Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.06.2024 y. 331-son "Shaхsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.06.2024 y.

N 331



ShAXSIY INVESTITsIYa HISOBVARAINI OChISh

VA UNDAGI MABLALARNING HISOBINI

YuRITISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, shaхsiy investitsiya hisobvaraini ochish va undagi mablalarning hisobini yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qoozlarni sotib olish uchun shaхsiy investitsiya hisobvaraiga yoʻnaltiriladigan qismi tegishli shartlar asosida soliq solinmaydigan daromad turlariga kiritilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi PQ-291-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-2025 yillarda kapital bozorini rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ning 17-bandida shaхsiy investitsiya hisobvaraini ochish va pul mablalarining hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shaхsiy investitsiya hisobvaraini ochish va undagi mablalarning hisobini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

shaхsiy investitsiya hisobvaraini ochish va undan foydalanish maqsadlari;

shaхsiy investitsiya hisobvaraidagi mablalarning hisobini yuritish va ularning holati toʻrisida ma’lumotlarni taqdim etish tartibi;

shaхsiy investitsiya hisobvaraiga yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa daromadlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi;

shaхsiy investitsiya hisobvaraini yopish tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda shaхsiy investitsiya hisobvaraini ochish va uning ahamiyati yuzasidan keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 14 iyun