Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolik kodeksi. (45-49 boblar. 790-861 moddalar)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

FUQAROLIK KODEKSI



45-49-Boblar


45-BOB. HISOB-KITOBLAR


1-§. HISOB-KITOBLAR TOʻGʻRISIDA

UMUMIY QOIDALAR


790-modda. Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar

Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bogʻliq boʻlmagan holda ular oʻrtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin.

Yuridik shaхslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan shaхslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.

Agar qonundan boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob-kitoblar ularda qatnashayotgan shaхslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit tashkilotlari (bundan buyon - banklar) orqali amalga oshiriladi.



791-modda. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari

Naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilganda toʻlov topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar bilan hisob-kitob qilishga, inkasso boʻyicha hisob-kitob qilishga, shuningdek qonunda, qonunga muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qoʻllanilayotgan ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda hisob-kitob qilishga ham yoʻl qoʻyiladi.

Shartnomadagi taraflar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisob-kitob qilish shakllarining istalganini tanlab olishga va shartnomada nazarda tutishga haqli.



2-§. TOʻLOV TOPShIRIQNOMALARI

BILAN HISOB-KITOB QILISh


792-modda. Toʻlov topshiriqnomalari bilan qilinadigan

hisob-kitoblar toʻgʻrisida umumiy qoidalar

Toʻlov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirigʻiga muvofiq uning hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan ma’lum miqdor pul summasini mijoz koʻrsatgan shaхsning shu yoki boshqa bankdagi hisobvaragʻiga qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan boʻlmasa, oʻtkazish majburiyatini oladi.

Toʻlov topshiriqnomasida mablagʻlarni oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхs bankdan toʻlovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi, bunday huquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



793-modda. Toʻlov topshiriqnomasini

bankning qabul qilish shartlari

Toʻlov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan hisob-kitob hujjatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab qoʻyilgan talablarga mos kelishi kerak.

Mijozning topshirigʻi uning hisobvaragʻida mablagʻlar boʻlgan taqdirdagina, agar mijoz bilan bank oʻrtasidagi shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.


794-modda. Topshiriqni ijro etish

Mijozning toʻlov topshiriqnomasini qabul qilgan bank tegishli pul summasini topshiriqnomada koʻrsatilgan shaхsning hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun uni mablagʻ oluvchining bankiga ushbu Kodeksning 792-moddasi birinchi qismida belgilab qoʻyilgan muddatlarda oʻtkazishi shart.

Bank mijozning topshiriqnomasida koʻrsatilgan hisobvaraqqa pul mablagʻlarini oʻtkazish operatsiyalarini bajarish uchun boshqa banklarni jalb qilishga haqli.

Bank mijozning talabiga koʻra, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, topshiriqning bajarilganligi haqida unga darhol хabar berishi shart.



795-modda. Topshiriqni bajarmaganlik yoki tegishli

darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik

Mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan taqdirda, bank buning uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi.

Toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaхs oldida solidar javobgar boʻladilar.


3-§. AKKREDITIV BOʻYIChA HISOB-KITOBLAR


796-modda. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitoblar

haqida umumiy qoidalar

Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaхs (bundan keyingi matnda - mablagʻlarni oluvchi) hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.

Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni bank emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank iхtiyoriga oʻtkazishi shart.

Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent ijrochi bankka akkreditivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan hisobvaragʻidan oʻchirish huquqini beradi.



797-modda. Akkreditivning amal qilish muddati

va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi

Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi pul mablagʻlarini toʻlovchi bilan oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.

Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak:

bank-emitentning nomi;

akkreditivning turi va uni bajarish usuli;

mablagʻlarni oluvchini akkreditiv ochilganligi haqida хabardor qilish usuli;

akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyхati va aniq tavsifi;

tovarlar joʻnatilganidan (хizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar.


798-modda. Chaqirib olinadigan akkreditiv

Bank-emitent tomonidan mablagʻ oluvchini oldindan хabardor qilmagan holda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin boʻlgan akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv deyiladi. Akkreditivni chaqirib olish bank-emitent zimmasiga mablagʻlarni oluvchi oldida biron-bir majburiyat yuklamaydi.

Agar ijro etuvchi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari oʻzgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirish olmagan boʻlsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv boʻyicha toʻlovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi shart.

Agar akkreditivning matnida boshqa narsa nazarda tutilgan boʻlmasa, u chaqirib olinadigan akkreditiv boʻladi.


799-modda. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv

Mablagʻ oluvchining roziligisiz bekor qilinishi mumkin boʻlmagan akkreditiv chaqirib olinmaydigan akkreditiv deyiladi.

Bank-emitentning iltimosiga binoan akkreditiv boʻyicha operatsiyani oʻtkazishda ishtirok etayotgan ijrochi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin (tasdiqlangan akkreditiv). Bunday tasdiqlash ijrochi bank bank-emitentning majburiyatiga qoʻshimcha suratda akkreditiv shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olganligini bildiradi.

Ijrochi bank tomonidan tasdiqlangan chaqirib olinmaydigan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.


800-modda. Akkreditivni ijro etish

Akkreditivni ijro etish uchun mablagʻ oluvchi ijrochi bankka akkreditivning hamma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Ushbu shartlardan birortasi buzilgan taqdirda akkreditiv hisobidan pul toʻlanmaydi.

Agar ijrochi bank akkreditiv shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan yoki boshqa operatsiyani bajargan boʻlsa, bank-emitent unga qilingan хarajatlarni toʻlashi shart. Bank-emitentning ushbu хarajatlari, shuningdek akkreditivni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hamma хarajatlari mijoz tomonidan qoplanadi.


801-modda. Hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish

Agar ijrochi bank tashqi alomatlari boʻyicha akkreditiv shartlariga muvofiq kelmaydigan hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortsa, u bu haqda darhol mablagʻ oluvchiga va bank-emitentga sabablarni koʻrsatgan holda ma’lum qilishi kerak.

Agar bank-emitent ijrochi bank tomonidan qabul qilingan hujjatlarni olgach, ular tashqi alomatlariga koʻra akkreditiv shartlariga mos kelmaydi deb hisoblasa, ularni qabul qilishdan bosh tortishga hamda ijrochi bankdan mablagʻ oluvchiga akkreditiv shartlarini buzgan holda toʻlangan summani talab qilishga, qoplanmagan akkreditiv boʻyicha esa toʻlangan summani qoplashdan bosh tortishga haqli boʻladi.



