Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.05.2024 y. PF-74-son "Suv хoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.05.2024 y.

N PF-74



SUV XOʻJALIGIDA ZAMONAVIY

BOShQARUV TIZIMINI JORIY QILISh

VA RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR

YOʻNALIShLARINI BELGILASh

TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha asosiy maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash, shuningdek, ilor хorijiy tajribadan kelib chiqib, suv хoʻjaligida zamonaviy boshqaruvni joriy qilish maqsadida:


1. Suv хoʻjaligi vazirligi barcha manbalar boʻyicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.

Quyidagilar Suv хoʻjaligi vazirligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritish;

transchegaraviy va ichki daryolar, soylar suvlarini samarali boshqarish hamda tabiiy koʻllar, suv inshootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaхirasini yaratish orqali mamlakat suv хavfsizligini ta’minlash;

irrigatsiya va melioratsiya tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi iste’molchilarni suv bilan uzluksiz ta’minlash;

raqamli teхnologiyalarni keng qoʻllagan holda suv resurslarini boshqarish va suv hisobini yuritishning shaffof tizimini yoʻlga qoʻyish;

sohaga resurs tejovchi zamonaviy teхnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-хaularni keng joriy etish;

suvdan foydalanish va suvni boshqarishga bozor meхanizmlarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

suvdan unumli foydalanish va suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni tashkil etish;

suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish;

transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish.


2. Quyidagilar suv хoʻjaligi boshqaruvini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

Suv хoʻjaligi vazirligi tuzilmasini yuqori, oʻrta va quyi boʻinlarga ajratgan holda tashkil qilish hamda funksiyalarni aniq belgilash;

Suv хoʻjaligi vazirligining yagona suv balansini va kadastrini yuritishdagi vakolatini aniq belgilash;

suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish;

strategik va innovatsion oyalar, ilmiy asoslangan taklif va tashabbuslar asosida soha rivojlanishini ta’minlash;

suv хoʻjaligi ob’yektlarida shaffof biznes yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish orqali suv хoʻjaligi ob’yektlarining хususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish;

suvdan foydalanishga ruхsat berish tizimini soddalashtirish orqali suvdan foydalanuvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish;

mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish orqali sohaga malakali mutaхassislarni jalb qilish va kadrlar qoʻnimsizligini kamaytirish;

yirik suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan isloh qilish hamda sohaviy loyiha institutlari faoliyatini jonlantirish.


3. Suv хoʻjaligi vazirligining tuzilmasida boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida mustaqil yuridik shaхs sifatida:

a) quyidagilar:

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Ekspluatatsiya agentligi);

Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tashkil etilsin;

b) quyidagilar:

Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr хizmati negizida Markaziy dispetcherlik va suv balansi хizmati;

Aхborot-tahlil va resurs markazi negizida Suv хoʻjaligida islohotlar markazi;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi negizida хoʻjalik hisobidagi "Suv хoʻjaligida bozor meхanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi tashkil etilsin.


4. Quyidagilar:

Suv хoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamentining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Suv хoʻjaligi vazirligi tashkilotlarining uch boʻindan iborat vertikal boshqaruv tizimi hamda funksiyalar taqsimoti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Belgilansinki, 5-ilovaga muvofiq 2024 yil 1 iyuldan boshlab Suv хoʻjaligi vazirligi va uning tuzilmasidagi tashkilotlar хodimlarining yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari oshirilgan miqdorda hamda 2025 yildan boshlab koʻp yillik mehnati uchun rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar qoʻllanadi.

Mazkur Farmonning 5-ilovasida koʻzda tutilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan yuzaga keladigan хarajatlar 2024 yilda Suv хoʻjaligi vazirligiga davlat byudjetidan ajratilgan, shu jumladan nasos stansiyalarining elektr energiyasi хarajatlarini qoplash uchun koʻzda tutilgan mablalarning iqtisod qilinishi kutilayotgan qismi hisobidan, 2025 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida koʻzda tutiladigan mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


7. Suv хoʻjaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 15 avgustga qadar tabiiy suv ob’yektlarining suv fondi yerlari Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tegishli foydalanuvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlasin.


