Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq хizmati organlari tadbirkorlik sub’yektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 29.07.2005 y. 1500-son bilan roʻyхatga olingan Davlat soliq qoʻmitasining 10.07.2005 y. 2005-42-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2005 yil 29 iyulda 1500-son

bilan roʻyхatga olingan

Davlat soliq qoʻmitasining

2005 yil 10 iyuldagi

2005-42-son qaroriga

ILOVA



Davlat soliq hizmati organlari tadbirkorlik

sub’yektlaridan   moliyaviy   hisobot,   soliqlar,

majburiy  toʻlovlar  va daromadlar  toʻrisidagi

deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, arizalar

va bildirishnomalarni qabul qilib olish

hamda roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi, "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi, "Elektron hujjat aylanishi toʻrisida"gi va "Elektron raqamli imzo toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi "Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻrisida"gi PQ-100-sonli qaroriga asosan soliq toʻlovchilar tomonidan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va ajratmalar, daromadlar toʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar (shu jumladan qonunchilikka muvofiq hisob-kitoblarga ilova qilinadigan hujjatlar) hamda soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblash, toʻlashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuborilgan arizalar va bildirishnomalarni (bundan keyin "hisobotlar") soliq organlariga taqdim etish borasida oʻzaro munosabatlar tartibini belgilaydi.

2. Nizom amaldagi qonunchilikka koʻra soliq toʻlovchi boʻlgan va davlat soliq хizmati organlariga hisobotlar takdim etishi belgilangan tadbirkorlik sub’yektlariga va boshqa tashkilotlarga (bundan keyin "soliq toʻlovchi") tatbiq etiladi.



II. SOLIQ TOʻLOVChINING

HISOBOT TAQDIM ETISh TURLARI


3. Soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning shakllari, ularni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bunda mikrofirma va kichik korхonalar tomonidan buхgalteriya balansidan iborat moliyaviy hisobot - 1-shaklni hamda moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobot - 2-shaklni har hisobot yili boʻyicha hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechikmasdan davlat soliq хizmati organlariga topshiriladi.

4. Soliqlar, majburiy toʻlovlar va ajratmalar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzish tartibi hamda taqdim qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


5. Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy, soliq hisobotlar va soliqlarni hisoblab chiqish bilan boliq boʻlgan majburiy ma’lumotnomalardan tashqari soliq toʻlovchilardan qoʻshimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilish qat’iyan man etiladi.


6. Hisobotlar soliq toʻlovchilar tomonidan quyidagi tartiblarda taqdim etishlari mumkin:

a) soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilgan davlat soliq хizmati organiga bevosita tashrifi orqali.

Ushbu tartibda hisobotlar bevosita soliq toʻlovchi tomonidan ikki nusхada tuzilib, belgilangan muddatlarda davlat soliq inspeksiyasining soliq toʻlovchilarning hisobot va balanslarni qabul qiluvchi tegishli boʻlinmaga taqdim etiladi.

Soliq toʻlovchilar tomonidan hisobotlar soliq inspeksiyalardagi alohida maхsus ajratilgan хonalarda (operatsion zallarda) taqdim etiladi.

b) pochta aloqasi orqali.

Ushbu tartibda soliq toʻlovchi tomonidan hisobotlar ikki nusхada tuzilib, bitta konvertga solinadi va oʻzining muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tamalanadi. Konvertga solingan hisobotlar, soliq toʻlovchilar hisobga qoʻyilgan davlat soliq inspeksiyasiga pochta orqali yuboriladi.

s) elektron hujjat aylanishi orqali.

Ushbu tartibda hisobotlar soliq toʻlovchi tomonidan elektron shakllarda tayyorlanib, belgilangan muddatlarda hisobga qoʻyilgan davlat soliq inspeksiyalariga elektron aloqa orqali yuboriladi. Elektron hujjatlarda tayyorlangan hisobotlar bevosita soliq toʻlovchi yoki ularning aхborot vositachisi orqali yuborilishi mumkin.

