Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2005 y. 180-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.08.2005 y.

N 180


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING "TOʻRIDAN-TOʻRI XUSUSIY

XORIJIY INVESTITsIYaLARNI JALB ETIShNI

RABATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"GI FARMONINI

AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻridan-toʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etishni rabatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-son Farmonini bajarish yuzasidan va chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar berilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

"Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan kafolatlarni qoʻllash haqida хabar berish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan chet ellik investor oʻrtasida investitsiya shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish kiritish, tugatish va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki, chet ellik investorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qonun hujjatlarida belgilanganga qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan chet ellik investor oʻrtasida majburiy tartibda investitsiya shartnomasi tuziladi va shartnoma keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 30-31-son, 232-modda.