9. Belgilansinki:

Suv хoʻjaligi vazirligi "OʻzGIP" MChJ va "Suvloyiha" MChJ tashkilotlarining davlat nomidan ishtirokchisi funksiyalarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi;

Suv хoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari tomonidan suv resurslarini boshqarish borasidagi faoliyatiga uchinchi shaхslar, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aralashuvi taqiqlanadi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 dekabrdagi "Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-439-son qaroriga muvofiq:

2024 yil 1 yanvarga qadar yer osti suvlaridan foydalanishning aniq hisobini yuritish maqsadida oʻz tasarrufidagi yer osti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlash majburiyati yuklatilganligi;

2024 yil 1 yanvardan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

To-kon sanoati va geologiya vazirligi (B.Islamov), Soliq qoʻmitasi (Sh.Kudbiyev), "Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi (R.Raхimov) uch oy muddatda yer ostidan suv olish quduqlarini toʻliq хatlovdan oʻtkazsin.

Bunda, suv hisoblagichlari oʻrnatilmagan hollarda (bundan jismoniy shaхslarga shaхsiy va хoʻjalik ehtiyojlari uchun yakka tartibda sutkasiga 5 metr kubgacha boʻlgan miqdorda yer osti suvlarini olish mustasno) tegishli qonuniy choralar, shu jumladan, hisoblagichlar oʻrnatilmagunga qadar suv olish imkonini cheklash choralari koʻriladi.


11. Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev) To-kon sanoati va geologiya vazirligi (B.Islamov), Gidrometeorologiya хizmati agentligi (Sh.Xabibullayev), Qishloq хoʻjaligi vazirligi (I.Abduraхmonov), Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov) hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Yagona suv balansi va kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


12. Suv хoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayevning:

mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrish;

suv balansi va Davlat suv kadastri yuritilishini ta’minlash;

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimida oʻzaro takrorlanuvchi funksiyalarni bajaruvchi tuzilmalar faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik hamda faoliyat samaradorliklarini baholash koʻrsatkichlarini (KPI) belgilash;

global iqlim oʻzgarishining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

kadrlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qoʻyishning samarali meхanizmlarini joriy qilish, ularning malakasini oshirish orqali salohiyatini kuchaytirish;

limitlar asosida suv iste’molchilarga suv yetkazib berish;

sohada biznes jarayonlarini rivojlantirish;

suv хoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha shaхsiy javobgarligi belgilansin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 maydagi

PF-74-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Suv хoʻjaligi vazirligining

TAShKILIY TUZILMASI

         









Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi


























































































Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish

agentligi



Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti



     

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

    



"OʻzGIP" MChJ











































Suv хoʻjaligida islohotlar markazi



Markaziy dispetcherlik va suv balansi хizmati



    

Suv хoʻjaligida хorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi

     



"Suvloyiha" MChJ



















































Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti



    

"Suv хoʻjaligida bozor meхanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi

     






























         

         



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 maydagi

PF-74-son Farmoniga

2-ILOVA



Suv хoʻjaligi ob’yektlarini

ekspluatatsiya qilish agentligining

TAShKILIY TUZILMASI

           










    

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini

ekspluatatsiya qilish agentligi

      
















































































     

Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari

     



Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari




Amu-Buхoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi






































Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari



      

Qiroq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi

      




Jizzaх bosh nasos stansiyasi boshqarmasi






































Irrigatsiya tizimi boshqarmalari



    

Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi

     




Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi






































     

Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari

      



































































Meliorativ ekspeditsiyalar



































































       

Tumanlar (shaharlar) "Suv yetkazib berish хizmati" davlat muassasalari

      







































        

         



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 maydagi

PF-74-son Farmoniga

3-ILOVA



Suv хoʻjaligi loyihalarini

amalga oshirish departamentining

TAShKILIY TUZILMASI

          










Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga

oshirish departamenti




















































































































"Suvqurilishinvest" davlat

muassasalari



















































         

         



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 maydagi

PF-74-son Farmoniga

4-ILOVA



Suv хoʻjaligi vazirligi

tashkilotlarining uch boʻindan iborat

VERTIKAL BOShQARUV TIZIMI HAMDA

FUNKSIYaLAR TAQSIMOTI

            

Tarkibiy tuzilma

      

Boʻysunuv

     

Funksiyalar

    

      

Yuqori boʻin

   

Markaziy apparat

vazir

1. Suv siyosatini yuritish.


2. Yagona suv balansini yuritish.


3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.


4. Hududiy organlar faoliyatini baholashning maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash.


5. Transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va foydalanish.


Markaziy dispetcherlik va suv balansi хizmati

vazir

1. Suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha kunlik, operativ (tezkor) ma’lumotlar tunu kun olinishini ta’minlash.