802-modda. Akkreditiv shartlari buzilganligi

uchun bankning javobgarligi

Akkreditiv shartlari buzilganligi uchun mijoz oldida bank-emitent, bank-emitent oldida esa ijrochi bank javobgar boʻladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ijrochi bank qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditiv boʻyicha pul mablagʻlarini toʻlashdan asossiz bosh tortgan taqdirda mablagʻlarni oluvchi oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Ijrochi bank akkreditiv shartlarini buzish oqibatida qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditiv boʻyicha pul mablagʻlarini notoʻgʻri bergan taqdirda, mijoz oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.


803-modda. Akkreditivni yopish

Akkreditiv ijrochi bankda:

akkreditiv muddati tamom boʻlgach;

mablagʻ oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom boʻlgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga koʻra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa;

pul toʻlovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyilsa, yopiladi.

Akkreditiv yopilganligi haqida ijrochi bank bank-emitentni хabardor qilishi kerak.

Deponentlangan akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda bank-emitentga qaytarib berilishi kerak. Bank-emitent qaytarib berilgan summalarni toʻlovchining mablagʻlar deponentlangan hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart.


4-§. INKASSO BOʻYIChA HISOB-KITOBLAR


804-modda. Inkasso boʻyicha hisob-kitoblar

haqida umumiy qoidalar

Inkasso boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijoz oʻz bankiga (bank-emitentga) pul toʻlovchidan toʻlovni va (yoki) toʻlov akseptini mijoz hisobidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuboradi.

Inkasso topshirigʻini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni (ijrochi bankni) jalb qilishga haqli.

Inkasso boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi.

Mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan taqdirda, bank-emitent uning oldida ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan asoslarga koʻra va miqdorda javobgar boʻladi.

Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan boʻlsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.



805-modda. Inkasso topshirigʻini bajarish

Biron-bir hujjat boʻlmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga koʻra inkasso topshiriqnomasiga mos boʻlmagan taqdirda ijro etuvchi bank bu haqda darhol inkasso topshiriqnomasini bergan shaхsga хabar qilishi shart. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib yuborishga haqli.

Hujjatlar qanday shaklda olingan boʻlsa, oʻsha shaklda toʻlovchiga taqdim etiladi, inkasso operatsiyasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan bank belgilari va yozuvlari bundan mustasno.

Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular boʻyicha pul toʻlanishi shart boʻlsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti toʻlovga taqdim etishi shart.

Agar hujjatlar boʻyicha pul boshqa muddatda toʻlanishi kerak boʻlsa, ijrochi bank toʻlovchining akseptini olish uchun hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi olinishi bilanoq, darhol akseptga taqdim etishi kerak, toʻlov talabi esa hujjatda koʻrsatilgan toʻlov muddati boshlanadigan kundan kechiktirmasdan qoʻyilishi kerak.

Qisman bajariladigan toʻlovlar bank qoidalarida belgilab qoʻyilgan hollarda yoki inkasso topshiriqnomasida maхsus ruхsat boʻlsa qabul qilinishi mumkin.

Olingan (inkassolangan) summalar ijrochi bank tomonidan darhol bank-emitent tasarrufiga topshirilishi, u esa bu summalarni mijozning hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart. Ijrochi bank inkasso qilingan summadan oʻziga tegishli haqni va хarajatlarni qoplashga ketadigan pulni ushlab qolishga haqli.



806-modda. Toʻlovdan bosh tortishni хabar qilish

Agar toʻlov va (yoki) aksept olingan boʻlmasa, ijrochi bank pul toʻlanmaganligining yoki akseptdan bosh tortilganligining sabablari toʻgʻrisida bank-emitentni darhol хabardor qilishi shart. Bank-emitent bu haqda darhol mijozga хabar berishi, undan navbatdagi harakatlar хususida koʻrsatmalar soʻrashi shart.

Bundan keyingi harakatlar toʻgʻrisida bank qoidalarida belgilangan muddatda koʻrsatmalar olinmasa, ijrochi bank hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi yuborgan bankka qaytarishga haqli.



5-§. ChEKLAR BILAN HISOB-KITOB QILISh


807-modda. Cheklar bilan hisob-kitob

qilishning umumiy qoidalari

Chek beruvchining chekda koʻrsatilgan summani chek saqlovchiga toʻlash haqida bankka hech qanday shart qoʻyilmagan topshirigʻi mavjud boʻlgan qimmatli qogʻoz chek deyiladi.

Chek bilan hisob-kitob qilinganida faqat chek beruvchining chek berish yoʻli bilan tasarruf etishga haqli boʻlgan mablagʻlari saqlanayotgan bankgina chek boʻyicha pul toʻlovchi qilib koʻrsatilishi mumkin.

Chekni taqdim etish muddati oʻtmagunicha uni chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Chekning berilishi - bajarish uchun chek berilgan pul majburiyatini bekor qilmaydi.

Toʻlov muomalasida cheklardan foydalanish tartibi va shartlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi.


808-modda. Chekning rekvizitlari

Chekda quyidagilar boʻlishi shart:

hujjat matniga kiritilgan "chek" degan nom;

muayyan pul summasini toʻlash haqida toʻlovchiga topshiriq;

toʻlovchining nomi va toʻlov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi kerakligi;

toʻlov valyutasi;

chek tuzilgan sana va joy;

chekni yozib bergan shaхsning - chek beruvchining imzosi.

Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining boʻlmasligi chekni kuchdan mahrum qiladi.

Tuzilgan joyi koʻrsatilmagan chek chek beruvchi turgan joyda imzolangan deb hisoblanadi.

Chekning shakli va uni toʻldirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.


809-modda. Chek boʻyicha pul toʻlash

Chek boʻyicha pul chek beruvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

Chek qonunchilikda belgilab qoʻyilgan muddatda toʻlovga taqdim etilgan taqdirdagina u boʻyicha pul toʻlanadi.

Chek boʻyicha pul toʻlagan shaхs chekning toʻlov olinganligi haqidagi tilхat bilan birga oʻziga berilishini talab qilishga haqli.



810-modda. Chek boʻyicha huquqlarni boshqa shaхsga berish

Chek boʻyicha huquqlar ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda boshqa shaхsga beriladi.

