Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

O`z DSt 827.2023. Beton va temir-beton quvurlar. Turlari va asosiy parametrlari (AV tomonidan 25.09.2023 y. 214-son bilan roʻyхatga olingan qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirining 24.08.2023 y. 221-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Adliya vazirligida

2023 yil 25 sentyabrda 214-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

qurilish va uy-joy kommunal

хoʻjaligi vazirining

2023 yil 24 avgustdagi

221-son buyruiga

ILOVA



O`z DSt 827.2023



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT STANDARTI

   

Beton va temir-beton quvurlar.

Turlari va asosiy parametrlari


Mazkur davlat standarti sentrifugalash, titratish, titratib presslash, radial presslash hamda titratib gidropresslash usullarda ishlab chiqarilgan va suyuqliklarni tashuvchi yer osti bosimsiz va bosimli quvurlarini yotqizish uchun moʻljallangan yima beton va temir-beton quvurlarning (bundan buyon matnda quvurlar deb yuritiladi) turlari va asosiy parametrlariga nisbatan talablarni belgilaydi.

Ushbu davlat standarti avtomobil va temir yoʻllarining qiroqlari ostiga yotqiziladigan suv quvurlarga, shuningdek drenaj quvurlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



1-BOB. TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA

SOLISh SOHASIDAGI NORMATIV

HUJJATLARGA HAVOLALAR


1. Mazkur davlat standartida quyidagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:


EN 639:1994

Birikmalar va fitinglarni hisobga olgan holda beton bosimli quvurlarga umumiy talablar (rasmiy manba: EN 639:1994 Common requirements for concrete pressure pipes including joints and fittings);


EN 641:1994

Birikmalar va fitinglarni hisobga olgan holda silindir turdagi temir-beton bosimli quvurlar (rasmiy manba: EN 641:1994 Reinforced concrete pressure pipes, cylinder type, including joints and fittings);


EN 642:1994

Birikmalar, fitinglar va quvurlar uchun oldindan zoʻriqtirilgan poʻlatga talablarni hisobga olgan holda silindrsimon va silindrsimon boʻlmaganoldindan zoʻriqtirilgan betondan bosimli quvurlar (rasmiy manba: EN 642:1994 Prestressed concrete pressure pipes, cylinder and non-cylinder, including joints, fittings and specific requirements for prestressing steel for pipes);


GOST 23009-2016

Beton va temir-betondan tayyorlangan yima konstruksiyalar va buyumlar. Shartli belgilar (markalar) (rasmiy manba: GOST 23009-2016 Konstruksii i izdeliya betonniye i jelezobetonniye sborniye. Uslovniye oboznacheniya (marki));


QMQ 2.03.11-96

Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish.

       

       

2-BOB. ATAMALAR VA TARIFLAR

     

2. Mazkur davlat standartida kuyidagi atamalar va ularning ta’riflari qoʻllanilgan:

bosimsiz quvurlar - suyuqliklar oʻz oqimi bilan toʻliq boʻlmagan kesimda (quvur ichki diametrining 0,95 gacha) tashiladigan quvur oʻtkazgichlarni qurish uchun moʻljallangan quvurlar;

bosimli quvurlar - suyuqliklar bosim ostida tashiladigan quvur oʻtkazgichlarni qurish uchun moʻljallangan quvurlar;

ozi kengaytirilgan quvurlar - bir uchida katta oiz, ikkinchi uchida quvur oʻtkazgichni montaj qilishda katta oizga kiritiladigan vtulkali qismga ega boʻlgan quvurlar;

faltsli (tirqishli) quvurlar - old tomonlarida quvur devori qalinligi chegarasida oʻzaro tutashuvchi yuzalarga ega boʻlgan quvurlar;

taglikli quvurlar - ishchi holatida ost tomonida tekis yoki yarim aylana koʻrinishidagi taglikka ega boʻlgan quvurlar;

oʻzak (serdechnik)li quvurlar - devorida yupqa metalldan, keramik metalldan yoki keramikadan suv oʻtkazmaydigan oʻzagi (serdechnigi) mavjud boʻlgan quvurlar;

quvurning shartli oʻtish diametri - quvur oʻtkazgichning gidravlik hisob-kitoblari amalga oshiriladigan shartli dumaloq oʻtishning diametriga teng boʻlgan (yoʻl qoʻyilgan oishlarni hisobga olmagan holda) quvur koʻndalang kesimining geometrik parametri;

quvurning foydali uzunligi - quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda hisobga olinadigan quvurning uzunligi;

tutashgan yuzalar - quvur oʻtkazgichlarni montaj qilishda oʻzaro birikadigan quvurlarning uchidagi qismlari yuzalari;

hisoblangan ichki bosim - foydalanish shartlari boʻyicha quvur oʻtkazgichlardagi ehtimoliy eng katta bosim, gidravlik zarbda uning koʻtarilishi yoki gidravlik zarbda bosimning tushishini hisobga olinmaganda boʻladigan eng katta foydalanish bosimi. Agar uning bosimi gorizontal va vertikal yuklar bilan birgalikda oshsa quvurlar liniyasiga katta ta’sir koʻrsatadi.



3-BOB. QUVURLARNING TURLARI

VA BELGILANIShLARI


3. Quvurlar tashilayotgan suyuqlikning quvur oʻtkazgichlardagi hisoblangan ish rejimidan kelib chiqib bosimsiz va bosimli turlarga boʻlinadi.


4. Bosimsiz quvurlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

T - germetiklar (zichlagichlar) yoki boshqa materiallar (bitum mastika, epoksid yelim, oʻzi yopishuvchi lenta) bilan zich qilib ulanadigan dumaloq teshik va tutashtirish birikmali silindrik kengaygan oizli;

TP - germetiklar (zichlagichlar) yoki boshqa materiallar (bitum mastika, epoksid yelim, oʻzi yopishuvchi lenta) bilan zich qilib ulanadigan dumaloq teshik va tutashtirish birikmali silindrik kengaygan oizli taglikka ega boʻlgan;

TS - rezina halqa yordamida zich qilib ulanadigan, quvurning vtulkali uchining tutashgan yuzasida zinali tutashma va tutash birikmalar bilan dumaloq teshikli silindrik kengaygan oizli;

TSP - rezina halqa yordamida zich qilib ulanadigan, quvurning vtulkali uchining tutashgan yuzasida zinali tutashma va tutash birikmalar bilan dumaloq teshikli silindrik kengaygan oizli taglikka ega boʻlgan;

TB - rezina halqalar yordamida zich qilib ulanadigan quvurning vtulkali uchining tutashgan yuzasida tirkaluvchi burtik va tutash birikmalar bilan dumaloq teshikli silindrik kengaygan oizli;

TBP - rezina halqalar yordamida zich qilib ulanadigan quvurning vtulkali uchining tutashgan yuzasida tirkaluvchi burtik va tutash birikmalar bilan dumaloq teshikli silindrik kengaygan oizli taglikka ega boʻlgan;

TFP - germetiklar (zichlagichlar) yoki boshqa materiallar (bitum mastika, epoksid yelim, oʻzi yopishuvchi lenta) bilan zich qilib ulanadigan taglikli, faltsli, dumaloq teshikli va tutash birikmali;

TO - germetiklar (zichlagichlar) yoki boshqa materiallar (bitum mastika, epoksid yelim, oʻzi yopishuvchi lenta) bilan zich qilib ulanadigan taglikli, faltsli, ovalsimon teshikli va tutash birikmali;

TE - germetiklar (zichlagichlar) yoki boshqa materiallar (bitum mastika, epoksid yelim, oʻzi yopishuvchi lenta) bilan zich qilib ulanadigan taglikli, faltsli, ellipssimon teshikli va tutash birikmali.


5. Bosimli quvurlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

TN - rezina halqalar yordamida zich qilib ulanadigan dumaloq teshikli va tutash birikmali silindrik kengaygan oizli;

TNP - rezina halqalar yordamida zich qilib ulanadigan dumaloq teshikli va tutash birikmali silindrik kengaygan oizli polimer oʻzakli (serdechnikli);

TNS - rezina halqalar yordamida zich qilib ulanadigan dumaloq teshikli va tutash birikmali silindrik kengaygan oizli poʻlat oʻzakli (serdechnikli).


6. Beton quvurlar turlarining shartli belgilari temir-beton quvurlarning shartli belgilaridan farqli ravishda «T» хarfi oldidan «B» bosh harfini qoʻshgan holda belgilanadi.



4-BOB. QUVURLARNING OʻLChAMLARI


7. Dumaloq teshikli quvurlarning shartli oʻtish diametri va foydali uzunligi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan qiymatlarga muvofiq boʻlishi lozim



1-JADVAL


Quvurlarning turlari


Quvurlar turlarining

oʻlchamlari

         

Quvurlarning shartli

oʻtish diametri,

mm

          

Quvurning foydali

uzunligi,

mm

         

Bosimsiz beton quvurlar

       

BT

BT10.10

BT15.10


100

150

1000

BT20.15

BT25.15


200

250

1500

BT30.20

BT40.20


300

400

2000

BT50.25

BT60.25

BT80.25

BT10. 25


500

600

800

1000

2500

BTS va BTSP

BTS30.20

BTS40.20


300

400

2000

BTS50.25

BTS60.25

BTSP60.25


500

600

2500

BTS80.25

BTSP80.25


800

BTS100.25

BTSP100.25


1000

Bosimsiz temir-beton quvurlar

        

T va TB

T40.50, TB40.50

T50.50, TB50.50

T60.50, TB60.50

T80.50, TB80.50

T100.50, TB100.50

T120.50, TB120.50

T140.50, TB140.50

T160.50, TB160.50


400

500

600

800

1000

1200

1400

1600

5000

TP va TBP

TP100.50, TBP 100.50

TP120.50, TBP 120.50

TP140.50, TBP 140.50

TP160.50, TBP 160.50


1000

1200

1400

1600

5000

TP250.45


2000

4500

TP240.30


2100

3000

TS va TSP

TS10.25

TS40.50


100

2000

3000

TS50.25

TS50.50


500

2500

5000

TS60.25

TS60.50


600

2500

5000

TS80.35

TS80.50


800

3500

5000

TS va TSP

TS100.35, TSP100.35

TS100.50, TSP100.50


1000

3500

5000

TS120.35, TSP120.35

TS120.50, TSP120.50


1200

3500

5000

TS140.35, TSP140.35

TS140.50, TSP140.50


1400

3500

5000

TS160.35, TSP160.35

TS160.50, TSP160.50


1600

3500

5000

TFP

TFP100.50

TFP120.50

TFP140.50

TFP160.50


1000

1200

1400

1600

5000

TFP200.45


2000

4500

TFP240.30


2400

3000

Bosimli beton quvurlar

       

BTN

BTN10.10


100

1000

BTN20.20

BTN25 20

BTN30.20

BTN40.20


200

250

300

400

2000

BTN50.25


500

2500

Bosimli temir-beton quvurlar

       

TN

TN30.25

TN40.25


300

400

2500

TN50.25

TN50.50


500

2500

5000

TN60.25

TN60.50


600

2500

5000

TN80.35

TN80.50


800

3500

5000

TN100.35

TN100.50


1000

3500

5000

TN120.35

TN120.50


1200

3500

5000

TN140.50

TN160.50

TN200.50

TN240.50


1400

1600

2000

2400

5000

Polimer oʻzakli (serdechnikli)

bosimli temir-beton quvurlar

           

TNP

TNP40.50

TNP50.50

TNP60.50

TNP80.50

TNP100.50

TNP120.50


400

500

600

800

1000

1200

5000

Poʻlat oʻzakli (serdechnikli)

bosimli temir-beton quvurlar

       

TNS

TNS25.50


250

5000

TNS30.50

TNS30.100


300

5000

10000

TNS40.50

TNS40.100


400

5000

10000

TNS50.50

TNS50.100


500

5000

10000

TNS60.50

TNS60.100


600

5000

10000

        

8. Mazkur davlat standartining 1-jadvalida koʻrsatilganlarga qaraganda barcha turdagi quvurlarni foydali uzunligini kattaroq qilib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda quvurlar shartli oʻtish diametri 1600 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun uzunlik 500 mm, 1600 mm dan yuqori boʻlganda 250 mm uzunroq qilib belgilanadi.