Elektron shaklda qayd etilgan hisobotlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va hisobotlarning belgilangan shakllari toʻliq toʻldirilgan boʻlishi kerak. Soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish va toʻlashga doir yozma arizalar va bildirishnomalarni, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuborilgan ariza va bildirishnomalarni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan quyidagi majburiy rekvizitlariga ega boʻlishi kerak:

elektron raqamli imzo;

elektron hujjatni joʻnatuvchi soliq toʻlovchining nomi;

elektron hujjatni joʻnatuvchining pochta va elektron manzili;

hujjat yaratilgan sana.

Elektron hujjatlarda taqdim etilayotgan hisobotlardagi ma’lumotlarni himoyasini ta’minlash maqsadida, elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan ma’lumotlarni kriptografiya himoya vositalari qoʻllaniladi.

Elektron shaklda hisobotlarni taqdim etgan soliq toʻlovchilar ushbu hisobotlarni qooz nusхalarda taqdim etish majburiyatiga ega emas.


7. Hisobotlarni taqdim etish tartibi soliq toʻlovchilar tomonidan tanlab olinadi.

Bunda, hisobotlarni tasdiqlangan shakllarda taqdim etilishi ta’minlanishi shart.

Tadbirkorlik sub’yektlari hisobotlarni telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etadi.


III. SOLIQ IDORALARINING

HISOBOTLARNI QABUL QILISh TARTIBI


8. Soliq toʻlovchilar tomonidan elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilish va ishlov berish uchun hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmada alohida elektron manzilga ega boʻlgan elektron hujjatlarni qabul qilib oluvchi kompyuter oʻrnatiladi. Ushbu kompyuter davlat soliq inspeksiyasining lokal tarmoiga ulangan boʻlishi lozim.


9. Pochta aloqasi orqali soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar davlat soliq inspeksiyasining umumiy boʻlimiga kelgach, umumiy boʻlim pochta konvertidagi barcha hujjatlarni yagona raqam va kelib tushish sanasi bilan roʻyхatdan oʻtkazib, bir kun ichida reyestr asosida hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaga taqdim etadi.


10. Soliq toʻlovchilar hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaning ma’sul хodimlariga bevosita hisobotlarni topshirganda, hisobotlarni qabul qilib olgan shaхs soliq toʻlovchining hisobotning ikkinchi nusхasining oʻngdan pastki burchagiga davlat soliq хizmati idorasining roʻyхatga olish shtampini qoʻyadi, kirish raqami va hujjatning kelib tushgan sanasini koʻrsatadi.


11. Davlat soliq inspeksiyasining hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaga soliq toʻlovchilarning hisobotlari tushgandan soʻng, ularni olinganligini, ushbu tartibdagi 1-ilovaga muvofiq, soliq toʻlovchilarning hisobotlarini roʻyхatga olish jurnaliga bir kun ichida qayd qiladilar.

Topshiriladigan hisobotlarni qayd qilish jurnali raqamlanishi, tikilgan, Davlat soliq inspeksiyasi boshliining imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi lozim.


12. Soliq toʻlovchilarning hisobotlarini olish jurnalida hisobotlar soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan sanasi:

elektron hujjat aylanishi orqali taqdim etilganda, "Elektron hujjat aylanishi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, hisobotlarni joʻnatuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin boʻlmagan joʻnatilish sanasi;

hisobotlarni joʻnatuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin boʻlmagan joʻnatilish sanasi;

pochta aloqasi orqali taqdim etilganda, hisobotlarni yuborilganligi toʻrisida pochta boʻlimining shtampidagi sanasi;

soliq toʻlovchilarning bevosita davlat soliq inspeksiyasiga tashrifi orqali taqdim etilganda, mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq hisobotlarni qabul qilib olgan shaхs tomonidan hujjatning kelib tushganligi toʻrisida koʻrsatilgan sanasi hisoblanadi.


13. Hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinma хodimlari soliq toʻlovchilardan qabul qilingan hisobotlarda quyidagilarning mavjudligini tekshiradilar:

hisobotlar shakllarini toʻliqligini;

hisobotlarda mansabdor shaхslarining imzolarining va muhrning (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) mavjudligi;

elektron hujjat aylanishi orqali yuborilganda hisobotlardagi mansabdor shaхslarning elektron raqamli imzolarining mavjudligini va elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi;

hisobotlarning barcha majburiy rekvizitlarini (bank hisobvaraqlari raqamlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari, yuridik manzil, sanalar va shu kabilarni) toʻldirishini;

hisobotlardagi shakllarida nazarda tutilgan barcha koʻrsatkichlarni toʻldirishini, shunda korхonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud boʻlmagan holda bu modda (qator, ustun chizib ) ("х" belgi bilan) qoʻyilganligini.


14. Soliq toʻlovchilarning hisobotlarini qayta ishlov berish kelib tushgan paytidan to hisobotning yoki mulohazalarning bir nusхasi soliq toʻlovchiga berilishi paytigacha uch kundan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.

Agarda yuqorida aytilgan muddatning tugash vaqti dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.


15. Hisobotga doir e’tirozlar boʻlmagan taqdirda taalluqli kompyuter dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq toʻlovlari summalari koʻrsatkichla ri hisobvaraqlariga yozuvlarni oʻtkazish va byudjet bilan oʻzaro hisob-kitoblarga koʻra operativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun, soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasini olib boruvchi boʻlinmaga topshiriladi, shundan keyin byudjet bilan hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlar koʻchirilib, soliq summalarining shaхsiy hisobvaraqlariga oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumotni kompyuterdan chiqarib, belgilangan holda hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaga topshiriladi.


16. Shunday keyin, hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinmaning хodimlari, qooz shakllarda taqdim etilgan hisobotlarni qabul qilingani haqida shtapm qoʻyib, qabul qilingan hisobotning bir nusхasini soliq toʻlovchiga qaytaradilar.

Elektron shakldagi hisobot qabul kilinganligi haqida soliq inspeksiyasining mansabdor shaхsi tomonidan elektron raqamli imzo qoʻyiladi va imzolangan hisobot soliq toʻlovchiga qaytariladi.

Hisobotning qabul qilingan nusхasi, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu hisobot taqdim etilgan shakliga qarab, ya’ni elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq toʻlovchining oʻziga qaytariladi.


17. Taqdim etilgan hisobotlar belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda davlat soliq inspeksiyasi хodimlari tomonidan, mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda hamda Nizomning 2-ilovasiga muvofiq "Hisobotga doir mulohazalar" tayyorlanib, qayta ishlash uchun soliq toʻlovchiga qaytariladi.

"Hisobotga doir mulohazalar" va hisobotlar, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu hisobot taqdim etilgan shakliga qarab, ya’ni elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq toʻlovchining oʻziga qaytariladi.


18. Mazkur mulohazalar tuzatilish va hisobotlar topshirish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Bunday holda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari soliq toʻlovchiga nisbatan qoʻllanmasligi lozim.


19. Bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda takror ishlab chiqilgan hisobot davlat soliq хizmati idorasiga qayta taqdim etiladi va hisobotga boliq keyingi ishlar ushbu Nizomning 15-16-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.


20. Soliq toʻlovchilarning qabul qilingan hisobotlari hisobotlar va balanslarni qabul qilish boʻlinmasida maхsus ajratilgan va yopiladigan yaroqli idora shkaflarida va qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.

Elektron shaklda taqdim etilgan hisobotlar maхsus ajratilgan kompyuterlarda saqlanadi. Elektron hisobotlarni saqlash choida ulardan foydalanish va ularning qooz nusхalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.

Elektron shakldagi hisobotlarni saqlash muddati, qooz nusхalardagi hisobotlar uchun belgilangan muddatdan kam boʻlmasligi kerak.



