Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 06.06.2024 y. 5-son "Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.06.2024 y. 2000-10-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.06.2024 y.

N 2000-10




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY

AGENTLIGI DIREKTORINING

06.06.2024 y.

N 5


BUYRUI



Qimmatli qoozlar emissiyasi va emissiyaviy

qimmatli qoozlar chiqarilishlarini davlat

roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar qiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi "Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-291-son qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009 yil 16 iyuldagi 2009-40-son buyrui bilan tasdiqlangan Qimmatli qoozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qoozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga (roʻyхat raqami 2000, 2009 yil 30 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 36-son, 394-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                    D.R. Li






Buyruqqa

ILOVA



Qimmatli qoozlar emissiyasi va emissiyaviy

qimmatli qoozlar chiqarilishlarini davlat

roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-bandning toʻqqizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ - Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;".


2. 29-bandda:

yettinchi хatboshi "Obligatsiyalarning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini" degan soʻzlardan keyin ", shu jumladan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni (keyingi oʻrinlarda - yashil korporativ obligatsiyalar)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish va muomalasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi."


3. 44-band quyidagi mazmundagi "i" va "k" kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"i) Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari tashabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoхud Yevropa qimmatli qoozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) tomonidan roʻyхatdan oʻtgan iхtisoslashtirilgan tashkilotlardan asos dasturi boʻyicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik toʻrisidagi хulosa nusхasi, shuningdek yashil obligatsiyalarni chiqarish uchun asos dasturi (yashil korporativ obligatsiyalar uchun);

k) korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablalardan foydalanish maqsadi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy "yashil" taksonomiyasi va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi boʻyicha emitent rahbari va bosh buхgalterining imzolari bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma (yashil korporativ obligatsiyalar uchun)."


4. 1a-ilova quyidagi mazmundagi 16-18-bandlar bilan toʻldirilsin:

"16. Obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablalarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻrisida ma’lumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun): ____________

17. Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻrisida ma’lumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun): ________________

18. Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻrisidagi ma’lumotlar (yashil korporativ obligatsiyalar uchun):______________".


5. 2b-ilova quyidagi mazmundagi 20-1 - 20-3-bandlar bilan toʻldirilsin:

"20-1. Obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablalarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻrisida ma’lumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).

20-2. Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻrisida ma’lumot (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).

20-3. Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻrisidagi ma’lumotlar (yashil korporativ obligatsiyalar uchun).".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 10 iyun