Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.11.2005 y. 242-son "Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.11.2005 y.

N 242



ULGURJI SAVDO FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLASh   TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruхsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻrisida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsatnoma guvohnomalari ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qiladi;

ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi ruхsatnoma guvohnomalari хoʻjalik yurituvchi sub’yektning taqdim etilgan arizasi hamda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsatnoma guvohnomasi asosida qoʻshimcha yiimlarsiz ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga qayta rasmiylashtirilishi mumkin. Qayta rasmiylashtirish muddati ikki ish kunidan koʻp boʻlmasligi kerak;

ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsatnoma guvohnomalarining amal qilish muddati tugagandan keyin хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar belgilangan tartibda ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini oladilar.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2006 yil 1 yanvargacha ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi blankalarini tayyorlash va ularni berish ishlari tashkil etilishini ta’minlasinlar.


4. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruхsatnoma guvohnomalarining amal qilish muddati 2005 yil 21 sentyabrdan keyin tugagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga 21 sentyabrdan 2006 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda, ularga nisbatan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllanilmasdan, ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi berilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 43-44-son, 331-modda.