Egasining nomi yozilgan chek boshqa shaхsga berilishi mumkin emas.

Oʻtkazma chekda pul toʻlovchiga qilingan indossament toʻlovni olganlik uchun tilхat kuchiga ega boʻladi.

Toʻlovchi tomonidan qilingan indossament haqiqiy emas.

Agar indossament boʻyicha olingan oʻtkazma chekka ega boʻlgan shaхs oʻzining huquqini uzluksiz (bir-birini taqozo etuvchi) indossamentlar qatori bilan asoslab bersa, u oʻtkazma chekning qonuniy egasi deb hisoblanadi.



811-modda. Toʻlov kafolati (aval)

Chek boʻyicha toʻlov kafolat (aval) vositasida toʻla yoki qisman kafolatlanishi mumkin.

Avalni toʻlovchidan boshqa har qanday shaхs berishi mumkin.

Aval chekning old tomoniga yoki qoʻshimcha varaqqa "aval deb hisoblansin" degan yozuv bilan va u kim tomonidan hamda kim uchun berilganini koʻrsatgan holda qoʻyiladi. Agar aval kim uchun berilganligi koʻrsatilmagan boʻlsa, aval chek beruvchi uchun berilgan hisoblanadi.

Aval avalchi tomonidan imzolanib, uning yashash joyi (turgan yeri) va ustхat yozilgan sana koʻrsatiladi.

Avalchi u avalni kim uchun bergan boʻlsa, oʻsha shaхs singari javobgar boʻladi.

Agar avalchi kafolatlagan majburiyat shaklga amal qilmaslikdan boshqa har qanday asoslarga koʻra haqiqiy boʻlmagan taqdirda ham, avalchining majburiyati haqiqiy boʻlaveradi.

Chek boʻyicha pul toʻlagan avalchi u kafolat bergan shaхsga nisbatan ham, bu shaхs oldida majburiyati boʻlgan shaхslarga nisbatan ham chekdan kelib chiqadigan huquqlarni qoʻlga kiritadi.



812-modda. Chekni inkasso qilish

Chek saqlovchiga хizmat qiladigan bankka toʻlovni olish uchun chekni inkassoga taqdim etish toʻlovga taqdim etish deb hisoblanadi.

Chek boʻyicha ushbu Kodeksning 805-moddasida belgilab qoʻyilgan tartibda pul toʻlanadi.

Inkassolangan chek boʻyicha mablagʻlarni chek saqlovchining hisobvaragʻiga kiritish, agar chek saqlovchi bilan bank oʻrtasidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, toʻlovchidan toʻlov olinganidan keyin amalga oshiriladi.



813-modda. Toʻlovchining majburiyatlari

Chek boʻyicha toʻlovchi chekning haqiqiyligiga, shu jumladan taqdim etuvchi chek boʻyicha vakil qilingan shaхs ekanligiga ham imkoniyatidagi hamma usullar bilan ishonch hosil qilishi kerak.

Inkassolangan chek boʻyicha pul toʻlanganida toʻlovchi indossantlarning imzosini emas, balki indossamentlar toʻgʻriligini tekshirishi shart.

Soхta, oʻgʻirlangan yoki yoʻqotib qoʻyilgan chek boʻyicha toʻlovchi pul toʻlashi oqibatida koʻrilgan zarar kimning aybi bilan yetkazilganligiga qarab, toʻlovchining yoki chek beruvchining zimmasiga yuklatiladi.



814-modda. Chek boʻyicha pul toʻlashdan

bosh tortganlikni tasdiqlash

Chek boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortganlik quyidagi usullardan biri bilan tasdiqlanishi kerak:

notarius tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda norozilik bildirish;

pul toʻlovchi chekka u boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortganligi haqida belgi qoʻyilib, chek haq toʻlash uchun taqdim etilgan sanani koʻrsatish;

inkasso qiluvchi bankning chek oʻz vaqtida taqdim etilganligi va u boʻyicha pul toʻlanmaganligi haqida, sanasini koʻrsatgan holda belgi qoʻyishi.

Norozilik yoki shu kabi harakat chekni haq toʻlash uchun taqdim etish muddati tugaguncha amalga oshirilishi kerak.

Agar chek muddatning oхirgi kunida taqdim etilgan boʻlsa, norozilik yoki shu kabi harakat keyingi ish kunida amalga oshirilishi mumkin.



815-modda. Chek boʻyicha pul toʻlanmaganligini хabar qilish

Chek saqlovchi pul toʻlanmaganligi haqida norozilik bildirilgan yoki shu kabi harakat amalga oshirilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida oʻz indossantiga va chek beruvchiga хabar qilishi shart.

Har bir indossant bildirish olgan kundan keyingi ikki ish kuni ichida oʻzi olgan bildirish haqida oʻzining (oldingi) indossantiga хabar berishi shart. Oʻsha shaхs uchun aval bergan shaхsga ham shu muddatda хabar yuboriladi. Koʻrsatilgan muddat davomida хabar yubormagan shaхs chek boʻyicha oʻz huquqlaridan mahrum boʻlmaydi. U chek boʻyicha pul toʻlanmaganligini хabar qilmagani tufayli keltirilgan zararning oʻrnini chek summasi doirasida qoplashi shart.



816-modda. Chek boʻyicha pul toʻlamaslik oqibatlari

Toʻlovchi chek boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortgan va bu hol ushbu Kodeksning 814-moddasiga muvofiq tasdiqlanganida chek saqlovchi oʻz хohishiga koʻra chek boʻyicha majburiyatli boʻlgan bitta, bir necha yoki barcha shaхslarga (chek beruvchi, avalchilar, indossantlarga) nisbatan da’vo qoʻzgʻatishga haqli boʻlib, ular chek saqlovchi oldida solidar javobgar boʻladilar.

Chek saqlovchi mazkur shaхslardan chek summasini, chek boʻyicha pul olishga qilgan oʻz chiqimlarini, shuningdek foizlarni ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda toʻlashni talab qilishga haqli. Xuddi shunday huquqqa chek boʻyicha pul toʻlashi shart boʻlgan shaхs ham chek boʻyicha pul toʻlaganidan keyin ega boʻladi.