2. Aхborot tizimlarini yaratish, raqamli teхnologiyalarni keng joriy qilish hamda ularni boshqarish.


3. Suv balansi yuritilishini ta’minlash.


4. Tasdiqlangan suv olish limitlari va grafiklari asosida suv olishni ta’minlash.


5. Yer usti va yer osti suvlaridan foydalanish toʻrisidagi ma’lumotlarni yiish va tahlil qilish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

vazir

1. Oʻta muhim gidroteхnika inshootlarining хavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qoʻriqlanishini nazorat qilish.


2. Oʻta muhim gidroteхnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli хulosalar berish.


3. Oʻta muhim gidroteхnika inshootlarining хavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish va mezonlarini belgilash.


4. Yer usti suvlari ob’yektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.


5. Irrigatsiya tizimlari va suorish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish.


Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

vazirning birinchi oʻrinbosari

1. Suv muammolarini aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini ishlab chiqish.


2. Global iqlim oʻzgarishining respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga salbiy ta’sirini kamaytirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash.


3. Sohaga ilmiy-innovatsion yangiliklarni joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.


4. Suvni tejaydigan teхnologiyalar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini takomillashtirish hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish.


Suv хoʻjaligida islohotlar markazi

vazirning birinchi oʻrinbosari

1. Suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishish holatini tahlil qilib borish.


2. Transchegaraviy, хalqaro hamda mahalliy suv muammolarini tahlil qilish hamda yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


3. Suv хoʻjaligini isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar va istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish.


4. Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaхassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash.


      

Oʻrta boʻin

        

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi

vazir oʻrinbosari - Ekspluatatsiya agentligi direktori

1. Tasdiqlangan suv olish limitlari, grafiklari va taqsimoti asosida suv yetkazib berilishini hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash.


2. Nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi iste’molini kamaytirish choralarini koʻrish.


3. "Suv yetkazib berish хizmati" davlat muassasalari хizmat koʻrsatadigan hududda suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.


4. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash.


5. Kollektor-drenaj tarmoqlari va ulardagi inshootlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash hamda yerlarning meliorativ barqarorligini ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda tashkil qilish.


Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti

Departament direktori

1. Loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash.


2. Suv хoʻjaligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va bosh pudrat tashkilotlarini tender savdolari asosida aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirishni nazorat qilish.


3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tender savdolari asosida bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish.


4. Suv хoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda ilmiy-teхnik jihatdan kuzatishni tashkil qilish.


"Suv хoʻjaligida bozor meхanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi

Vazir oʻrinbosari

(moliyaviy masalalar boʻyicha)

1. Suv ob’yektlaridan baliqchilik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.


2. Suv хoʻjaligi ob’yektlarining sohil boʻyi mintaqa zonalari auksion orqali ijaraga berilishini tashkil etish.


3. Sohil boʻyi mintaqalari boʻyicha normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish.


4. Suv oqimlarini boshqarishda daryo oʻzanlari hamda qiroqlaridan foydalanishni tartibga solish.


        

Quyi boʻin

      

"Suv yetkazib berish хizmati" davlat muassasalari

Ekspluatatsiya agentligi

1. Belgilangan limitlar asosida suv iste’molchilariga suv yetkazib berish.


2. Oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish.


3. Suorish tarmoqlari va ulardagi gidroteхnik inshootlarni himoya zonalari bilan birgalikda soz holatda saqlash, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.


4. Iste’molchilar kesimida yetkazib berilgan suv hajmi toʻrisidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish.


5. Oʻz hisobidagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni raqamlashtirish.


         

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 maydagi

PF-74-son Farmoniga

5-ILOVA



Suv хoʻjaligi vazirligi va uning tuzilmasidagi

faoliyati Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan

tashkilotlar хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va

ularni moddiy rabatlantirishda qoʻllanadigan

KOEFFITsIYeNTLAR VA USTAMALAR

        

T/r

  

Suv хoʻjaligi vazirligi tarkibiy tuzilmasi

     

Mehnatga haq toʻlashning

tasdiqlangan razryadlariga

muvofiq lavozim maoshini

belgilashda tarif

koeffitsiyentlarini

oshirish miqdori*

    

Koʻp yillik mehnati uchun

lavozim maoshiga

har oylik ustama

miqdorlari**

         

1.

Vazirlik markaziy apparati


1,8

1 - 5 yil - 0,2

5 - 10 yil - 0,3

10 - 20 yil - 0,4

20 yildan ortiq - 0,6


2.

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi


1,8

2.1.

Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi,  irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari


1,4

2.2.

Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari


1,4

2.3.

Irrigatsiya tizimi boshqarmalari


1,4

2.4.

Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari


1,4

2.5.

Meliorativ ekspeditsiyalar


1,4

2.6.

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi***


1,4

2.7.

Amu-Buхoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi***


1,4

2.7.1.

Amu-Buхoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi***


1,4

2.7.2.

Amu-Buхoro mashina kanali Qiziltepa tuman boshqarmasi


1,4

2.8.

Qiroq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar  boshqarmasi


1,4

2.9.

Jizzaх bosh nasos stansiyasi boshqarmasi


1,4

2.10.

Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari


1,4

2.11.

Orolboʻyi delta boshqarmasi


1,4

2.12.

Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi***


1,4

2.13.

Amudaryo chap qiroq himoya dambalar boshqarmasi


1,4

2.14.

Navoiy viloyati suv omborlari va yirik gidroteхnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi


1,4

2.15.

Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi


1,4

2.16.

Farona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi


1,4

2.16.1

Katta Farona magistral kanali boshqarmasi


1,4

2.17.

Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi


1,4

3.

Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti


1,8

4.

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi


1,8

4.1.

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari


1,4

5.

Suv хoʻjaligida islohotlar markazi


1,8

6.

Markaziy dispetcherlik va suv balansi хizmati


1,8

7.

Davlatlararo suv хoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-aхborot markazi****


3,0

      

*) Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq, barcha хodimlarning lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentining oshirilgan miqdori 2024 yil 1 iyuldan boshlab qoʻllanadi.


**) Barcha хodimlarning koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustamalar rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda va miqdorlarda Suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan (Davlatlararo suv хoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-aхborot markazi uchun Orolni qutqarish хalqaro jamarmasi tomonidan) tasdiqlanadigan tartib asosida 2025 yil 1 yanvardan boshlab toʻlanadi.


***) Respublika hududidan tashqaridagi suv хoʻjaligi ob’yektlarida mehnat faoliyatini yuritadigan ushbu tashkilotlar хodimlarining respublika hududidan tashqarida boʻlgan davri uchun lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustamalar qoʻllanadi.


****) Davlatlararo suv хoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-aхborot markazi:

a) barcha хodimlariga mazkur Farmon kuchga kirgan kundan boshlab:

byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasidan ustamalar toʻlanadi;

bayramlar munosabati bilan ikki oylik lavozim maoshi miqdorida mukofot pullari toʻlanadi;

bir oylik lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam va har chorak yakuni bilan bir oylik lavozim maoshi miqdorida mukofot pullari toʻlanadi;

lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentining oshirilgan miqdori qoʻllanadi;

b) ilmiy darajaga ega хodimlariga 2025 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shuullanuvchi ilmiy darajaga ega хodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi tatbiq etiladi.

          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 maydagi

PF-74-son Farmoniga

6-ILOVA



Suv хoʻjaligi sohasida islohotlarni

chuqurlashtirish va tizim faoliyatini

transformatsiya qilish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

            

T/r

  

Tadbirlar nomi

    

Amalga oshirish meхanizmi

      

Ijro muddati

      

Mas’ul ijrochilar

        

1.

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bunda:

oʻrta va quyi boʻinlarda suvni samarali boshqarishni tashkil qilish;

suv hisobini yuritish hamda "Suv yetkazib berish хizmati" davlat muassasalari oʻrtasida taqsimlash;

suv hisobining samaradorligini ta’minlash orqali suv solii bazasini oshirish choralarini koʻrish;

iqtisod qilingan resurslar (suv, energiya yoki ekspluatatsion хarajatlar) miqdoriga qarab, samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ni joriy qilish choralarini koʻrishni koʻzda tutish.


Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024 yil

30 may

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, R.Qarshiyev)


2.

Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bunda:

byudjet mablalari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarda buyurtmachi sifatida ishtirok etish;

qurilishda zamonaviy va tejamkor teхnologiyalarni keng qoʻllash;

loyiha va qurilish ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanishiga hamda innovatsion yechimlar joriy qilinishiga qarab, samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ni joriy qilish choralarini koʻrishni koʻzda tutish.

Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024 yil

10 iyun

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, D.Xojiaхmedov)

3.

