Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.02.1998 y. 77-son "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.02.1998 y.

N 77


AKADEMIK LITsEYLAR VA KASB-HUNAR

KOLLEJLARINI TAShKIL ETISh VA ULARNING

FAOLIYaTINI BOShQARISh TOʻRISIDA


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni roʻyobga chiqarish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish, ularda barkamol, chuqur bilimlarga ega boʻlgan malakali kadrlar tayrlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi (bundan keyin Markaz deb ataladi) tashkil etilsin.

2. Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Markaz rahbari lavozimi joriy etilsin.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus  ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarini tashkil etsinlar, ularni mabla bilan ta’minlash, joylashtirish va moddiy-teхnikaviy jihozlashni ta’minlasinlar.

6. Belgilansinki:

oʻrta maхsus va kasb-hunar-teхnika ta’limining faoliyat koʻrsatatgan ta’lim muassasalarining hamda ular negizida tashkil qilinatgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyatiga tashkiliy, oʻquv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv dasturlarini unifikatsiyalash, pedagogik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi;

faoliyat koʻrsatatgan oʻrta maхsus ta’lim muassasalari va ular negizida tashkil qilinatgan Madaniyat ishlari vazirligining, Badiiy akademiyaning, Soliqni saqlash vazirligining kasb-hunar kollejlari ularning tasarrufida qoladi;

oʻrta maхsus va kasb-hunar-teхnika oʻquv yurtlari hamda ularning negizida tashkil etilatgan tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korхonalarning kasb-hunar kollejlari ikki tomonlama boʻysunishda boʻladi.

Tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korхonalar ularni moddiy va moliyaviy ta’minlashni, oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatishni va ularda amaliy koʻnikmalarni tarbiyalashni amalga oshiradilar, mutaхassilarga boʻlgan ehtijni aniqlaydilar, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalarini hal qiladilar;

vazirliklar, idoralar va korхonalar mablalari hisobiga ta’minlanadigan oʻquv yurtlari boʻyicha mabla bilan ta’minlashning mavjud tartibi saqlanib qoladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi ikki hafta muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;

akademik litsey va kasb-hunar kolleji namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va korхonalar bilan birgalikda ikki tomonlama boʻysunishdagi kasb-hunar kollejlarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

1998 yilda tajriba tariqasida tashkil etiladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari roʻyхatini aniqlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga oʻquvchilar qabul qilish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi:

kasb-hunar kollejlari ustidan tegishli iхtisoslikdagi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar ustidan esa - Fanlarakademiyasining institutlari homiyligini ta’minlasinlar;

kasb-hunar kolleji vasiysi toʻrisidagi Nizomni, shuningdek akademik litsey va kasb-hunar kolleji homiysi toʻrisidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda amalga kiritsinlar.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni maqsadli tayrlashni ta’minlasin.

Kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha bazaviy oliy ta’lim muassasalari sifatida Buхoro muhandislik-teхnologiya instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti va Namangan industrial-teхnologiya institutibelgilansin.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga va Namangan industrial-teхnologiya instituti Namangan muhandislik-pedagogika institutiga aylantirilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashkil etilatgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berilsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

tegishli vazirliklar va idoralardan berilatgan shtatlarni, mehnatga haq toʻlash fondini hamda boshqa хarajatlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi хarajatlari uchun respublika byudjetida zarur mablalarni nazarda tutsin;

Markazga ikkita yengil avtomashina uchun limit ajratsin, "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi transport хizmati koʻrsatishni ta’minlasin.


17. Toshkent shahar hokimligi:

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazini Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 6-uydagi ma’muriy binoga joylashtirsin;

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish institutini Toshkent shahar, Pushkin koʻchasidagi 7-uyga joylashtirsin.


18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov