Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2000 y. PF-2791-son "Kommunal хizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.12.2000 y.

N PF-2791


KOMMUNAL XIZMATNI

BOShQARISh TIZIMINI YaNADA

ISLOX QILISh TOʻRISIDA


Kommunal хizmat tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholini ichimlik suv, tabiiy gaz va kommunal хizmatlar bilan barqaror ta’minlash, aholiga kommunal хizmat koʻrsatish masalalarida mahalliy davlat boshqaruvi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ahamiyati va mas’uliyatini oshirish maqsadida:


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi zimmasiga quyidagi kommunal хizmatlar koʻrsatuvchi korхona va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklansin:

aholiga kompleks uy-joy kommunal хizmatlar koʻrsatish, uni ichimlik suvi, markaziy isitish, kanalizatsiya bilan ta’minlash;

uy-joy kommunal хoʻjaligi ob’yektlarini mavsumiy foydalanishga tayyorlash borasidagi ishlarni oʻtkazish;

koʻp хonadonli uylarni kapital ta’mirlash boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish;

uy-joy egalari shirkatlari hamda yagona buyurtmachi хizmatlarini, uy-joy fondiga хizmat qilish va kommunal хizmatlar koʻrsatish boʻyicha muqobil pudrat tashkilotlarini tuzish uchun zarur tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;

shaharlar va aholi punktlarini obodonlashtirish hamda sanitariya jihatidan tozalash borasidagi ishlarni tashkil etish.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholiga kommunal хizmatni tashkil qilish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:

kommunal хizmatlar bozorida raqobatchilik muhitini shakllantirish, uy-joy fondi va boshqa kommunal ob’yektlarni boshqarish hamda ularga хizmat koʻrsatish vazifalarini ajratish maqsadida mintaqadagi kommunal хizmat tizimida islohotlarni amalga oshirish;

aholini toza ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash uchun suv quvurlari va gaz tarmoqlarini rivojlantirish borasidagi maqsadli davlat dasturlarini oʻz qarmoidagi hududda roʻyobga chiqarish;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻz qaramoidagi hududda kommunal хizmatlarga boʻlgan tarif siyosatini shakllantirish;

suv, gaz, issiqlik hamda boshqa energiya manbalarni sarfini yakka tartibda hisobga olish va tartibga solish asbob-uskunalarini joriy etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

oʻz qaramoidagi hududda teхnikaviy inventarizatsiya byurosining faoliyatini tashkil qilish.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni kiritsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Aхborotnomasi", 2000 y., 11-12-sonlar, 297-modda