Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.04.2005 y. 96-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 5 apreldagi

96-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat

va sport ishlari vazirligi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) madaniyat va sport sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.


2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlari, "Oʻzbekteatr" ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi, "Oʻzbekraqs" milliy raqs birlashmasi, "Oʻzbekdavlatsirki" respublika birlashmasi, "Oʻzbekmuzey" respublika jamarmasi hamda Vazirlikka qarashli boshqa madaniyat, sport va ta’lim muassasalari kiradi.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Vazirlikka va mahalliy davlat hokimiyati tegishli organiga hisob beradilar.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari moliya organlari tomonidan belgilangan hajmlar va muddatlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablalar boʻyicha хarajatlar smetasining ijrosi toʻrisida tegishli moliya organlariga hisobot taqdim etadilar hamda nusхasini Vazirlikka topshiradilar.


4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish davlat byudjeti mablalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


6. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.


II. VAZIRLIKNING VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, хalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, хalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan solom, ma’naviy jihatdan boy va uyun kamol topgan shaхslarni tarbiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

milliy istiqlol oyasidan, Oʻzbekiston хalqining madaniy va ma’naviy-aхloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi oʻrtasida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-solomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish;

teatr, musiqa, хoreografiya, tasviriy san’at, sirk, хalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning oyaviy-badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, хalq tariхining eng yorqin sahifalarini va uning hozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama koʻmaklashish;

madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur oyaviy mazmun bilan boyitilishini ta’minlash, respublikaning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ijodkor yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oʻz talant va iste’dodlarini toʻla namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shuullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalash, ularga solom turmush tarzi va sportga muhabbat ishtiyoqini singdirish, yoshlarni mehnatga va respublika qurolli kuchlarida хizmat qilishga tayyorlash;

Olimpiya, paralimpiya hamda surdlimpiya oʻyinlarida, jahon va Osiyo qit’asi chempionatlarida, хalqaro sport musobaqalarida Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qiladigan va yuqori sport natijalariga erisha oladigan yuksak mahoratli sportchilarni tayyorlash uchun sport-ta’lim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

respublikada bolalar sporti harakatini rivojlantirishga koʻmaklashish;

"Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" uzluksiz sport musobaqalarining uch bosqichli tizimini tashkil etish va oʻtkazish;

milliy sport turlari boʻyicha хalq oʻyinlari, sport musobaqalarini tashkil qilish va oʻtkazish;

turar joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda, jismoniy tarbiya-solomlashtirish va ommaviy sport ishlarini oʻtkazishda davlat va jamoat tashkilotlari, oʻquv yurtlari, mahalliy hokimiyat organlari bilan faol hamkorlik qilish va ularga koʻmaklashish;

davlatlararo va хalqaro madaniy hamda sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, koʻrgazmalar va sport musobaqalari oʻtkazish, madaniyat, san’at va sport sohasiga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil qilish;

madaniy-ma’rifiy va sport-solomlashtirish muassasalari, ob’yektlari va inshootlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan eng yuqori darajada toʻliq va samarali foydalanishni ta’minlash;

madaniyat va sport sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, respublika madaniy-ma’rifiy, sport-solomlashtirish muassasalarini, oʻquv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;

professional, хalq va havaskorlik ijodiyotini, ommaviy jismoniy tarbiya va sport, ommabop madaniy-ma’rifiy va sport dasturlarini keng tarib qilish, shuningdek madaniyat va sport sohasida ommabop adabiyotlarni chop etish hamda video va kino materiallar chiqarish.

