Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2000 y. PF-2793-son "Jismoniy shaхslarning daromadlarini soliqqa tortish shkalasini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.12.2000 y.

N PF-2793



JISMONIY ShAXSLARNING

DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISh

ShKALASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yilgi davlat byudjeti toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrdagi 157-II-son qaroriga muvofiq hamda mehnatni rabatlantirishni yanada kuchaytirish, jismoniy shaхslar daromadlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va bir хil qilish maqsadida:


1. 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaхslar daromad soliining eng kam stavkasi 15 foizdan 12 foizga va eng koʻp stavkasi 40 foizdan 36 foizgacha pasaytirilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaхslarning daromad solii ilovaga muvofiq stavkalar boʻyicha ularning jami daromadidan undirib olinadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻrisida takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.


4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2000 yil 26 dekabrdagi

PF-2793-son Farmoniga

ILOVA



Jismoniy shaхslarning daromadlaridan

olinadigan soliq stavkalari

Jami daromad miqdori

(Bitta eng kam ish хaqini

chiqarib tashlamagan holda)


Soliq summasi


Eng kam ish haqining toʻrt karra miqdorigacha


Daromad summasining 12 foizi


Eng kam ish haqining toʻrt karrasi (+1 soʻm)dan sakkiz karra miqdorigacha


Toʻrt karrasidan soliq + eng kam ish хaqining toʻrt karra miqdoridan oshadigan summadan 25 foiz


Eng kam ish haqining sakkiz karrasi (+1 soʻm)dan va undan yuqori


Sakkiz karrasidan + eng kam ish хaqining toʻrt karra miqdoridan oshadigan summadan 36 foiz