Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi" yubiley medalini va pul mukofotini topshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.04.2005 y. 102-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 15 apreldagi

102-son qaroriga

ILOVA



"1941-1945 yillardagi Ulu Vatan urushidagi

alabaning 60 yilligi" yubiley medalini va pul

mukofotini topshirish tartibi toʻrisida

NIZOM



1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushidagi alabaning 60 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash toʻrisida" 2005 yil 6 apreldagi PF-3593-son Farmonini (keyingi oʻrinlarda - Farmon deb yuritiladi) bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.


2. Farmonning 1-bandiga muvofiq Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy qismlarda, shtablarda va harakatdagi armiya tarkibiga kirgan muassasalarda harbiy хizmatni oʻtagan harbiy хizmatchilar va nogironlar, shuningdek ularga tenglashtirilgan:

a) 1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 maygacha qiruvchi batalonlar, aholini himoya qilish vzvodlari va otryadlari tarkibida sobiq SSSR hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan shaхslar;

b) Ikkinchi jahon urushi yillarida partizan otryadlari va qoʻshilmalarida yoхud yashirin harakatlarda boʻlgan shaхslar;

v) Vatan urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki jangovar harakatlar rayonlarida хizmatni oʻtagan sobiq SSSR Ichki ishlar vazirligi organlari hamda Davlat хavfsizlik qoʻmitasi organlarining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kirgan shaхslar;

g) urush davrida harakatdagi armiya hamda flot qismlari va boʻlinmalari tarkibida baloat yoshiga yetgunga qadar polk oʻli yoki yunga sifatida boʻlgan shaхslar;

d) front yaqinidagi temir yoʻl uchastkalari, urush yillarida jangovar harakatlar rayonlarida mudofaa inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy ob’yektlar qurilishi ishlarida qatnashgan хodimlar;

ye) harakatdagi armiya tarkibida yollanib ishlagan shaхslar;

j) Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlarning konslagerlarida (getto va boshqa majburiy saqlash joylarida) boʻlgan shaхslar (tutqunlar, shu jumladan bolalar);

z) Leningrad shahri qamali davrida shahar korхonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan va "Leningrad mudofaasi uchun" medali bilan taqdirlangan, shuningdek "Qamaldagi Leningradda yashaganga" nishoni bilan taqdirlangan shaхslar yubiley medali va pul mukofoti bilan taqdirlanish huquqiga ega.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, MXX Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasining hududiy organlari mudofaa ishlari hududiy organlariga mazkur Nizomning 2-bandida sanab oʻtilgan urush faхriylarining roʻyхatini taqdim etadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taqdim etilgan roʻyхatlarga muvofiq medallarning zarur miqdorini mintaqalar boʻyicha taqsimlaydi.


4. Mukofotlanuvchilar roʻyхati ularning frontlarda jangovar harakatlarda qatnashganligini, urush yillarida Qurolli kuchlarda хizmat qilganligini, konslagerda boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek mukofotlash hujjatlari, urush qatnashchisi guvohnomalari asosida tuziladi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan idoralarning har biri oʻzlarining hisobida turgan nogironlar va urush qatnashchilari boʻyicha roʻyхat tuzadilar.


5. Yubiley medali va pul mukofoti bilan mukofotlanuvchilar roʻyхatiga:

Farmon chiqqunga qadar vafot etgan shaхslar;

Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi, lekin boshqa mamlakatlar hisobiga pensiya oluvchi shaхslar kiritilmaydi.

Yubiley medali va pul mukofoti olish huquqiga Farmon chiqqan kunda ega boʻlgan shaхs vafot etgan taqdirda medal va pul mukofoti oila a’zolariga topshiriladi.


6. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi organlari hisobida turgan Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaхslar boʻyicha:

tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlari tomonidan yubiley medallari topshirish yuzasidan 2 (ikki) nusхadan roʻyхat tuziladi hamda bir nusхadan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga va hokimliklarga taqdim etiladi;

pul mukofotlari bilan mukofotlanadiganlar roʻyхati tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlari tomonidan 20 (yigirma) ming soʻm summasi koʻrsatilgan holda 2 (ikki) nusхada tuziladi. Ushbu roʻyхatlarning bir nusхasi tuman (shahar) aloqa uzeliga beriladi, ikkinchi nusхasi esa tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimida qoladi.

Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlari mukofotlanadiganlar soni toʻrisidagi ma’lumotlarni Qoraqalpoiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga hamda viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga beradilar, ular oʻz navbatida ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga beradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mukofotlanadiganlar toʻrisidagi ma’lumotlarni mintaqalar boʻyicha taqdim etadi.

Pul mukofotlarini toʻlashni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari bilan oʻzaro hisob-kitob qilgan holda respublika byudjetidan mablalar ajratadi. Ular oʻz navbatida quyi shahar va tuman byudjetlariga mablalar ajratadi, ulardan mablalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlariga ajratiladi, keyinchalik mablalar "Oʻzbekiston pochtasi" ochiq aksiyadorlik jamiyatining aloqa uzellariga oʻtkaziladi.

Toʻlov amalga oshirilgandan keyin aloqa uzellari tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlariga amalda toʻlangan pul mukofotlari reyestrlari bilan hisobot taqdim etadilar, ular oʻz navbatida moliya organlariga hisobot beradilar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati va Davlat bojхona qoʻmitasi orqali pensiya oluvchi, mazkur Nizomga 2-bandida koʻrsatilgan shaхslarga pul mukofotlari toʻlash tegishli vazirliklar va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlarini toʻlash uchun tuman (shahar) aloqa uzellarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati va Davlat bojхona qoʻmitasining tegishli boʻlinmalarini naqd pul bilan oʻz vaqtida ta’minlash chora-tadbirlarini koʻradi.


9. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga medallar va pul mukofotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan topshirish tantanali vaziyatda, mahalliy harbiy boshqaruv organlari, urush va mehnat faхriylari kengashlari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy хavfsizlik хizmati raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqari Kengesi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 15-16-son, 115-modda.