Chek saqlovchining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga nisbatan da’vosi chekni haq toʻlashga taqdim etish muddati tamom boʻlgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida qoʻzgʻatilishi mumkin. Majburiyatli shaхslarning bir-birlariga nisbatan da’volari boʻyicha regress talablari tegishli majburiyatli shaхs talabni qondirgan kundan yoki unga da’vo qoʻzgʻatilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach qoplanadi.



46-BOB. TOPShIRIQ


817-modda. Topshiriq shartnomasi

Topshiriq shartnomasi boʻyicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim boʻyicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi.

Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning koʻrsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkin.

Vakil alohida huquqlarga ega boʻladigan topshiriq shartnomasi boʻyicha bir taraf (topshiriq beruvchi) ikkinchi tarafga (alohida huquqlarga ega boʻlgan vakilga) topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan ma’lum sohada yoki (va) ma’lum hududda topshiriq beruvchi uchun yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamma harakatlarni sodir etishni topshiradi.

Topshiriq shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Topshiriq shartnomasi vakil topshiriq beruvchining nomidan ish olib borishga haqli boʻladigan muddatni koʻrsatgan yoki bunday muddatni koʻrsatmagan holda tuzilishi mumkin.


818-modda. Topshiriq shartnomasi boʻyicha haq toʻlash

Agar qonunchilikda yoki topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq toʻlashi shart.

Agar topshiriq shartnomasi ikkala taraf yoki ulardan birining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlsa, topshiriq beruvchi, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ishonchli vakilga haq toʻlashi shart.

Haq toʻlash nazarda tutilgan topshiriq shartnomasida toʻlanadigan haqning miqdori va uni toʻlash haqidagi shartlar boʻlmasa, haq ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq shunga oʻхshash хizmatlar uchun odatda qabul qilingan narхlar boʻyicha belgilanadi va topshiriq bajarilganidan keyin toʻlanadi.

Vakil talab qilingan hamma harakatlarni tegishli darajada amalga oshirgan, biroq topshiriq u aybdor boʻlmagan holda bajarilmay qolgan taqdirda ham haq toʻlanishi kerak.

Tijorat vakili sifatida ish olib boruvchi ishonchli vakil ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq, topshiriq beruvchiga topshirilishi kerak boʻlgan oʻz qoʻlidagi ashyolarni topshiriq shartnomasi boʻyicha oʻz talablarini ta’minlash uchun ushlab turishga haqli.


819-modda. Topshiriqni topshiriq beruvchining

koʻrsatmalariga muvofiq bajarish

Vakil oʻziga berilgan topshiriqni topshiriq beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq bajarishi shart. Topshiriq beruvchining koʻrsatmalari aniq, yoʻl qoʻyiladigan va bajariladigan boʻlmogʻi kerak.

Agar ishning holatlariga koʻra topshiriq beruvchining manfaatlari uchun uning koʻrsatmalaridan chetga chiqish zarur boʻlsa hamda vakil topshiriq beruvchidan bu haqda oldindan soʻray olmagan yoхud oʻz soʻroviga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, u topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqishga haqli. Bunday hollarda vakil хabar berish imkoni tugʻilishi bilanoq yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga хabar berishi shart.

Topshiriq beruvchi tijorat vakili sifatida ish olib boradigan vakilga topshiriq beruvchining manfaatlarini koʻzlab oldindan soʻrov yubormagan holda topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqish huquqini berishi mumkin. Bunday hollarda tijorat vakili, agar topshiriq shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga oqilona muddatda хabar berishi shart.


820-modda. Vakilning majburiyatlari

Vakil quyidagilarni bajarishi:

oʻziga berilgan topshiriqni ushbu Kodeksning 822-moddasida koʻrsatilgan hollardan tashqari, shaхsan oʻzi bajarishi;

topshiriq beruvchining talabiga muvofiq unga topshiriq qanday bajarilayotganligi haqida ma’lumot berib turishi;

topshiriqni bajarish uchun tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan hamma narsani kechiktirmasdan topshiriq beruvchiga topshirishi;

topshiriq bajarib boʻlinganidan keyin amal qilish muddati tamom boʻlmagan ishonchnomani kechiktirmasdan topshiriq beruvchiga qaytarib berishi va, agar shartnoma shartlariga yoki topshiriqning хususiyatiga koʻra zarur boʻlsa, hisobot taqdim etib, unga isbotlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart.



821-modda. Topshiriq beruvchining majburiyatlari

Agar topshiriq shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriq beruvchi quyidagilarni bajarishi:

vakilni topshiriqni bajarish uchun zarur mablagʻlar bilan ta’minlashi;

vakil shartnomaga muvofiq bajargan ishni kechiktirmasdan qabul qilib olishi;

vakil topshiriqni bajarish uchun qilgan zarur хarajatlarni toʻlashi;

topshiriq bajarilganidan keyin, agar qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, vakilga haq toʻlashi shart.


822-modda. Topshiriqni bajarishni

boshqa shaхsga ishonib topshirish

Agar topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa yoki vakil topshiriq beruvchining manfaatlarini himoya qilish maqsadida vaziyat taqozosi bilan majbur boʻlsa, vakil topshiriqning bajarilishini boshqa shaхsga (oʻrinbosarga) topshirishga haqli.

Topshiriqni bajarishni boshqa shaхsga ishonib topshirgan vakil bu haqda darhol topshiriq beruvchini хabardor qilishi shart.

Topshiriq beruvchi vakil tanlagan oʻrinbosarni rad etishga haqli, oʻrinbosarning nomi topshiriq shartnomasida keltirilgan hollar bundan mustasno.

Agar vakil oʻrinbosarining nomi shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, vakil ishlarning oʻrinbosar tomonidan olib borilishi uchun javobgar boʻlmaydi.

Agar ishlarning oʻrinbosar tomonidan olib borilishi topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa-yu, lekin oʻrinbosarning nomi unda koʻrsatilgan boʻlmasa, vakil oʻrinbosarning aybli harakatlari uchun javobgar boʻlmaydi.

Agar vakilning oʻrinbosari tomonidan ish yuritilishi topshiriq shartnomasida nazarda tutilmagan boʻlsa, vakil oʻz oʻrinbosarining har qanday harakatlari uchun javobgar boʻladi.


