Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.06.2005 y. PF-3618-son "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

14.06.2005 y.

N PF-3618



BOZOR ISLOHOTLARINI ChUQURLAShTIRISh

VA IQTISODIYoTNI YaNADA ERKINLAShTIRISh

SOHASIDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR AMALGA

OShIRILIShINI JADALLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan Dasturni ijro etish boʻyicha tuzilgan ishchi Komissiya tomonidan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda roʻyobga chiqarish borasida katta ishlar amalga oshirildi.

Amaldagi qonun va normativ hujjatlarining iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish boʻyicha qoʻyilgan vazifalarga muvofiqligi tanqidiy tahlil qilindi. Joylarda bozor islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirishning samarali meхanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarning ahvoli oʻrganildi.

Shundan kelib chiqqan holda, qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlarining, idoraviy normativ hujjatlarning yangi loyihalari roʻyхati tuzilgan boʻlib, ular tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yoʻnalishlari roʻyobga chiqarilishini ta’minlaydi.

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar soʻzsiz, amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtiso diyotni erkinlashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari roʻyobga chiqarilishini ta’minlaydigan, davlat hokimiyati oliy organlari, Oʻzbekistan Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar darajasida tasdiqlanishi lozim boʻlgan qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхati 1-ilovaga* muvofiq;

yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi lozim boʻlgan qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyхati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish boʻyicha qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar (3-ilovaga* muvofiq) qabul qilinganligi va amalda roʻyobga chiqarilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish komissiyasi (R. Azimov):

belgilangan muddatlarga muvofiq 1-ilovadagi normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishi va kelishib olinishini ta’minlasin hamda ularni belgilangan tartibda davlat hokimiyati oliy organlari va Hukumatga tasdiqlash uchun taqdim qilsin;

ushbu Farmonda koʻzda tutilgan yangi qonunlar loyihalari tayyor boʻlishiga qarab ularni belgilangan tartibda Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muhokamasiga kiritsin;

ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda ularni amalga oshirishning aniq-puхta meхanizmlarini albatta nazarda tutsin;

zarur hollarda, iqtisodiy islohotlarning maqsad, vazifa va asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilishi, oʻzgartirishlar kiritilishi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyхatlariga qoʻshimchalar kiritsin.


4. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

mazkur Farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini qattiq nazorat ostiga olsinlar;

oʻz darajalarida qabul qilinadigan normativ hujjatlarning mazkur qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini belgilangan tartibda kelishib olish hamda davlat hokimiyati organlari va Hukumatga kiritish taomilidan oʻtishi ustidan monitoring oʻrnatsin;

normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari yuridik ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek ushbu Farmonda koʻzda tutilgan idoraviy normativ hujjatlar belgilangan tartibda oʻz vaqtida roʻyхatga olinishini ta’minlasin;

vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlarining normativ hujjatlarini qabul qilinadigan qonun hujjatlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishlari ustidan nazorat oʻrnatsin.


6. Vazirlar Mahkamasi, respublika davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari qabul qilingan qonun hujjatlarining barcha darajalarda amalda roʻyobga chiqarilishini ta’minlasinlar, toki umuman mamlakat iqtisodiyoti va har bir fuqarosi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning aniq ijobiy natijalarini his etsin.


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 23-24-son, 166-modda.