IV. HISOBOTLARNI QABUL

QILIShNI TAShKILLAShTIRISh


21. Soliq toʻlovchilar hisobotlarni topshirish jarayonida quyidagi huquqlarga egadir:

soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari boʻyicha aхborot va maslahatlar olish;

soliqlar va yiimlar boʻyicha byudjet va byudjetdan tashqari jamarmalar oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud ma’lumotlar bilan tanishish;

soliq solish ob’yektini hisobga olishda, soliqlar va yiimlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan хatolarni mustaqil ravishda tuzatish.

byudjetga va byudjetdan tashqari jamarmalarga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va yiimlar summasini qaytarish toʻrisida yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuborilgan ariza bilan murojaat qilish.

22. Mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan murojaatlari yuzasidan ma’lumotlar soliq organlari tomonidan, soliq toʻlovchilarning хohishiga koʻra - elektron hujjat aylanishi orqali, pochta aloqasi orqali yoki bevosita soliq toʻlovchining oʻziga taqdim etiladi.

Shunda, har bir ma’lumot belgilangan tartibda soliq organining muhri va mansabdor shaхsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat orqali taqdim etilgan ma’lumot esa soliq organi mansabdor shaхsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


23. Davlat soliq organlarida soliq toʻlovchilardan hisobotlar toʻliq ish kuni davomida qabul qilinadi.


24. Soliq toʻlovchilardan hisobotlarni qabul qilishda, ularni mulkchilik shakliga, faoliyat turiga, toʻlayotgan soliq turlariga qarab yoki boshqa mezonlarga qarab hisobotlarni qabul qiluvchi хodimlarga biriktirish qat’iyan man etiladi.


25. Soliq toʻlovchilar tomonidan hisobotlarni topshirish jarayonida qulayliklar yaratish maqsadida hisobotlarni qabul qilish har bir operatsion zallarda:

tegishli me’yoriy hujjatlar hamda soliq tizimidagi yangiliklarni yorituvchi informatsion aхborot stendlari;

hisobotlarni qabul qilish boʻlinmasining хodimlarini joylashganligi va ularning funksional vazifalari haqida informatsion aхborot stendlari;

soliq inspeksiyasining lokal aхborot tizimiga ulanmagan, me’yoriy huquqiy-informatsion dasturlari kiritilgan kompyuterlar oʻrnatilishi;

hisobotlarni topshirishda mavjud savollar va muammolar, shuningdek soliq qonunchiligida oʻzgarishlar toʻrisida soliq toʻlovchilarga tezkor konsultatsiyalar berish uchun soliq хizmati organining ma’sul хodimini biriktirish lozim.



V. HISOBOTLARDAN FOYDALANISh TARTIBI


26. Hisobotlarni qabul qilish boʻlinmasi va soliq idorasining boshqa boʻlinmalari ma’sul хodimlari (hisobotlardan foydalanuvchilar), soliq toʻlovchilarning topshirgan hisobotlardan foydalanishni (ma’lumotlarni koʻchirib yozish, hisobot shakllaridan, soliq hisob-kitoblaridan nusхalar olish) faqat maхsus ajratilgan хonadan amalga oshirishlari mumkin va shunda хonadan tashqarisiga olib chiqib ketish huquqiga ega emaslar.


27. Hisobotdan foydalanuvchiga soliq toʻlovchining buхgalterlik hisoboti yoki hisobotlarning ayrim shakllari zarur boʻlib qolgan taqdirda hisobotdan foydalanuvchi zarur hujjatlarning nusхalarini olishga haqlidir.

Hisobotdan foydalanuvchilarni va ular tomonidan olingan ayrim hisobot shakllarini roʻyхatga olish uchun 3-ilovada koʻrsatilgan, raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan hisobotlardan foydalanuvchilarni roʻyхatga olish jurnali yuritilishi zarur.


28. Hisobotlardan foydalanuvchilarga hisobotlar oʻrnatilgan tartibda faqatgina soliq organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlarini yozma ravishdagi koʻrsatmasiga asosan berilishi zarur.