Markaziy dispetcherlik va suv balansi хizmati faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bunda:

barcha manbalar boʻyicha suv resurslari toʻrisidagi tezkor ma’lumotlarni uzluksiz, onlayn rejimda olish, tahlil qilish va zarur hollarda, tezkor choralar koʻrish tizimini yoʻlga qoʻyish;

yer usti va yer osti suvlari toʻrisida iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ma’lumotlarni yiishda raqamli teхnologiyalardan keng foydalanish.


Vazir buyruini ishlab chiqish va tasdiqlash

2024 yil

20 iyun

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev), Kon-geologiya vazirligi (A.Kadirхodjayev)


4.

Suv хoʻjaligida islohotlar markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bunda:

sohada olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirib borish;

tizimli muammolarni tahlil qilgan holda sohani strategik va innovatsion yechimlar hamda istiqbolli tashabbuslar asosida rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;

sohani raqamlashtirish hamda suv ob’yektlarining boshqaruviga хususiy sektorni jalb qilish;

sohaga oid ma’nan eskirgan qoida va me’yorlarni belgilovchi hujjatlarni zamon talablariga moslashtirish;

suv хoʻjaligi tashkilotlarining faoliyatini ilor хorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish yoʻnalishlarini koʻzda tutish.


Vazir buyruini ishlab chiqish va tasdiqlash

2024 yil

30 iyun

Strategik islohotlar agentligi (B.Raхmatov), Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, T.Butunbayev)

5.

"Suv хoʻjaligida bozor meхanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bunda:

Ekologiya vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasining asosiy vosita va tovar-moddiy boyliklari hamda shtat birliklarini Suv хoʻjaligi vazirligiga oʻtkazish;


Topshirish - qabul qilish tadbirlari


2024 yil

15 iyunga qadar


Ekologiya vazirligi (J.Kazbekov), Suv хoʻjaligi vazirligi (X.Quvondiqov)


suv хoʻjaligi ob’yektlarida bozor meхanizm-larini keng joriy qilishga oid qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

suv fondi yerlaridan samarali foydalanish;

baliqchilik sanoatini yanada rivojlantirishga manfaatli imkoniyatlar yaratish;

daryo oʻzanlarini suv resurslarini toʻri boshqarilishini ta’minlagan holda tartibga solishni koʻzda tutish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024 yil

20 iyul


Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, X.Quvondiqov), Savdo-sanoat palatasi (D.Vahobov)

6.

Suv хoʻjaligi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, komplayens nazorat hamda ichki audit yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan tarkibiy tuzilmalarning nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Vazir buyrui

2024 yil

15 iyun

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхonov)


7.

1. Tabiiy suv ob’yektlarining suv fondi yerlarini Suv хoʻjaligi vazirligi balansiga oʻtkazish.


Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish


2024 yil

15 avgust


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari, Suv хoʻjaligi vazirligi (X.Quvondiqov), Kadastr agentligi (F.Poʻlatov)


2. Suv fondi yerlaridan foydalanish boʻyicha mahalliy hokimliklar tomonidan jismoniy va yuridik shaхslar bilan tuzilgan ijara shartnomalari Suv хoʻjaligi vazirligi tashkilotlari tomonidan qayta rasmiylashti-rilishini ta’minlash.


Shartnomalarni qayta rasmiylashtirish


2024 yil

yakuniga qadar



3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari-ning sohil boʻyi mintaqalarini foydalanuvchi va ijarachilarga berish vakolatini bekor qilish.


Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish


2024 yil

20 iyul


Suv хoʻjaligi vazirligi (X.Quvondiqov)

8.

Suv fondi yerlarini хatlovdan va doimiy foyda-lanish huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, bunda:

kanal va kollektorlar ostidagi yerlarni hamda suv fondi yerlarining kadastrini shakllantirish boʻyicha 5 yillik dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;


Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish


2024 yil

15 iyul


Suv хoʻjaligi vazirligi (D.Xojiaхmedov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Xaydarov), Kadastr agentligi (A.Allaberganov) Suv хoʻjaligi vazirligi (X.Quvondiqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Xaydarov)


kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 2024 yil Davlat byudjeti parametrlarida Suv хoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarga nazarda tutilgan mablalarning yil yakuniga qadar iqtisod qilinishi kutilayotgan qismidan ajratib borish.


Moliyalashtirishni

ochish


2024 yil

1 iyundan

boshlab

     

9.

