Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024 y. 252-son "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.04.2024 y.

N 252




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ENERGETIKA

BOZORINI RIVOJLANTIRISh VA TARTIBGA

SOLISh AGENTLIGI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 28 sentyabrdagi PF-166-son Farmoni hamda "Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2024 yil 17 yanvardagi PQ-28-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 28 sentyabrdagi PF-166-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tashkil etilganligi hamda uning asosiy vazifalari belgilanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2024 yil 17 yanvardagi PQ-28-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, tashkiliy tuzilmasi va Agentlikning faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha "yoʻl хaritasi" tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;

Agentlikning huquqlari va javobgarligi;

Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;

Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;

Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori Sh.X. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 6 may