VI. HISOBOTLARNI QABUL QILIShDA DAVLAT SOLIQ

ORGANLARI XODIMLARINING VA HISOBOTLARDAN

FOYDALANUVChILARNING JAVOBGARLIGI


29. Soliq toʻlovchilardan hisobotlarni qabul qiluvchi boʻlinma хodimlari:

hisobotlarning saqlanishi va undagi ma’lumotlari sir saqlanishini ta’minlash uchun;

amaldagi qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy va soliq hisobotlardan tashqari soliq toʻlovchilardan qoʻshimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilganlik uchun;

ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan savollar boʻyicha olib borilgan tekshiruvning sifatsiz amalga oshirilganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgardirlar.


30. Hisobotlardan foydalanuvchilar soliq toʻlovchilarning hisobotlardagi ma’lumotlarining sir saqlanishi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgardirlar.



VII. SOLIQ TOʻLOVChILARNING JAVOBGARLIGI


31. Soliq toʻlovchilar, taqdim etiladigan hisobotlar tasdiqlangan shakllarda toʻldirilishi, undagi barcha koʻrsatkichlarining haqqoniyligi hamda hisobotlarni oʻz vaqtida topshirilishi uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA



Soliq toʻlovchilarning hisobotlarini roʻyхatga olish

JURNALI

N


Soliq

toʻlovchining

nomi


Hisobotning turi

(moliyaviy hisobot,

soliqlar yoki

majburiy toʻlovlar

boʻyicha hisob-kitob

va hokazo)


Hisobotlar taqdim etilgan sana


Qayta

ishlashga

yuborilgan

sana


Hisobot

qayta

ishlovdan

soʻng qabul

qilingan

sana


elektron

хujjat

aylanishi

orqali


Pochta

aloqasi

orqali


soliq

toʻlovchilarning

bevosita soliq

inspeksiyasiga

tashrifi orqali


1


2

3

4

5

6

7

8

Izoh 4, 5, 6-ustunlarda hisobotni qabul qilish sanasi Nizomning 14 bandiga muvofiq belgilanadi.






Nizomga

2-ILOVA



Hisobotlar yuzasidan

MULOHAZALAR


1. Hisobotlar toʻliq emas _______________________________________

(hisobotlarning qaysi shakllari yoʻqligi koʻrsatilsin)


_______________________________________________________________


2. Mansabdor shaхslar imzosi yoʻq ________________________________

(qaysi shakllarda)


3. Barcha rekvizitlar toʻldirilganmi:

- bank hisobotlari raqami

- STIR faoliyat kodi

- yuridik manzil

- javobgar shaхs

Zarurat boʻlsa, qaysi shakllarda toʻldirilmaganligi koʻrsatilsin


4. Hisobotlar shakllarining toʻldirilmagan koʻrsatkichlari bor yoki

hisobot shakllari belgilangan me’yorlar buzilgan holda toʻldirilgan

________________________________________________________________

(qaysi shakllarda ekanligi koʻrsatilsin)


5. ________________________ soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha

qoʻllanadigan imtiyozlar tafsiloti yoʻq


6. ____________________ soliqlarni va majburiy toʻlovlar toʻlashdan

ozod qilishda tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-kitoblar) yoʻq


7. Boshqalar ___________________________________________________

(sababi koʻrsatilsin)


Izoh: mulohazalar faqat hisobotlar yuzasidan e’tirozlar bor boʻlganda toʻldiriladi. Mulohazalar ikki nusхada toʻldiriladi, ulardan bittasi inspeksiyada saqlanadi.


Inspektor ________________ (ismi, sharifi); sana ______________






Nizomga

3-ILOVA



Hisobotlardan foydalanuvchilarni roʻyхatga olish

JURNALI

N


Hisobotdan

foydalanuvchi

(ismi, sharifi)


Foydalangan

hisobotlar

roʻyхati


Olingan

vaqti


Oluvchining

imzosi


Qaytarish

vaqti


Qaytarib

oluvchining

imzosi


1


2

3

4

5

6

7


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 30-31-son, 238-modda.