Moliya vazirining 25.03.2005 y. 35-son "Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) "Nomoddiy aktivlar"ni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 27.06.2005 y. 1485-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
27.06.2005 y.
N 1485
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MOLIYa VAZIRINING
25.03.2005 y.
N 35
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining
milliy standarti (7-sonli BHMS) "Nomoddiy
aktivlar"ni tasdiqlash toʻgʻrisida
(2005 yil 7 iyuldan kuchga kiradi)
"Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) "Nomoddiy aktivlar" (yangi tahriri) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 12 oktyabrda 49-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) "Nomoddiy aktivlar" (1998 yil 20 oktyabr, roʻyхat raqami 506 - Me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 1999 y., 6-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001 yil 19 iyundagi 54-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) "Nomoddiy aktivlar"ga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi" (2001 yil 29 iyun, roʻyхat raqami 506-1 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2001 y., 12-son).
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. Rahimov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 25-26-son, 188-modda.