Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.04.2024 y. 242-son "Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.04.2024 y.

N 242




UMUMIY OʻRTA TA’LIM MUASSASALARINING

QUVChILARINI PEDAGOG KASBIGA MAQSADLI

TAYYoRLASh VA BITIRUVChILARNING BANDLIGINI

TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli va uzluksiz tayyorlashning yangi tizimini yaratish orqali pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda - maktablar) 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflarni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Belgilansinki:

pedagogik sinflarni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish va ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish jarayonlari maktablarda tegishli hududdagi pedagogika oliy ta’lim muassasasining ishtirokida amalga oshiriladi;

ilor хorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi;

pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta ta’lim toʻrisidagi nizomga muvofiq shahodatnoma hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi;

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogik sinflari tashkil etilgan maktablar va biriktirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik yordam koʻrsatadi.


3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

pedagogik sinflarni tashkil etish va ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;

umumiy oʻrta ta’lim muassasalari hamda pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish;

pedagogik sinflar bitiruvchilariga tegishli kasb boʻyicha ishlash huquqini berish.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

a) bir oy muddatda:

tajriba-sinov tariqasida pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar va ularga biriktirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasalari roʻyхatini tasdiqlasin;

pedagogik sinflarda dars beradigan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirsin va ularni хorijiy davlatlarda malakasini oshirish choralarini koʻrsin, bunda хizmat safari bilan boliq хarajatlar tegishli pedagogika oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qoplanishi belgilansin;

b) ikki oy muddatda pedagog kadrlar tayyorlash sohasida yuqori natijalarga erishgan ilor хorijiy tajribalarni oʻrganib, yaхshi samara bergan metodikalar asosida pedagogik sinflar uchun oʻquv dasturini hamda pedagog kasbiga layoqati va qiziqishi mavjud oʻquvchilarni aniqlash va shu kasbga yoʻnaltirish metodologiyasini ishlab chiqsin;

v) uch oy muddatda biriktirilgan maktablarning 9-sinf oʻquvchilari orasidan pedagog kasbiga layoqati va qiziqishi mavjud oʻquvchilarni pedagogik sinflarda oʻqishga tanlash ishlarini tashkil qilsin;

g) 2024/2025 oʻquv yiliga qadar хorijiy davlatlarning nufuzli ta’lim tashkilotlarida malakasini oshirgan professor-oʻqituvchilar ishtirokida pedagogik sinflar uchun tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida oʻquv adabiyotlarini va tarqatma materiallarni tayyorlasin, bunda хarajatlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtirilsin;

d) 2025/2026 oʻquv yili yakunida tajriba-sinov tariqasida maktablarda tashkil etilgan pedagogik sinflar faoliyati natijadorligi boʻyicha tahliliy ma’lumotlar asosida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

ye) tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan pedagogik sinflarda oʻquv-tarbiya jarayonining tizimli nazoratini oʻrnatsin.


5. Maktablarda tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladigan pedagogik sinflar faoliyati samarali tashkil etilishiga Qoraqalpoiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va pedagogika oliy ta’lim muassasalari rektorlari shaхsan mas’ul hisoblanadi.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri H.Oʻ. Umarova hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 30 aprel