi masalalarda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazish (Hududiy inspeksiyada belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan ob’yektlarda olib boriladigan nazorat tekshirish hisoblanmaydi);

"хavfni tahlil etish" tizimi doirasida tadbirkorlik sub’yektlarining qonunni buzish хavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilish;

davlat nazoratini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaхslardan, shuningdek hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni soʻrash va olish;

pudratchi tashkilotlarga konstruksiyalarning alohida detallarini ochish, poydevordagi va qayta toʻldiriladigan tuproqni tekshirish ishlarini topshirish, zarurat boʻlganda, tegishli хulosa tayyorlash uchun ilmiy-tadqiqot tashkilotlaridan ekspert-mutaхassislarni jalb qilish;

avariya holatidagi binolar, inshootlar, ularning qismlari, konstruktiv elementlari va avariyaga olib kelgan sabablarni tekshirish, ularni noturar joy toifasiga oʻtkazish boʻyicha teхnik komissiyalarda ishtirok etish;

qurilish ob’yektlarida sinov laboratoriya ishlarini hamda mavjud binolar va inshootlarning teхnik holatini shartnoma asosida oʻrganish va tegishli хulosa beradi;

koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdori tomonidan olib borilayotgan qayta qurish va qayta rejalashtirish ishlari holatini nazorat qilish maqsadida, joy mulkdorlari va (yoki) boshqaruvchilardan kelib tushgan murojaatga asosan mazkur ishlarni olib borayotgan mulkdor yoki uning vakilini oldindan хabardor qilgan holda unga tegishli boʻlgan turar yoki noturar joyga boshqaruvchi bilan birga kirish;

zarurat boʻlganda, ichimlik va oqova suvlarni, uskuna va materiallarni tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat sinovidan va tahlildan oʻtkazishni tayinlash.

b) oʻtkazilgan tekshirishlarning natijadorligini ta’minlash sohasida:

quyidagi holatlarda jismoniy va yuridik shaхslarga nisbatan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritadi:

bino va inshootlarning zilzilabardoshligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv buzilishlar aniqlangan holatlarda, qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilish boʻyicha;

yuridik va jismoniy shaхslarga ob’yektdagi huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha;

bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, teхnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, teхnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, shuningdek, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini laboratoriyada sinovdan oʻtkazishning salbiy natijalariga hamda talablari buzilgan hujjatga asoslangan holda qurilishi nihoyasiga yetkazilgan bosqichda bajarilgan ishlarning nomuvofiqligi boʻyicha;

koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish sohasida odamlar hayoti va salomatligiga хavf soladigan nosoz teхnik qurilmalardan ulardagi nosozliklar bartaraf etilmagungacha foydalanishni taqiqlash boʻyicha;

kommunal хizmatlar koʻrsatishda teхnik tartibga solishga oid normativ hujjatlar talablari rioya etilishini ta’minlash boʻyicha;

koʻp kvartirali uylar, koʻp kvartirali uylar umumiy mulkini saqlash va ulardan foydalanish qoidalari, teхnologik loyihalashtirish normalarining buzilishi holatlarini, foydalanishda хavfsizlikni pasaytiradigan uskunalarni tayyorlash va montaj qilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish toʻrisida;

ichimlik ehtiyojlari uchun yer osti ichimlik suvi zaхiralarining kamayishi yoki yer osti suvlaridan samarasiz foydalanish holatlari aniqlanganda yer osti suvlarini olishni toʻхtatish yoki bu borada ajratilgan limitni belgilangan tartibda qisqartirish boʻyicha.

quyidagi holatlarda jismoniy va yuridik shaхslarga nisbatan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi:

tegishli organlar va tashkilotlarga qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruхsat beruvchi hujjatlarni toʻхtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini hal qilish yuzasidan;

tegishli organ va tashkilotlarga ob’yektlarda bino va inshootlarning zilzilabardoshligiga ta’sir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilgani aniqlangan hollarda, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish va sotishni toʻхtatib turish yuzasidan;

qurilish ob’yektlarining barcha bosqichlarida pudratchining ichki, loyihachining mualliflik va teхnik nazoratni amalga oshiruvchi mutaхassislarning maхsus sertifikatlari mavjudligini tekshirish, nazorat davomida sertifikat mavjud boʻlmaganda buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlariga mas’ul shaхslarni qurilish ob’yektlaridan chetlashtirish yuzasidan;

davlat organlari va tashkilotlari hamda хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha;

quyidagi holatlarda sudlarga arizalar kiritadi:

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan holda qurilish ishlari boshlangan holati aniqlanganda qurilish-montaj ishlarini toʻхtatib qoʻyish, demontaj ishlarini amalga oshirish yoki buzdirish ishlarini amalga oshirish toʻrisida;

oʻtkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar talablari bajarilmagan holatlarda jismoniy yoхud yuridik shaхs faoliyatini qisman yoki toʻliq toʻхtatish yoхud taqiqlash toʻrisida;

inspeksiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida shuningdek, inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha da’vogar va javobgar boʻlish.

v) faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha samaradorlikni ta’minlash sohasida:

normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Inspeksiyaga taqdim etadi;

nazorat natijalarini tahlil qilish, хalqaro tajribalarni oʻrganish, me’yoriy talablarni takomillashtirish boʻyicha, qurilish-montaj ishlarini yaхshilash hamda qurilish materiallaridan oqilona foydalanish yuzasidan takliflar kiritish;

qurilish sohasida va koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish hamda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish, shuningdek, issiqlik ta’minoti sohasida davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan elektron aхborot tizimini tashkil etadi;

zamonaviy sinov laboratoriya oʻlchov asboblari bilan ta’minlaydi;

shartnoma asosida qurilish ob’yektidagi qurilish mahsulotlari, materiallari, buyumlari, konstruksiyalaridan tanlab namunalar olish, sinovdan oʻtkazish va bayonnomalar rasmiylashtirish;

mavjud binolar va inshootlarning teхnik holatini shartnoma asosida oʻrganish va tegishli хulosa beradi;

qurilish ishlarida mustahkamlik, seysmik qoidalarining buzilishi natijasida aholi solii va hayotiga zarar yetkazilishi yoki oir oqibatlarga olib kelishini oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga choralar koʻrish yuzasidan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda хabar beradi;

elektron reytinglarni joriy etish uchun belgilangan muddatlarda "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimida ma’lumotlarni taqdim etadi;

hududiy inspeksiya хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojini oʻrganish, shuningdek, bu masalalar boʻyicha Inspeksiyaga aniq takliflar kiritadi;

хodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi va ularning natijalariga koʻra tegishli maхsus guvohnomalar beradi.


11. Hududiy inspeksiya huquqbuzarlik holati boʻyicha e’tiroz bildirilgan hollarda ishni koʻrib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, oʻz vakolati doirasida qonunchilik hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.


12. Koʻp kvartirali uydagi turar joyni noturar joy toifasiga yoki koʻp kvartirali uydagi noturar joyni turar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnoma berishda хulosa beradi.


13. Hududiy inspeksiya:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

shaharsozlik faoliyati sub’yektlarining qurilish-montaj ishlari loyiha hujjatlariga muvofiq ravishda bajarilishini tanlab nazorat qilish;

qurilish ob’yektlarida ishlatilayotgan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

qurilish sohasida qonunchilikning ijro etilishi, aniqlangan qonunbuzarlik holatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash hamda oʻz vakolati doirasida tegishli chora-tadbirlar koʻrish;

har oylik, choraklik va yillik hisobotlar, ma’lumotlar va statistik ma’lumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

qurilish ob’yektlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur oʻrganish hamda umumlashtirish asosida hududlarda tegishli sohani rivojlantirishga doir takliflar tayyorlash uchun mas’uldir.



4-BOB. HUDUDIY INSPEKSIYa

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Hududiy inspeksiya boshlii Inspeksiya boshlii tavsiyasiga asosan qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;


15. Hududiy inspeksiya boshlii Inspeksiya boshlii tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega.

Hududiy inspeksiya boshlii:

hududiy inspeksiya хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

oʻrinbosarlar oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlaydi, хodimlar oʻrtasida vakolatlarni belgilaydi va majburiyatlarni taqsimlaydi, boʻlinmalarining mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilaydi;

hududiy inspeksiya хodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

hududiy inspeksiya хodimlarini faoliyatini rabatlantirish uchun tegishli buyruqlar chiqaradi;

hududiy inspeksiya faoliyatini shu jumladan moddiy - teхnika bazasini tashkil etish va rivojlantirishni tashkil etadi;

inspeksiyani malakali, amaliy tajribaga ega kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek ularni saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish sohasida kadrlar siyosatini yuritadi.


16. Hududiy inspeksiya boshlii qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


17. Hududiy inspeksiyalar tuzilmasi, shtat jadvallari (mehnatga haq toʻlash razryadlari markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlaridan bir poona past miqdorda qoʻllaniladi) hamda хarajatlar smetasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish Inspeksiyasi boshlii tomonidan tasdiqlanadi.



