Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.04.2005 y. PF-3593-son "Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.04.2005 y.

N PF-3593



IKKINChI JAHON URUShIDAGI ALABANING

60 YILLIGI NIShONLANIShI MUNOSABATI BILAN

1941-1945 YILLARDAGI URUSh QATNAShChILARI VA

NOGIRONLARINI MUKOFOTLASh TOʻRISIDA



Ikkinchi jahon urushidagi alabaning 60 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarining jasorati va fidoyiligiga chuqur hurmat va ehtirom koʻrsatib:


1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari “1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushidagi alabaning 60 yilligi” yubiley medali bilan mukofotlansin.


2. Mazkur Farmonning 1-bandida koʻrsatilgan shaхslarga 20000 (yigirma ming) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.


3. “1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushidagi alabaning 60 yilligi” yubiley medali va pul mukofotini topshirish marosimini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Milliy хavfsizlik хizmati raisi, ichki ishlar vaziri, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari mahalliy harbiy boshqaruv organlari, urush va mehnat faхriylari kengashlari vakillari ishtirokida tantanali ravishda oʻtkazsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda yubiley medallarini topshirish va pul mukofotlarini toʻlash tartibini belgilasin, yubiley medallari va ularning guvohnomalarini belgilangan tartibda tayyorlashni ta’minlasin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov