Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.06.2005 y. PF-3620-son "Mikrofirmalar va kichik korхonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.06.2005 y.

N PF-3620



MIKROFIRMALAR VA KIChIK

KORXONALARNI RIVOJLANTIRIShNI

RABATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Kichik biznes sub’yektlarini jadal rivojlantirishni yanada rabatlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati va ulushini tubdan oshirish maqsadida:


1. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar toʻlash oʻrniga yagona soliq toʻlovi joriy etilsin.

Belgilansinki, yagona soliq toʻlovi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korхonalarga tadbiq etilmaydi.

Yagona soliq toʻlovi hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha har chorakda hamda yil yakunlari boʻyicha yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda toʻlanishi belgilab qoʻyilsin.

2. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, aksiz solii olinadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun yagona soliq toʻlovini hisoblash choida soliqqa tortiladigan baza aksiz solii summasiga kamaytiriladigan tartib oʻrnatilsin.


3. Yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korхonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida toʻlash huquqi berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005 yilning 1 iyuligacha:

yagona soliq toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamarmalari oʻrtasida taqsimlash normativlarini tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki bilan birgalikda yagona soliq toʻlovini hisoblash, toʻlash hamda uni davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamarmalari oʻrtasida taqsimlash toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

5. Quyidagilar belgilansin:

ilgari mikrofirmalar va kichik korхonalarga yagona soliq toʻlash boʻyicha qonun hujjatlarida berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq toʻlovini toʻlash choida amal qiladi;

yagona soliq toʻlovini toʻlaydigan mikrofirma va kichik korхonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun byudjetga ijara haqi toʻlashdan ozod qilinadi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda uch oy muddatda "Soliq maslahatchilari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, loyihada tadbirkorlik sub’yektlarini soliq qonunchiligi sohasida maslahat va huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni ta’minlashning amaliy meхanizmi koʻzda tutilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I.Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 25-26-son, 177-modda