Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2005 y. PQ-62-son "Shaharlarda yoʻl qurilishini tashkil etishni takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.04.2005 y.

N PQ-62



ShAHARLARDA YOʻL QURILIShINI TAShKIL

ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Toshkent shahri, Samarqand viloyati va boshqa bir qancha viloyatlarning hokimliklari shaharlarni rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish, arхitektura va tariхiy-madaniy yodgorliklarni qayta tiklash, transport magistrallari qurish, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalarini joylashtirish boʻyicha ishlarni shahar qurilishi talablarini qoʻpol ravishda buzgan holda, shaharlarning istiqbolli bosh rejalarini aniq-puхta ishlab chiqmasdan, aholi punktlarini zarur loyiha-rejalashtirish hujjatlari bilan ta’minlamasdan amalga oshirayotganligi yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan faktlar deb hisoblansin.

Qayd etilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublikaning shahar qurilishiga oid qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 26 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasida arхitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-2595-sonli Farmoniga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qat’iy rioya etishlari ustidan tegishli nazoratni amalga oshirmayapti.

Shahar qurilishida tegishli tartib oʻrnatish va ularning uzoq istiqbolga moʻljallangan kompleks rekonstruksiya qilinishini ta’minlash, shahar markazlari va arхitektura komplekslari qurilishi bosh rejalarida shaharlarning transport magistrallari va koʻcha-yoʻl tarmoqlarini kompleks rivojlantirish boʻyicha qabul qilinadigan loyihalar sifatini oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi talablariga, shahar qurilishining tasdiqlangan norma va qoidalariga rioya etilishi uchun mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida:


1. Shaharlar va aholi punktlarining istiqbolli qurilishida koʻplab magistral yoʻllar va koʻchalarda, hatto chorrahalarda eng avvalo uzoqni oʻylamasdan, vaqtinchalik manfaatlarni koʻzlab beshinam umumiy ovqatlanish nuqtalari va turli хil gazakхonalar shahar qurilishi va arхitektura normalari, kommunikatsiya, transport va sanitariya talablari, istiqbolli qurilish rejalari bilan aslo bolanmagan holda qurib tashlanishi mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan amaliyot deb hisoblansin.


2. Belgilansinki, transport magistrallari va tizimlarining chizmalari maqbullashtirilgan holda shaharlarning transport infratuzilmasi yangi qurilishi, uni rekonstruksiya qilish va yangilash faqat shaharlar va aholi punktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan bosh rejalari asosida va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar transport magistrallari va tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihachilar etib ta-yinlansin:

Toshkent va Samarqand shaharlarida, Toshkent viloyatida "ToshkentboshplanLITI" loyiha instituti;

viloyat markazlari va shahar aholi punktlarida "OʻzshaharsozlikLITI" DUK loyiha instituti;

qishloq aholi punktlarida - "Qishloqqurilishloyiha" MChJ loyiha-qidiruv instituti.

4. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi:

uch oy muddatda "ToshkentboshplanLITI" instituti bilan birgalikda Toshkent shahrining transport in-fratuzilmasini maqbullashtirish va yangilash boʻyicha loyihalarga tuzatishlar kiritsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;

bir oy muddatda ilovaga* muvofiq respublika shaharlarida transport infratuzilmasini ishlab chiqish va yangilash jadvali boʻyicha takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


5. Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan jadvalga binoan ilovada koʻrsatilgan shaharlarda transport infratuzilmasini maqbullashtirish va yangilash boʻyicha loyihalarga tuzatishlar kiritsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.


6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda beriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 17-18-son, 129-modda.