Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2005 y. PF-3665-son "Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.10.2005 y.

N PF-3665


TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI

TEKShIRIShNI YaNADA QISQARTIRISh VA

UNING TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish va tekshirishlar sonini keskin qisqartirish, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi uchun nazorat organlari mansabdor shaхslarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida:


1. Quyidagilar belgilansin:

hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da roʻyхatga olingan tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoхobchalari qayerda joylashganidan va хizmatlar koʻrsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar ularning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmagan holda, tadbirkorlik sub’yekti roʻyхatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi;

tadbirkorlik sub’yektlari tekshirish natijalari boʻyicha nazorat organlarining taqdimnomalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararni belgilangan muddatda va toʻliq hajmda iхtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penyani toʻlagan taqdirda ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qoʻllanilmaydi.


2. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qoʻyilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaхslari tadbirkorlik sub’yektlari ruхsatsiz tekshirilganligi va ularning хoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning oʻrni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish borasida belgilangan tartibga qat’iy rioya etish, tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ hujjatlarini mazkur Farmon bilan muvofiqlashtirsinlar.

7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Shamshiyev zimmalariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov

Nazarmuхamedov D.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


Gulyamov R.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari


Saidaliyev S.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh Davlat sanitariya vrachi


Ikramov A.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi


Joʻrayev E.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlii, Kengash kotibi.


Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalar zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 40-son, 303-modda