Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 99-son, Moliya vazirligining 44-son "Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort sihatgoh yoʻllanmalari bilan bepul ta’minlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 24.05.2005 y. Qarori (AV tomonidan 06.07.2005 y. 1489-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.07.2005 y.

N 1489

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

24.05.2005 y.

N 99

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

24.05.2005 y.

N 44

QARORI



Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort

sihatgoh yoʻllanmalari bilan bepul ta’minlash

tartibi toʻrisida yoʻriqnomani

tasdiqlash haqida


(2005 yil 16 iyuldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻrisida"gi Qonunini, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga a’zo davlatlarning 1994 yil 15 apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, nogironlari, boshqa davlatlar hududida olib borilgan jangovar harakat qatnashchilari, halok boʻlgan harbiy хizmatchi oilalari imtiyozlarni hamda kafolatlarni oʻzaro tan olish" Bitimining ijrosini ta’minlash maqsadida QAROR QILAMIZ:


1. Ilovada* keltirilgan Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul ta’minlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligining 1999 yil 12 yanvardagi "Sanatoriya-kurort va dam olish uylariga beriladigan yoʻllanmalarni rejalashtirish, taqsimlash, saqlash va hisobini olib borish haqida"gi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻrisida"gi 4-son buyrui bekor qilinsin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri                                      O. Obidov



Moliya vaziri                                                      S. Rahimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 27-son, 196-modda.