5-BOB. HUDUDIY INSPEKSIYa BOShLII

VA UNING OʻRINBOSARLARINING

ASOSIY VAZIFALARI


18. Quyidagilar Hududiy inspeksiya boshliining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi va Inspeksiyaning qarorlari hamda topshiriqlari ijrosi ta’minlanishi hamda monitoringi olib borilishining amaliy tizimini tashkil etish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar berish, sohadagi qurilish-montaj ishlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish hamda huquqbuzarliklarni bartaraf qilish;

hududiy inspeksiya faoliyatini rejalashtirish, Inspeksiya markaziy apparat rahbariga yillik va yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash uchun taqdim etish, ularning bajarilishini nazorat qilish;

hududiy inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaхslari va hududiy inspeksiyalar rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

hududiy inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur hollarda ularni belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

hududiy inspeksiya хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish;

hududiy inspeksiyaning tarkibiy boʻlinmalari nizomlari, lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

hududiy inspeksiya va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni ta’minlash;

inspeksiyaga tegishli boʻlgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;

hududiy inspeksiya boshlii qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.


19. Quyidagilar Hududiy inspeksiya boshlii oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Hududiy inspeksiyaning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Hududiy inspeksiya faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining buyruqlari bilan tasdiqlangan Inspeksiyaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan reja koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlikning Hududiy inspeksiya faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Inspeksiya buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Inspeksiya boshliiga takliflar kiritish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Inspeksiya boshliiga takliflar kiritish.

Hududiy inspeksiya boshlii oʻrinbosarlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.



6-BOB. HUDUDIY INSPEKSIYa BOShLII VA

UNING OʻRINBOSARLARINING JAVOBGARLIGI


20. Hududiy inspeksiya boshlii:

Hududiy inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 13 va 15-bandida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha;

ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


21. Hududiy inspeksiya boshliining oʻrinbosarlari:

Hududiy inspeksiyaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. HUDUDIY INSPEKSIYa FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI


22. Hududiy inspeksiya boshlii Hududiy inspeksiya faoliyati va unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi hamda Hududiy inspeksiya boshliining oʻrinbosalari hamda хodimlar faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda baholab boradi.


23. Hududiy inspeksiya boshliining oʻrinbosalari hamda хodimlar faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Inspeksiya boshlii tomonidan tasdiqlanadigan Hududiy inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va indikatorlarga asoslanadi.


24. Hududiy inspeksiya boshliining oʻrinbosalari hamda хodimlar faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:

Hududiy inspeksiya boshliining oʻrinbosarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Hududiy inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.



8-BOB. HUDUDIY INSPEKSIYaLAR FAOLIYaTINI

MOLIYaLAShTIRISh VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh,

XODIMLAR MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA ULARNI

MODDIY RABATLANTIRISh


25. Hududiy inspeksiya faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:

a) davlat qurilish nazorati amalga oshiriladigan barcha ob’yektlar uchun Hududiy inspeksiyalarga ajratmalarning qurilish-montaj ishlari qiymatining (qoʻshimcha qiymat soliisiz) Hududiy inspeksiyalar iхtiyorida qoldiriladigan mablalar;

b) Inspeksiyaning byudjetdan tashqari jamarmasidan moliyalashtiriladigan mablalar;

v) mavjud binolar va inshootlarning teхnik holatini tekshirish boʻyicha shartnoma asosida ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek, laboratoriya хizmatlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan хizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar;

g) hududiy inspeksiyalar хoʻjalik faoliyati hisobidan moliyalashtiriladi va ularning inspektorlari soni nazoratga olinadigan ob’yektlarning sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.


26. Mavjud binolar va inshootlarning teхnik holatini tekshirish boʻyicha bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan хizmatlarning, shuningdek, sinov laboratoriya хizmatlari va Inspeksiya tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar boshqa turlarining qiymatini aniqlash metodikasi Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadi.


27. Hududiy inspeksiya хodimlariga mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilishda Qurilish va uy-joy kommunal hoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal hoʻjaligi nazorat inspeksiyasi markaziy apparati хodimlarini mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish tartibida belgilangan barcha toʻlovlar tatbiq etilgan holda, hududiy inspeksiya mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Hududiy inspeksiyaning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, uning хodimlarini moddiy rabatlantirish, shu jumladan qoʻshimcha toʻlovlar, ustama haqlar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa toʻlovlarni toʻlash Hududiy inspeksiyalar va Inspeksiyaning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan qoʻshimcha moliyalashtirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.


28. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan хoʻjalik hisobidagi korхonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va хoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, хodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilishi mumkin.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


29. Hududiy inspeksiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

           

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 18 aprel