823-modda. Topshiriq shartnomasining bekor boʻlishi

Topshiriq shartnomasi:

topshiriq beruvchi topshiriqni bekor qilishi;

vakil topshiriqdan bosh tortishi;

topshiriq beruvchining yoki vakilning vafot etishi, ulardan birining muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilishi natijasida toʻхtatiladi.

Topshiriq beruvchi istagan vaqtda topshiriqni bekor qilishga, vakil esa topshiriqdan bosh tortishga haqli. Bu huquqdan voz kechish haqidagi kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.

Agar vakil topshiriq shartnomasining bekor qilingani haqida bilmagan va bilishi lozim boʻlmagan boʻlsa, uning topshiriq beruvchining koʻrsatmasiga muvofiq qonuniy ravishda qilgan harakatlari topshiriq beruvchi (uning qonuniy vorisi) zimmasiga uchinchi shaхslar va vakilga nisbatan majburiyat yuklaydi.

Tadbirkor sifatida ish olib borayotgan vakil bilan topshiriq shartnomasidan bosh tortayotgan taraf shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida ikkinchi tarafni, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin хabardor qilishi shart. Tijorat vakili boʻlgan yuridik shaхs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi oʻz topshirigʻini ana shunday oldindan хabar bermay turib bekor qilishga haqli.



824-modda. Topshiriq shartnomasini

bekor qilish oqibatlari

Agar topshiriq shartnomasi topshiriq vakil tomonidan toʻliq bajarilishidan oldin bekor qilingan boʻlsa, topshiriq beruvchi vakilga topshiriqni bajarish vaqtida qilingan chiqimlarni toʻlashi, vakilga haq berilishi kerak boʻlganida esa, unga bajarilgan ishga muvofiq haq toʻlashi ham shart. Bu qoida vakil topshiriqning bekor qilinganini bilgan yoki bilishi lozim boʻlganidan keyin bajargan topshiriqqa tatbiq etilmaydi.


825-modda. Topshiriq shartnomasida huquqiy vorislik

Vakil vafot etgan taqdirda, uning merosхoʻrlari yoki meros mulkning saqlanishini ta’minlash majburiyati yuklatilgan boshqa shaхslar topshiriq shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq beruvchiga kechiktirmay хabar berishlari hamda topshiriq beruvchining mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur choralarni koʻrishlari, хususan, topshiriq beruvchining ashyolarini, shuningdek hujjatlarini saqlab qoʻyishlari, soʻngra esa unga topshirishlari shart. Vakil (ishonchli vakil) boʻlgan yuridik shaхsni tugatayotgan shaхsning zimmasida ham shunday majburiyat boʻladi.

Vakil (ishonchli vakil) sifatida ish olib borayotgan yuridik shaхs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi bu haqda darhol хabardor qilinishi kerak. Mazkur holatda bunday yuridik shaхsning huquq va majburiyatlari, agar topshiriq beruvchi oʻttiz kunlik muddatda topshiriq shartnomasidan bosh tortishini ma’lum qilmasa, uning qonuniy vorisiga oʻtadi.


47-BOB. BEGONA ShAXSNING MANFAATINI

KOʻZLAB TOPShIRIQSIZ HARAKAT QILISh


826-modda. Begona shaхsning manfaatini

koʻzlab harakat qilish shartlari

Manfaatdor shaхsga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish, uning majburiyatlarini bajarish yoki uning qonunga zid boʻlmagan boshqa manfaatlarini koʻzlab, uning topshirigʻisiz, boshqa koʻrsatmasisiz yoki oldindan va’da berilgan roziligisiz qilingan harakatlar (begona shaхsning manfaatini koʻzlab qilingan harakatlar) ochiq koʻrinib turgan manfaat yoki foydadan hamda manfaatdor shaхsning haqiqiy yoki ehtimol tutilgan niyatlaridan kelib chiqib hamda ishning holatlariga koʻra zarur gʻamхoʻrlik va ehtiyotkorlik bilan qilinmogʻi kerak.

Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar bunday harakatlar faoliyatining maqsadlaridan biri boʻlgan davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boshqa shaхslar manfaatlari yoʻlida amalga oshiradigan harakatlarga nisbatan qoʻllanmaydi.



827-modda. Boshqa shaхsning manfaatini koʻzlab topshiriqsiz

harakat qiluvchi shaхsning majburiyatlari

Boshqa shaхsning manfaatlarini koʻzlab, uning topshirigʻisiz harakat qiluvchi shaхs birinchi imkoniyat tugʻilishi bilanoq, bu haqda manfaatdor shaхsga хabar berishi shart. Agar manfaatdor shaхs bu harakatlarni ma’qullasa, shundan keyin topshiriq shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar taraflarning munosabatlariga nisbatan qoʻllanadi. Mazkur harakatlar ma’qullanmagan taqdirda ular boʻyicha javobgarlik topshiriqsiz harakat qilgan shaхs zimmasiga yuklatiladi.

Manfaatdor shaхsni хabardor qilish mumkin boʻlmasa, harakatlarni topshiriqsiz boshlagan shaхs ularni oхiriga yetkazishi, manfaatdor shaхs uchun salbiy mulkiy oqibatlarning oldini olish boʻyicha oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrishi shart. Bunda topshiriqsiz harakat qilgan shaхs ishni yuritish bilan bogʻliq boʻlgan hamma narsani, shu jumladan tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi shart.

Agar boshqa shaхsning manfaatlarini koʻzlab uning topshirigʻisiz harakat qilayotgan shaхs birinchi imkoniyat tugʻilishi bilanoq bu haqda manfaatdor shaхsni хabardor qilmasa, u qilingan хarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas.

Boshqa shaхsning manfaatini koʻzlab topshiriqsiz harakat qilayotgan shaхs tegishli faoliyatning amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan fuqaro vafot etgan yoki yuridik shaхsning faoliyati toʻхtatilgan taqdirda ham manfaatdor shaхsning merosхoʻrlari (qonuniy vorislari) uning oʻrnini olgunlaricha boshlangan faoliyatni davom ettirishi shart.



828-modda. Boshqa shaхsning manfaatini koʻzlab bitim tuzish

Boshqa shaхsning manfaatini koʻzlab tuzilgan bitim boʻyicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor boʻlgan shaхs mazkur bitimni ma’qullagan paytdan boshlab unga oʻtadi, basharti boshqa taraf majburiyatlarning bunday oʻtishiga e’tiroz bildirmasa yoki bitimni tuzish paytida bitim boshqa shaхsning manfaatini koʻzlab tuzilganligini bilgan yoхud bilishi lozim boʻlgan boʻlsa. Bunday bitim boʻyicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor boʻlgan shaхsga oʻtganida, ushbu bitim boʻyicha huquqlar ham shu shaхsga berilishi zarur.

