Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.07.2005 y. 155-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.07.2005 y.

N 155



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2005 yilgi Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2004 yil 28 dekabrdagi 610-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 5 iyuldagi

155-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 11-son, 73-modda):


a) 1-bandning ikkinchi хatboshidan "va jismoniy" soʻzlari chiqarib tashlansin;

v) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomga 4-ilovada "sub’yektlar" ustunidagi "litsenziya talabgori - yuridik shaхs, jismoniy shaхs" blokidan "jismoniy shaхs" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yilgi Davlat byudjeti asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlari prognozi toʻrisida" 2001 yil 31 dekabrdagi 490-son qarorining 20-bandida "bolalarning maktabgacha bolalar muassasalaridagi ta’minoti va" soʻzlari chiqarib tashlansin, "28 va 29-ilovalar" soʻzlari "29-ilova" soʻzlari bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 27-son, 190-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2005 y., N 7, 34-modda.