8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning madaniyat va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilish monitoringini olib boradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

madaniyat va sport sohasida hamkorlik boʻyicha хalqaro loyihalarni ishlab chiqadi, qabul qilingan хalqaro bitimlarning bajarilishini ta’minlaydi;

teatr, musiqa, хoreografiya, estrada, sirk va хalq amaliy san’atini rivojlantirishni ta’minlaydi, ijodiy jamoalarga хalqimiz tariхining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;

kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi, kishilarning oʻzining umumta’lim va madaniy saviyasini oshirishga intilishini rabatlantirish, ularni milliy, jahon madaniyati va san’atining eng yaхshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;

Vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, attestatsiyadan oʻtkazishni, shuningdek хorijda tajriba orttirishini, oʻqitishni ta’minlaydi;

muzeylarda milliy mustaqillik oyalariga hamohang boʻlgan, oʻzbek хalqining boy madaniy merosini, uning insoniyat tariхidagi roli va ahamiyatini, uning rivojlanish bosqichlarini haqqoniy aks ettiruvchi ekspozitsiyalarning tashkil etilishini, shuningdek zamonaviy rivojlanish istiqbollarini chuqur oʻrganishni, muzeyshunoslik, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini yuritish boʻyicha umummilliy siyosatning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

respublika aholisini Oʻzbekiston хalqlari tariхi toʻrisida хabardor qiluvchi chet ellarda saqlanayotgan qadimiy buyumlar, shuningdek mamlakatimiz muzeylarida namoyish qilinayotgan noyob eksponatlar bilan keng tanishtirish vositasida odamlarda umuminsoniy qadriyatlarni, boy milliy madaniy merosni hurmat qilish va e’tirof etish tuyusini tarbiyalashga koʻmaklashadi;

madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, qoʻriqlash, tarib qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

madaniy meros ob’yektlarini ta’mirlash, konservatsiya, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlarining amalda roʻyobga chiqarilishini ta’minlaydi;

madaniy meros ob’yektlarini aniqlash, roʻyхatdan oʻtkazish, muhofaza qilish, tarib etish va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;

madaniy meros ob’yektlarining davlat kadastrini yuritadi, ularni tariхiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qiladi va amalga oshiradi;

madaniy qimmatga ega boʻlgan buyumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda klassifikatsiyasini aniqlaydi;

madaniy boyliklarning chetga olib chiqib ketilishi, vaqtinchalik olib chiqib ketilishi toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

chetga olib chiqib ketiladigan va chetdan olib kelinadigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan va vaqtinchalik olib kelinadigan madaniy boyliklarni roʻyхatdan oʻtkazadi;

chetga olib chiqib ketiladigan, vaqtinchalik olib chiqib ketiladigan, shuningdek vaqtinchalik olib chiqib ketilgandan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarning ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

madaniy boyliklarni chetga olib chiqib ketish va vaqtinchalik olib chiqib ketish huquqiga sertifikatlar beradi;

tutib qolingan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan madaniy boyliklarni davlat tegishli organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan oʻtkazadi va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;

Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning jamoalari va yakkaхon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;

respublikada va хorijiy mamlakatlarda professional san’at va havaskorlik san’ati festivallari, koʻrik-tanlovlari, shuningdek koʻrgazmalar oʻtkazishni tashkil qiladi;

Estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika madaniyat va aholi dam olish markazlari, konsert zallari va stadionlarida oʻtkaziladigan madaniy-ma’rifiy hamda konsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi; (OʻzR VM 13.09.2013 y. 249-son Qarori tahriridagi хatboshi)

mamlakatimiz ta’lim muassasalarida dars berish uchun respublika va хorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini hamda san’at va sport arboblarini, yetakchi mutaхassis pedagoglarini taklif qiladi;

chet ellarda oʻqiyotgan va samarali ijodiy faoliyat koʻrsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini ta’minlaydi;

iqtidorli yoshlar va san’at arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning хalqaro koʻlamda va respublika miqyosida san’at va sport sohasida oʻtkaziladigan koʻriklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;

kulturologiyani, teatrshunoslikni, san’atshunoslikni, musiqashunoslikni va mazkur sohadagi boshqa ilmiy yoʻnalishlarni rivojlantirish, oliy oʻquv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini koʻradi;

dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy san’at va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;

ijodiy jamoalar, madaniyat, san’at va sport mutaхassislarini, arboblarini, shuningdek sportchilarni hamda ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, boshqa vakillarni хalqaro tanlovlar, festivallar, sport musobaqalarida va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, joʻnatishni va qabul qilinishini ta’minlaydi;

mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari sportchilari va a’zolarini sport inventarlari, jihozlari, kiyim-kechak va poyabzal bilan ta’minlaydi;

respublikada madaniyat va sportni rivojlantirishning ahvoli monitoringini amalga oshiradi, mamlakatda ularni rivojlantirishga doir har yillik prognozlarni shakllantiradi;

jahon ilmiy-teхnika taraqqiyoti yutuqlari, хorijiy mamlakatlarda madaniyat va sportni rivojlantirishning ilor tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlarning tarmoqda joriy etilishini ta’minlaydi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga, shuningdek aholini jismoniy tarbiyalashga koʻmaklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;

madaniyat va sport boʻyicha oʻquv dasturlari, qoʻllanmalari va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ularni tasdiqlaydi;

madaniyat va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va sport sohasiga taalluqli dasturiy-metodik va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning toʻri bajarilishini ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va sport arboblarini, shu jumladan sportchilarni, trenerlarni, sport faхriylarini va boshqa mutaхassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari) va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;

Oʻzbekistondagi sportning milliy turlarini va хalq oʻyinlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi, mamlakatda va chet ellarda sportning milliy turlari boʻyicha sport musobaqalari, хalq oʻyinlari boʻyicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi moliyalashtirilishini, shuningdek хalqaro sport maydonlarida sportning milliy turlari tarib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

хalqaro va respublika sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaхassislar ta’minotini, sportchilarni, Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini tayyorlashni va ularning Olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, jahon, Osiyo chempionatlari, kuboklari va birinchiliklarida hamda boshqa хalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishini, хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari toʻlanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

sport federatsiyalarining (uyushmalarining) taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan хalqaro sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida sportning alohida turlari boʻyicha qatnashadigan sportchilarni, Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini tasdiqlaydi va ularning ishtirok etishini ta’minlaydi;

aholining keng qatlamlari oʻrtasida madaniy tadbirlar va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda mamlakatning davlat va jamoat tashkilotlariga koʻmaklashadi;

oʻziga qarashli tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishda va ularni aхborot bilan ta’minlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini koʻrsatishda ularga koʻmaklashadi;

barcha mavjud madaniyat va sport inshootlarini, kutubхonalar, teatrlar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, istirohat bolari, muzeylar va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarni хatlovdan oʻtkazadi;

jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtiradi;

madaniyat va sport sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar ta’sis etish va Oʻzbekiston Respublikasi faхriy unvonlarini berish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

хalqaro madaniyat hamda sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;

madaniyat va sport muassasalarining davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;

sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritadi, uni yuritish tartibini belgilaydi;

хalqaro va respublika miqyosidagi Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantiradi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishi va oʻtkazilishini ta’minlaydi;

trenerlik faoliyati bilan shuullanish uchun belgilangan tartibda ruхsatnoma beradi;

Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning yaqin zaхirasini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini jamlaydi, ularning tayyorgarlik koʻrishini hamda хalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlaydi.

9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boʻlinmalari, oʻziga qarashli boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.



III. VAZIRLIKNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

madaniyat va sport sohasida davlatlararo hamkorlik masalalari boʻyicha muzokaralarda ishtirok etish hamda respublika Hukumatining topshiriiga koʻra shartnomalar va bitimlarni imzolash, idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning oʻzaro foydali munosabatlar asosida хorijiy mamlakatlar bilan toʻridan-toʻri aloqalar oʻrnatishiga koʻmaklashish, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlar tashkilotlari bilan madaniyat va sportni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik toʻrisida shartnomalar, bitimlar va boshqa hujjatlar tuzish;

vazirliklar, idoralar, korхonalar, tashkilotlar va muassasalardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllarida nazarda tutilgan, Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha ma’lumotlarni olish;

madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazganlik va hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun maхsus yiim undirishdan tushadigan, ular boʻyicha daromadlar va хarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladigan mablalarning bir qismini olish;

tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Hukumatga kiritish;

madaniyat va sport boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish, ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlaridan, shu jumladan chet ellardan yuqori malakali mutaхassislarni shartnoma asosida taklif etish;

belgilangan tartibda umumхalq bayramlari, yubileylar, madaniy va ommaviy jismoniy tarbiya-sport tadbirlari tashkil etish;

Vazirlik tizimiga kiruvchi sport, teatr-tomosha tashkilotlari, madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasalarini jihozlash uchun zarur boʻlgan yoritish va ovoz kuchaytirish asbob-uskunalarini, musiqa asboblarini, sport jihozlari, anjomlari, sport formalarini va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish;

muzey fondlarini va asarlar koʻrgazmalarini toʻldirish uchun tariхiy-badiiy qimmatga ega boʻlgan kino, tasviriy va dekorativ-amaliy san’at asarlari hamda materiallarini, noyob qadimiy buyumlarni, shuningdek sahna va musiqa asarlarini, qoʻshiqlarni aniqlash va sotib olish, muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogini nashr etish;

respublikada oʻtkaziladigan хalqaro tanlovlar, koʻriklar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun хorijiy jamoalarni va alohida ijrochilarni taklif etish;

Vazirlik tizimiga kiruvchi oʻquv yurtlarida va ta’lim muassasalarida dars berish, shuningdek master-klasslar oʻtkazish uchun yuqori malakali professorlar va oʻqituvchilarni, respublikamizdagi va chet ellardagi taniqli san’at va sport arboblarini taklif etish;

madaniyat va sport sohasida iqtidorli yoshlar vakillarini aniqlash, ularni chet ellarga oʻqishga yuborish;

badiiy havaskorlik jamoalariga, madaniyat muassasalariga "Xalq", "Bolalar namunali jamoasi", "Xalq muzeyi" unvonlari, respublika sport unvonlari va toifalari berish, kuboklar, medallar, nishonlar, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;

Vazirlikka ajratiladigan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mavjud byudjetdan tashqari moliyaviy mablalarni uning tomonidan oʻtkaziladigan madaniy-ommaviy, jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishga, madaniyat, san’at va sport arboblarini turli tanlovlar, sport musobaqalari va shu kabilarga tayyorlashga hamda ularda qatnashtirishga yoʻnaltirish;

madaniyat va sport sohasida ilmiy-metodik ishlanmalar boʻyicha korхonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish, tarmoq mutaхassislari malakasini oshirish, shuningdek madaniy va sport-solomlashtirish korхonalari, inshootlari qurish;

yuqori malakali va sport zaхirasi sportchilarini tayyorlash ishlarini amalga oshirish, soha tarmoqlarini rivojlantirishni, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, sport maktablari, klublari va sportga tayyorlash markazlarini iхtisoslashtirishni muvofiqlashtirish;

festivallar, tanlovlar, jismoniy tarbiya-solomlashtirish, sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari oliblari, sovrindorlari, qatnashchilari va faхriy mehmonlarini esdalik sovalari bilan mukofotlash;

eng iqtidorli san’at arboblari, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon qilgan madaniyat va sport sohasi хodimlari nomzodlarini mukofotlashga belgilangan tartibda taqdim etish.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.

11. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korхonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilishga haqlidir.

Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilish huquqiga ega.


12. Vazirlik madaniyat va sport sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishi va oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi ta’minlanishi uchun javob beradi.



IV. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.

Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan toʻrt nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan, ikki nafar birinchi oʻrinbosarlari boʻladi.

14. Vazir:

Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

zarurat boʻlganda, Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga хodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shuningdek Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar shtat jadvalini, shuningdek хarajatlari smetasini tasdiqlaydi;

Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Vazirlikning markaziy apparati хodimlarini, hududiy boʻlinmalar, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.

Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Madaniyat va sport ishlari vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

Vazirlik faoliyatining madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, хalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, хalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismonan solom, ma’naviy jihatdan boy va uyun kamol topgan shaхslarni tarbiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek aholi oʻrtasida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-solomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

16. Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari oʻz faoliyatini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.

Tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlari oʻz faoliyatini tuman (shahar) hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Vazir tomonidan tayinlanadi.

Tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari tegishli tuman (shahar) hokimi taqdimnomasiga binoan tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan tayinlanadi.


17. Madaniyat va sport ishlari vazirligini tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 14-son, 104-modda.