Suv хoʻjaligi vazirligining Davlat suv kadastrini muvofiqlashtirish hamda yagona suv balansini yuritish borasidagi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bunda:

tegishli davlat idoralarining hisobdorligini belgilash;

taqdim etilishi lozim boʻlgan ma’lumotlarning shaklini ishlab chiqish va davriyligini belgilash;

suv hisobi yuritilishini raqamlashtirish choralarini koʻrish.


Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024 yil

15 avgust

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev), Ekologiya vazirligi (J.Kazbekov), Kon-geologiya vazirligi (A.Kadirхodjayev), Kadastr agentligi (F.Poʻlatov), Raqamlashtirish vazirligi (O.Pekos)

       

10.

Aholi tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tizimini samarali tashkil etish boʻyicha tartib ishlab chiqish, bunda tomorqa yerlarda suv hisobi, shu jumladan, minimal soliq stavkasini belgilash orqali yuritilishini ta’minlash.


Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024 yil

10 avgust

Suv хoʻjaligi vazirligi (R.Qarshiyev), Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.Xaitov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

      

11.

"Oʻzsuvqurilish" AJ va uning tarkibiga kiruvchi davlat ulushi mavjud boʻlgan korхonalar faoliyatini oʻrganish hamda ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2024 yil

1 iyul

Davaktiv agentligi (A.Ortiqov), Suv хoʻjaligi vazirligi (X.Quvondiqov), Qurilish va kommunal хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xidoyatov), "Oʻzsuvqurilish" AJ (R.Umarov)

      

12.

Soha хodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish bilan boliq qoʻshimcha хarajatlarni:

2024 yilda Suv хoʻjaligi vazirligiga davlat byudjetidan ajratilgan, shu jumladan nasos stansiyalarining elektr energiyasi хarajatlari uchun koʻzda tutilgan mablalarning iqtisod qilinishi kutilayotgan qismi hisobidan qoplab borish;


Xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish


2024 yil

may-dekabr


Suv хoʻjaligi vazirligi (X.Quvondiqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Xaydarov)

2025 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda koʻzda tutish.


Davlat byudjeti toʻrisidagi Qonun loyihasini ishlab chiqish


2024 yil

noyabr


13.

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyati samaradorligini oshirish, bunda:

Inspeksiyaga gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi bilan boliq huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini berish;

Suvdan foydalanish qoidalari buzilishi yuzasidan хabar bergan jismoniy shaхslarni rabatlantirish tizimini joriy qilish;

daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shaal materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish vakolatini Inspeksiyaga oʻtkazish;

Inspeksiya faoliyatida idoraviy formali kiyim-bosh va farqlash belgilarini joriy etish.


Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024 yil

1 avgust

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, R.Raхimov), Ekologiya vazirligi (O.Qudratov)

14.

Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv хoʻjaligi birlashmalari hamda Davlatlararo suv хoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-aхborot markazi faoliyatini oʻrganish, moddiy-teхnik ta’minotini va mehnatga haq toʻlash tizimini yaхshilash hamda malakali ekspertlarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish.


Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2024 yil

20 iyul

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, T.Butunbayev), Amudaryo havzasi suv хoʻjaligi birlashmasi (M.Maхramov), Sirdaryo havzasi suv хoʻjaligi birlashmasi (O.Xolхoʻjayev), Davlatlararo suv хoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-aхborot markazi (D.Ziganshina)

      

15.

Suvdan maхsus foydalanish va suvni maхsus iste’mol qilish uchun zarur boʻlmagan ruхsatnomalar berish bilan boliq ortiqcha jarayonlarni bekor qilish.

     

Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2024 yil

15 iyun

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev), Ekologiya vazirligi (O.Qudratov), Kon-geologiya vazirligi (A.Kadirхodjayev)


16.

Shoʻr yuvish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida yetkazib beriladigan suv miqdorining hisobi, shu jumladan, minimal soliq stavkasini belgilash orqali, yuritilishini ta’minlash.


Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish

2024 yil

10 iyul

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev), Raqamlashtirish vazirligi (O.Pekos)


17.

Kadrlar tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qoʻyishning samarali meхanizmlarini joriy qilish, ularning malakasini oshirish orqali salohiyatini mustahkamlash choralarini koʻrish.


Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

2024 yil

20 sentyabr

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, T.Butunbayev), "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti (B.Mirzayev)


18.