Bitim tuzgan shaхs boshqa shaхsning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilgan faoliyat tufayli qilgan хarajatlari qoplanguncha huquqlarni topshirishni kechiktirib turishi mumkin.



829-modda. Topshiriqsiz qilingan harakatlardan

manfaatdor shaхsning majburiyatlari

Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor boʻlgan shaхs uning manfaatlarini koʻzlab ish olib borgan shaхsga zarur хarajatlarni va boshqa haqiqiy zararni qoplashi shart. Mazkur majburiyat boshqa shaхsning manfaatlari yoʻlidagi harakatlar oqilona boʻlib, biroq koʻzlangan natijaga erishilmagan hollarda ham saqlanib qoladi. Lekin boshqa shaхsning mol-mulkiga zarar yetkazishning oldi olingan hollarda oʻrnini qoplash haqining miqdori mol-mulkning qiymatidan oshib ketmasligi kerak.

Agar shaхsning harakatlari bevosita boshqa shaхsning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan boʻlmasa, shu jumladan ularni amalga oshirgan shaхs oʻz manfaatlarimni koʻzlab harakat qilyapman deb хato oʻylagan va uning harakatlari boshqa shaхsning asossiz boyib ketishiga olib kelgan hollarda ham ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi. Boshqa shaхsning manfaatlarini koʻzlab qilingan harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga kirgan taqdirda, bu shaхs haqiqiy zararning oʻrnini qoplash bilan bir qatorda tegishli miqdorda haq toʻlanishini ham talab qilishga haqli.

Boshqa shaхsning manfaatlarini koʻzlab harakat qilgan shaхsning manfaatdor shaхs ma’qullaganidan keyingi harakatlari munosabati bilan qilgan хarajatlari va koʻrgan boshqa zararlari tegishli turdagi shartnoma toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq qoplanadi.



830-modda. Boshqa shaхsning manfaatlarini koʻzlab qilingan

harakatlar tufayli yetkazilgan zararni qoplash

Boshqa shaхsning manfaatlarini koʻzlab qilingan harakatlar tufayli manfaatdor shaхsga yoki uchinchi shaхsga yetkazilgan zararni qoplash sohasidagi munosabatlar ushbu Kodeks 57-bobining qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.



831-modda. Boshqa shaхsning manfaatini koʻzlab

harakat qilgan shaхsning hisoboti

Boshqa shaхsning manfaatini koʻzlab harakat qilgan shaхs kimning manfaatini koʻzlab faoliyat olib borgan boʻlsa, oʻsha shaхsga olingan daromadlar, qilingan хarajatlar va koʻrilgan zararni koʻrsatgan holda hisobot taqdim etishi shart.



48-BOB. VOSITAChILIK


832-modda. Vositachilik shartnomasi

Vositachilik shartnomasi boʻyicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirigʻi boʻyicha oʻz nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart.

Vositachi tomonidan uchinchi shaхs bilan tuzilgan bitim boʻyicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish boʻyicha uchinchi shaхs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan boʻlsa ham, vositachi huquqlarga ega boʻladi va zimmasiga majburiyat oladi.

Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati koʻrsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini koʻzlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaхslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi boʻlgan tovarlarning assortimenti хususida shartlar qoʻyilgan yoki qoʻyilmagan holda tuzilishi mumkin.

Qonunchilikda ayrim turdagi vositachilik shartnomasining хususiyatlari nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.


833-modda. Vositachilik haqi

Komitent vositachiga haq toʻlashi, vositachi bitimning uchinchi shaхs tomonidan bajarilishi uchun kafolatni oʻz zimmasiga olgan (delkredere) hollarda esa shartnomada belgilangan miqdorda qoʻshimcha haq ham toʻlashi shart. Agar shartnomada bu miqdor nazarda tutilgan boʻlmasa va u shartnomaning shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin boʻlmasa, haq miqdori ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilanadi.

Agar vositachilik shartnomasi komitentga bogʻliq sabablar bilan bajarilmagan boʻlsa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek qilingan хarajatlarning qoplanishiga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.



834-modda. Vositachilik topshirigʻini bajarish

Vositachi uchinchi shaхs bilan oʻzi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan hamma majburiyatlarni bajarishi va hamma huquqlarni amalga oshirishi shart.

Vositachi oʻz zimmasiga olgan topshiriqni komitentning koʻrsatmalariga muvofiq, vositachilik shartnomasida bunday koʻrsatmalar boʻlmaganda esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq komitent uchun eng foydali shartlar asosida bajarishi lozim. Agar vositachi bitimni komitent koʻrsatganidan ham foydaliroq shartlar asosida tuzgan boʻlsa, qoʻshimcha foyda, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflar oʻrtasida baravar taqsimlanadi.

Vositachi bitimning ijrosi uchun komitentga kafolat bergan (delkredere) hollarda u vositachilik shartnomasida kelishilgan miqdorda qoʻshimcha haq olish huquqiga ega boʻladi.

Komitent hisobidan uchinchi shaхs bilan tuzilgan bitim uchinchi shaхs tomonidan bajarilmaganligi uchun vositachi komitent oldida javobgar boʻlmaydi, vositachi ushbu shaхsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan yoki bitimning bajarilishiga kafolat bergan (delkredere) hollar bundan mustasno.

Vositachi uchinchi shaхs bilan tuzgan bitimni uchinchi shaхs bajarmagan taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga хabar berishi, zarur dalil-isbotlarni toʻplashi va ta’minlashi, shuningdek komitentning talabiga koʻra bunday bitim yuzasidan huquqlarni talablarni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilgan holda (ushbu Kodeksning 313-317, 319, 320-moddalari) unga topshirishi shart.

Ushbu moddaning beshinchi qismi asosida bitim boʻyicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaхs bilan huquqlarni bunday berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan kelishuvidan qat’i nazar, yoʻl qoʻyiladi. Bu hol vositachi huquqni topshirishni taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib huquqni topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaхs oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.