9. Ilmiy asoslangan hollarda quvurlarni quyidagicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi:

quvurlarni ishlab chiqarishning aniq turi uchun shartli oʻtish diametri 1800 va 2200 mm, shuningdek 2400 mm dan katta oʻlchamda;

davlat standartining 1-jadvalida koʻrsatilgan quvurlarning shartli oʻtish diametridan farqli ravishda quvurlarning ichki diametrini 600 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun plyus 6 foizgacha, diametri 600 mm dan ortiq boʻlgan quvurlar uchun plyus 3 foizgacha oʻlchamda.


10. TS va TSP turlardagi bosimsiz temir-beton quvurlarni zudlik bilan qolipdan toʻliq ajratuvchi teхnologiya boʻyicha tayyorlashga moʻljallangan quvurlar uchun ularning foydali uzunligini 2500 - 3500 mm ga teng qilib qabul kilish lozim.


11. TN turdagi bosimli temir-beton quvurlar zoʻriqtirilmagan va zoʻriqtirilgan armaturali qilib bajariladi. Oldindan zoʻriqtirilgan quvurlarning foydali uzunligi 5000 mm dan kam boʻlmasligi kerak.


12. Dumaloq kesimli rezina halqalarda biriktiriladigan quvurlarni tutashish yuzalarining oʻlchamlari quyidagilarni ta’minlashi lozim:

1) tutashishning ishchi qismi diametrlarini yoʻl qoʻyilgan oishini hisobga olgan holda halqali tirqishning qiymati qoʻyidagi chegarada boʻlishini (rezinali halqa kesimi diametriga nisbatan foizlarda):

60 - 75 - bosimsiz quvurlar uchun,

50 - 70 - past bosimli quvurlar uchun,

40 - 65 - oʻrtacha va yuqori bosimli quvurlar uchun;

2) quvurlarning tutash birikmalaridagi burilish burchagi 1°30' dan kam boʻlmasligini;

3) rezinali halqa tortilganda 8 - 15 foizga choʻzilishini;

4) tebratish usulida rezinali halqa bilan zich qilib ulanadigan tutashishning ishchi qismi uzunligi halqa kesimi diametridan 3,5 barobarga kam boʻlmasligini.


13. Choʻzilmagan holatdagi dumaloq kesimli rezinali halqaning oʻlchamlari mazkur davlat standartining 2-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.



2-JADVAL

(mm)


Quvurning shartli

oʻtish diametri

       

Zich qilib ulash usuli boʻyicha quvurlarning tutashgan

joylari uchun rezinali halqalarning oʻlchamlari

         

Tebratish usulida ulash

      

Sirpantirish usulida ulash

      

Halqaning ichki diametri

    

Halqa kesimining diametri

      

Halqaning ichki diametri

    

Halqa kesimining diametri

     

100

200

250

110

212

264


14

14

17

-

-


-

-

240


16

300

400

500

600

800

1000

1200

1400

340

450

545

660

835

1035

1230

1440


24

280

380

480

570


740

920

1140


16, 24

1330


24

1600

2000

2400

1650

2070

2480


30

1520

1900

2280

       

30

       

       

5-BOB. TEXNIK TALABLAR

          

14. Bosimsiz quvurlar tutib turish qobiliyatiga koʻra uch guruhga boʻlinadi:

birinchi - toʻkma (toʻkilgan tuproq)ning hisoblangan balandligi 2 m;

ikkinchi - toʻkma (toʻkilgan tuproq)ning hisoblangan balandligi 4 m;

uchinchi - toʻkma (toʻkilgan tuproq)ning hisoblangan balandligi 6 m.


15. Quvur oʻtkazgichlarni qurishning aniq sharoitlari uchun tutib turish qobiliyati katta boʻlgan bosimsiz temir-beton quvurlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.


16. Bosimsiz quvurlarning mustahkamlik хususiyatlari toʻkmaning mazkur davlat standartining 14-bandida belgilangan hisoblangan balandligida quyidagi oʻrta hisobdagi sharoitlarda ulardan foydalanishni ta’minlashi kerak:

quvur ostidagi asosi - shartli oʻtish diametri 500 mm gacha boʻlgan silindrik quvurlar va barcha diametrlardagi taglikli quvurlar uchun tekis tuproqli yoki shartli oʻtish diametri 500 mm dan koʻp boʻlgan qamrab olish burchagi 90° li silindr quvurlar uchun profillangan tuproqli;

toʻkmasi (zasipkasi) - shartli oʻtish diametri 800 mm gacha boʻlgan silindrik quvurlar va barcha diametrlardagi taglikli quvurlar uchun 1,8 t/m3 zichlikdagi tuproq bilan normal zichlangan yoki shartli oʻtish diametri 800 mm dan koʻp boʻlgan silindr quvurlar uchun orttirilgan zichlanishdagi tuproqli;

yer yuzasiga vaqtinchalik tushadigan yuklamasi A8 va N-60 boʻlganda.


17. Quvurdagi hisoblangan ichki bosim qiymatiga koʻra bosimli quvurlar quyidagi 3-jadvalda koʻrsatilgan guruhlar va sinflarga boʻlinadi.



3-JADVAL


Quvurlar guruhi


Past bosimli

      

Oʻrtacha bosimli

     

Yuqori bosimli

      

Quvurlar sinfi

       

N1

N3

N5

N10

N15

N20

Hisoblangan ichki bosim, MRa

        

0,1

0,3

0,5

1,0

1,5

2,0


18. Konstruksiyasiga koʻra bosimli quvurlar quyidagi sinflarga ajratilishi lozim:

N1 va N3 - BTN turi va zoʻriqtirilmagan armatura bilan TN turi;

N3 va N5 - TNP turi;

N5 - N20 - zoʻriqtirilgan armatura bilan TN turi;

T10 - N20 - TNS turi.


19. Bosimli quvurlarning mustahkamlik хususiyatlari toʻkmaning quvur ustidagi balandligi 2 m boʻlganda tegishli sinfdagi quvur uchun hisoblangan ichki bosim bilan yotqizishning quyidagi oʻrta hisobdagi sharoitlarida ulardan foydalanishni ta’minlashi lozim:

quvur ostidagi asosi - qamrab olish burchagi 90° li profillangan tuproqli;

toʻkmasi (zasipkasi) - 1,8 t/m3 zichlikdagi tuproq bilan normal zichlangan;

yer yuzasiga vaqtinchalik tushadigan yuklamasi N-60 boʻlganda.


20. Quvur oʻtkazgichlarga tashqi yuklanish qiymatlarini pasaytirishini ta’minlovchi bosimli quvurlarni yotqizish sharoitlarida quvurlarning har bir sinfi uchun hisoblangan qiymatdan 0,1 MRa ga katta boʻlgan ichki bosimda N1 va N3 sinfli quvurlarni, va quvurlarning har bir sinfi uchun hisoblangan qiymatdan 0,3 MRa ga katta boʻlgan ichki bosimda N5, N10, N15 va N20 sinfli quvurlarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.


21. Agressiv muhitda foydalanish uchun moʻljallangan quvurlarning korroziyaga bardoshliligini ta’minlash korroziyaga chidamli materiallar qoʻllash, konstruktiv talablar va teхnologik usullarni (birlamchi himoya) qoʻllash, shuningdek QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq quvurlarning yuzalarini himoya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


22. Quvurlarni daydi toklar ta’siri orqali vujudga keluvchi elektr korroziyadan himoyalash uchun moʻljallangan oʻrnatiladigan poʻlat buyumlar quvurlarning qoʻllanish doirasidan qat’i nazar barcha oldindan zoʻriqtirilgan bosimli temir-beton quvurlarda koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.


23. Beton va temir-beton bosimli quvurlarning devori qalinligi hamda ichki bosimlariga talablar EN 639:1994, EN 641:1994, EN 642:1994 da belgilangan.


24. Quvurlar GOST 23009-2016 talablariga muvofiq markalar bilan belgilanishi lozim.

        

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).