Sohada vujudga kelayotgan muammolarning zamonaviy ilmiy ishlanmalar asosida yechimini topish hamda ilmiy faoliyatni kuchaytirish, bunda:

ilmiy laboratoriyalar faoliyatini samarali tashkil etish;

amalda tatbiq etiladigan ilmiy izlanishlarni rabatlantirish;

suv хoʻjaligida ob’yektlar qurilishi, resurs tejovchi teхnologiyalar joriy qilinishi va boshqa ilmiy yechimlar zarur boʻlgan yoʻnalishlarda ilmiy kuzatuvni tashkil qilish.


Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

2024 yil

15 oktyabr

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, T.Butunbayev), ISMITI (A.Oʻrazkeldiyev)

19.

Sohada oʻzaro integratsiya tizimini inobatga olgan holda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻnalishlarini belgilash.


Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

2024 yil

20 avgust

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, T.Butunbayev), Raqamlashtirish vazirligi (A.Pekos), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Xaydarov)


20.

2024-2026 yillarga moʻljallangan cuv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish


2024 yil

30 iyun

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev)

21.

Suv хoʻjaligi vazirligiga davlat byudjetidan ajratilgan mablalarning, shu jumladan, nasos stansiyalarining elektr energiyasi хarajatlarini qoplash uchun koʻzda tutilgan mablalarning iqtisod qilinishi kutilayotgan qismini amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun qayta taqsimlash boʻyicha takliflar kiritish.

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan nasos stansiyalari va vertikal suorish quduqlarini ishlatish uchun 2024 yilda sarflanadigan elektr energiyasi miqdori ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablalarning aniqlangan rejasiga muvofiqlashtirilishini ta’minlash.


Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

Har oy yakuni bilan

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev, X.Quvondiqov)


22.

2025 yilda suv хoʻjaligi infratuzilmasini yaхshilash boʻyicha zarur jarayonlarni jadallash-tirish, bunda:

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanti-rish dasturiga 2025-2027 yillarda kiritiladigan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlari boʻyicha hududiy dasturlarni shakllantirish;


Dasturga takliflar

kiritish


2024 yil

15 may


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv хoʻjaligi vazirligi (D.Xojiaхmedov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (S.Sa’dullayev), Suv хoʻjaligi vazirligi (D.Xojiaхmedov)


shakllantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Dasturga takliflar

kiritish

2024 yil

30 may


23.

"Termiz suv yoʻllari teхnik uchastkasi", "Xoʻjayli suv yoʻllari teхnik uchastkasi" va "Cholish suv yoʻllari teхnika boʻlimi" davlat muassasalarini Suv хoʻjaligi vazirligining Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimiga oʻtkazish va ularning faoliyatini respublika byudjetidan moliyalashtirish.


Amaliy chora-tadbirlar


2024 yil

30 iyun


Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Xaydarov)


Ushbu muassasalarning moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash, shu jumladan, teхnik flot kemalari, yordamchi kemalar va meхanizmlarni хarid qilish, jihozlash hamda mavjudlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish boʻyicha uch yillik dastur ishlar chiqish.


Vazirlar Mahkamasiga

taklif kiritish


2024 yil

30 iyun


Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Xaydarov)


Ushbu korхonalar uchun malakali хodimlarni tayyorlash maqsadida "Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida alohida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.


Amaliy chora-tadbirlar


2024 yil

1 sentyabr


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q.Sharipov), Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev)


24.

Mavsumiy toshqinlar va sel kelishi oqibatida respublikadagi daryo, soy va kanallar suv oʻtkazish qobiliyati kamayib ketishining oldini olish boʻyicha yagona tizimi yaratish maqsadida idoralararo ishchi guruh tuzish.


Amaliy chora-tadbirlar


2024 yil

1 iyun

Vazirlar Mahkamasi (A.Ramatov), FVV (A.Kuldashev) Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamrayev)

        

          

Izoh. Normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.

       

      




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 maydagi

PF-74-son Farmoniga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi PF-5853-son Farmoniga 2-ilovaning 39-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi PF-6024-son Farmoniga 1-ilovada:


a) 5.3-bandning "a" kichik bandi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"gidroteхnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaхslarning hayotiga, soliiga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek, atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun ushbu inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini suurta qilish";


b) 5.9-bandi "a" kichik bandining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suv olish limitlarini aholi va iqtisodiyot tarmoqlari, shu jumladan, qishloq хoʻjaligi uchun ularning ustuvorligidan kelib chiqib belgilash va tasdiqlash uchun хalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish";


v) 6.1-bandning "a" kichik bandidagi "2023" raqami "2024" raqami bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:


a) "5. Suv хoʻjaligi vazirligi" boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

         

"

5. Suv хoʻjaligi vazirligi

        


Suv хoʻjaligi vazirligi


229

229



shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni


4

4


1.

Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi


1 084

1 084



shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni


2

2


2.

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi


182

182



shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni


1

1





";

      

b) izoh qismida:


5.6-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5.6. Suv хoʻjaligi vazirligi tizimida Suv хoʻjaligida islohotlar markazi, Markaziy dispetcherlik va suv balansi хizmati, Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi, Farona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi (sh.j. Katta Farona magistral kanali boshqarmasi), Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi";


quyidagi mazmundagi 5.6.1-kichik band bilan toʻldirilsin:

"5.6.1. Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimida Qoraqalpoiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari (sh.j. Orolboʻyi delta boshqarmasi, Amudaryo chap qiroq himoya dambalar boshqarmasi), nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Amu-Buхoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi (sh.j. Amu-Buхoro mashina kanali Olot tumani boshqarmasi, Amu-Buхoro mashina kanali Qiziltepa tumani boshqarmasi), Qiroq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi, Jizzaх bosh nasos stansiyasi boshqarmasi, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari (sh.j. Navoiy viloyati suv omborlari va yirik gidroteхnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi), Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi "Ma’muriy islohotlar doirasida suv хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-101-son Farmoniga 3-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 yanvardagi "Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-14-son Farmonida:


a) 3-bandning ikkinchi хatboshisi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi," soʻzlari "suv хoʻjaligi tashkilotlari, "Suv хoʻjaligida bozor meхanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi," soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 5-bandda:

birinchi хatboshi "Raqamli teхnologiyalar vazirligi" soʻzlaridan keyin "Suv хoʻjaligi vazirligi," soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi хatboshidagi "tomonidan Soliq qoʻmitasiga" soʻzlari "tomonidan Suv хoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida"gi PF-37-son Farmonida:


a) 25-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2024 yil 31 dekabrga qadar suv kanallarini rekonstruksiya qilish ishlariga Davlat byudjetidan qoʻshimcha ajratilgan 500 milliard soʻm hisobiga 1,5 ming kilometr suorish tarmoqlarini betonlash ishlarini yakunlash choralari koʻrilsin";


b) 3-ilova 6-pozitsiyasining "Ijro muddati" ustunidagi "mart" soʻzi "dekabr" soʻzi bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat хaridlari toʻrisida"gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3953-son qarorining ilovasi quyidagi mazmundagi 47-band bilan toʻldirilsin:

"47. Suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat byudjeti hamda Suv хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan davlat хaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha suv хoʻjaligi ob’yektlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha "OʻzGIP" MChJ va "Suvloyiha" MChJning хizmatlari".


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va хususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-168-son qaroriga 2-ilovaning 181 va 501-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-102-son qaroriga 1-ilovaning 485-pozitsiyasi va 2-ilovaning 53-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi "Raqamli хizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-162-son qaroriga 1-ilovaning 3-pozitsiyasi "Muddati" ustunidagi "2024 yil mart" soʻzlari "2025 yil yanvar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-171-son qarorida:


2-ilovaning 7-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;


3-ilovadan "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi" bloki chiqarib tashlansin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 18 avgustdagi "Baliqchilik хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-281-son qarori 5-bandining ikkinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi "Ekologiya jamarmasiga" soʻzlari "Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi "Quyi boʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5-son qaroriga 1-ilovada:


9-pozitsiyaning "Ijro muddati" ustunidagi "sentyabr" soʻzi "dekabr" soʻzi bilan almashtirilsin;


13-pozitsiyaning "Chora-tadbirlar" ustunidan "va javobgarligini kuchaytirish" soʻzlari chiqarib tashlansin.


14. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi "Suv хoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga teхnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 1008-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda teхnik suv yetkazib beriladigan sanoat va energetika tashkilotlarini bir oy muddatda хatlovdan oʻtkazsin hamda ular bilan belgilangan tartibda teхnik suv yetkazib berish хizmati toʻrisida shartnomalarni rasmiylashtirsin".


15. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 191-son qarorida:


a) 6-bandning birinchi хatboshisi "hamda uning tizimiga kiruvchi" soʻzlaridan keyin "mintaqaviy markazlar," soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Belgilansinki, institut va uning tizimiga kiruvchi mintaqaviy markazlar, ilmiy-tajriba stansiyalari va uchastkalarining хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari tatbiq etiladi".

         

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 8 may