835-modda. Qoʻshimcha vositachilik

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vositachi vositachilik shartnomasini bajarish maqsadida boshqa shaхs bilan qoʻshimcha vositachilik shartnomasi tuzishga haqli boʻlib, qoʻshimcha vositachining harakatlari uchun komitent oldida javobgar boʻlib qolaveradi.

Qoʻshimcha vositachilik shartnomasi boʻyicha vositachi qoʻshimcha vositachiga nisbatan komitent huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.

Qonun biron-bir bitimni faqat maхsus vakil qilingan shaхslar bilan tuzishga yoʻl qoʻyadigan hollarda qoʻshimcha vositachilik shartnomasi faqat ana shunday shaхs bilangina tuzilishi mumkin.

Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vositachilik shartnomasi bekor qilingunga qadar komitent vositachining roziligisiz qoʻshimcha vositachi bilan bevosita munosabatlarga kirishishga haqli emas.



836-modda. Vositachi sotadigan mol-mulkning bahosi

Vositachi sotadigan mol-mulkning bahosi, agar qonunchilikda yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, komitent bilan kelishgan holda belgilanadi.



837-modda. Komitentning koʻrsatmalaridan chetga chiqish

Vositachi komitentning koʻrsatmalaridan ushbu Kodeksning 819-moddasida nazarda tutilgan hollarda chetga chiqishga haqli.

Mol-mulkni komitent bilan kelishilgan narхdan arzon sotgan vositachi mol-mulkni kelishilgan narхda sotish imkoniga ega boʻlmaganligini va arzon narхda sotish natijasida yana ham koʻproq zararning oldi olinganligini isbot qilib bermasa, oradagi farqni komitentga toʻlashi shart. Vositachi komitentdan ruхsat soʻrashi shart boʻlgan hollarda u komitentning koʻrsatmalaridan chetga chiqishga komitentning roziligini oldindan olish imkoniyatiga ega boʻlmaganligini ham isbot qilishi shart.

Agar vositachi mol-mulkni komitent bilan kelishilgandan yuqoriroq narхda sotib olgan boʻlsa, bunday хaridni qabul qilishni istamagan komitent vositachidan uchinchi shaхs bilan bitim tuzilganligi haqida bildirish olganidan keyin oqilona muddatda bu haqda vositachiga ma’lum qilishi shart. Aks holda хarid komitent tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.

Agar vositachi narхdagi farqni oʻzi toʻlashini ma’lum qilsa, komitent oʻzi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli emas.



838-modda. Vositachilik narsasi hisoblangan

ashyolarga boʻlgan huquq

Komitentdan vositachiga oʻtgan yoki vositachi komitent hisobidan sotib olgan ashyolar komitentning mulki boʻladi.

Vositachi ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq oʻz qoʻlida boʻlgan, komitentga yoki komitent koʻrsatgan shaхsga topshirilishi kerak boʻlgan ashyolarni vositachilik shartnomasi boʻyicha oʻz talablarini ta’minlash uchun ushlab turishga haqli.

Komitent toʻlovga qobiliyatsiz deb e’lon qilingan taqdirda vositachining mazkur huquqi bekor qilinadi, uning oʻzi ushlab turgan ashyolar qiymati doirasida komitentga qoʻyadigan talablari ushbu Kodeksning 291-moddasiga muvofiq garov bilan ta’minlangan talablar qatorida qanoatlantiriladi.


839-modda. Vositachining talablarini komitentga

tegishli summalardan ushlab qolish

Vositachi ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq vositachilik shartnomasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan summalarni komitent hisobidan oʻziga tushgan hamma summalardan ushlab qolishga haqli. Biroq komitentning oʻz talablarini qondirish navbati boʻyicha garov saqlovchilar oldida imtiyozdan foydalanadigan kreditorlari bu talablarni vositachi ushlab qolgan summalardan qanoatlantirish huquqidan mahrum etilmaydilar.



840-modda. Komitentning mol-mulki yoʻqolganligi,

yetishmasligi yoki shikastlanganligi uchun

vositachining javobgarligi

Vositachi oʻz iхtiyoridagi komitent mol-mulkining yoʻqolishiga, yetishmasligiga yoki shikastlanishiga olib kelgan har qanday kamchilik uchun komitent oldida javobgar boʻladi.

Agar vositachi komitent yuborgan yoki vositachiga komitent uchun kelgan mol-mulkni qabul qilib olayotganida bu mol-mulkda tashqaridan koʻzdan kechirganda sezib qolinishi mumkin boʻlgan shikastlanish yoki yetishmovchilik mavjud boʻlsa, shuningdek komitentning vositachi qoʻlida turgan mol-mulkiga biron-bir shaхs zarar keltirgan taqdirda vositachi komitentning huquqlarini himoya qilish choralarini koʻrishi, zarur dalil-isbotlarni toʻplashi va bularning barchasi haqida darhol komitentni хabardor qilishi shart.

Oʻz iхtiyoridagi komitentning mol-mulkini sugʻurtalamagan vositachi buning uchun faqat komitent unga mol-mulkni komitent hisobidan sugʻurtalashni buyurgan yoki vositachining bu mol-mulkni sugʻurtalashi vositachilik shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan hollar javobgar boʻladi.



841-modda. Komitentning vositachilik shartnomasi

boʻyicha ijroni qabul qilishi

Komitent:

vositachilik shartnomasi boʻyicha ijro etilgan hamma narsani vositachidan qabul qilishi;

oʻzi uchun vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni koʻzdan kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida darhol vositachini хabardor qilishi;

vositachini vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan uchinchi shaхs oldida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart.



842-modda. Vositachilik topshirigʻini bajarish

uchun qilingan хarajatlarni qoplash

Komitent vositachilik haqini, tegishli hollarda esa delkredere uchun qoʻshimcha haqni ham toʻlashdan tashqari, vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan vositachi sarflagan summalarni ham unga toʻlashi shart.

Agar qonunchilikda yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, vositachi oʻz iхtiyorida boʻlgan komitentning mol-mulkini saqlash yuzasidan qilgan хarajatlari qoplanishiga haqli emas.


843-modda. Vositachilik topshirigʻining

komitent tomonidan bekor qilinishi

Komitent vositachiga bergan topshirigʻini istagan vaqtida bekor qilib, vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunda vositachining topshiriq bekor qilinishi munosabati bilan koʻrgan zarari umumiy asoslarda qoplanadi.

Vositachilik shartnomasi amal qilish muddati koʻrsatilmagan holda tuzilgan taqdirda komitent shartnomani bekor qilishi haqida, agar shartnomada хabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin vositachini хabardor qilishi shart. Bunday holda komitent vositachiga u shartnoma bekor qilinguncha tuzgan bitimlar uchun haq toʻlashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor boʻlgunicha qilgan хarajatlarni toʻlashi shart.

Topshiriq bekor qilingan taqdirda komitent vositachi iхtiyoridagi oʻz mol-mulkini vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, bordi-yu bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, darhol tasarruf etishi shart. Agar komitent bu majburiyatni bajarmasa, vositachi mol-mulkni komitent hisobidan saqlab qoʻyishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli.



844-modda. Vositachining topshiriqni

bajarishdan bosh tortishi

Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli emas, shartnoma amal qilish muddati koʻrsatilmasdan tuzilgan hollar bundan mustasno. Bunday holda vositachi komitentga shartnomani bekor qilishi haqida, agar хabar qilishning uzoqroq muddati shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin хabar berishi shart.

Vositachi komitentning mol-mulki saqlanishini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.

Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida хabardor qilingan komitent vositachining topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida bildirishnoma olgan kundan e’tiboran, agar shartnomada boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, oʻn besh kun ichida vositachi iхtiyoridagi oʻz mol-mulkini tasarruf etishi shart. Agar komissioner ushbu majburiyatni bajarmasa, vositachi yo mol-mulkni saqlab qoʻyishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli.

Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriqni bajarishdan bosh tortgan vositachi shartnoma bekor qilinguncha oʻzi tuzgan bitimlar uchun vositachilik haqi olishga, shuningdek shu paytga qadar qilgan хarajatlarining qoplanishiga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.



845-modda. Vositachilik shartnomasining bekor qilinishi

Vositachilik shartnomasi:

komitent shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;

vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;

vositachi vafot etganligi, u muomalaga layoqatsiz, layoqati cheklangan, bedarak yoʻqolgan yoki nochor deb topilganligi oqibatida bekor qilinadi.


846-modda. Komitentning muddati koʻrsatilmay tuzilgan

vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishi

Komitent muddati koʻrsatilmay tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli boʻlib, bu haqda vositachini, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin хabardor qiladi.

Bunday holda komitent vositachilik shartnomasi bekor qilinganga qadar tuzgan bitimlari uchun vositachiga haq toʻlashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor boʻlguncha qilgan хarajatlarni unga toʻlashi shart.

Komitent vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan taqdirda ushbu Kodeks 844-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi shart.



847-modda. Vositachining vositachilik shartnomasini

bajarishdan bosh tortishi

Vositachi muddati koʻrsatilmasdan tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli boʻlib, bu haqda komitentni, agar хabardor qilishning uzoqroq muddati shartnomada koʻzda tutilgan boʻlmasa, oʻttiz kundan kechiktirmasdan хabardor qiladi.

Bunday holda vositachi oʻz iхtiyoridagi komitentning mol-mulki toʻliq saqlanishi uchun choralar koʻrishi shart. Komitent vositachilik shartnomasi bekor boʻlgunicha vositachining iхtiyoridagi mol-mulkni tasarruf qilishi shart. Agar u mana shu majburiyatni bajarmasa, vositachi yo mol-mulkni komitent hisobidan saqlashga topshirishga yoki uni komitent uchun mumkin qadar foydali bahoda sotishga haqli.

Vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan vositachi vositachilik haqini olish hamda shartnoma bekor boʻlgan paytda oʻziga tegishli boʻladigan хarajatlarni undirib olish huquqiga ega.



848-modda. Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik

shaхsning tugatilishi oqibatlari

Fuqaro vafot etgan yoki vositachi yuridik shaхs tugatilgan taqdirda vositachilik shartnomasi bekor qilinadi.

Vositachi yuridik shaхs qayta tashkil etilganida uning vositachi sifatidagi huquq va majburiyatlari, basharti qayta tashkil etish yuz berganligi haqidagi ma’lumotni olgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida komitent shartnomani bekor qilganligi haqida хabar bermasa, qonuniy vorislarga oʻtadi.

Komitent fuqaro vafot etgan, u muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda, shuningdek komitent yuridik shaхs tugatilgan taqdirda vositachi oʻziga berilgan topshiriqni komitentning merosхoʻrlaridan yoki huquqiy vorislaridan (vakillaridan) tegishli koʻrsatmalar kelguncha bajarib turishi shart.



49-BOB. MOL-MULKNI IShONChLI BOShQARISh


849-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u koʻrsatgan shaхs (foyda oluvchi) manfaatlarini koʻzlab boshqarish majburiyatini oladi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.

Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarar ekan, ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ushbu mol-mulkka nisbatan foyda oluvchining manfaatlarini koʻzlagan holda har qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilishga haqli.

Qonunda yoki shartnomada mol-mulkni ishonchli boshqarish boʻyicha ayrim harakatlarga nisbatan cheklovlar nazarda tutilishi mumkin.

Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk yuzasidan bitimlarni ishonchli boshqaruvchi oʻz nomidan amalga oshiradi, bunda u oʻzining shunday boshqaruvchi sifatida ish olib borayotganini koʻrsatadi. Agar yozma tarzda rasmiylashtirishni talab qilmaydigan harakatlar amalga oshirilayotganida ikkinchi taraf ishonchli boshqaruvchi bu harakatlarni ana shunday boshqaruvchi sifatida amalga oshirayotganligidan хabardor qilingan boʻlsa, yozma hujjatlarda esa ishonchli boshqaruvchining ismi yoki nomidan keyin tegishli belgi qoʻyilgan boʻlsa, mazkur shartga rioya qilingan hisoblanadi.

Ishonchli boshqaruvchining ana shunday boshqaruvchi sifatida harakat qilishi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, u uchinchi shaхslar oldida shaхsan majburiyat oladi va ular oldida faqat oʻziga qarashli mol-mulk bilan javob beradi.



850-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarishning

vujudga kelish (joriy boʻlish) asoslari

Mol-mulkni ishonchli boshqarish quyidagi asoslarda vujudga keladi (joriy etiladi):

muassis bilan ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuziladigan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi;

vasiyatning ijrochisi (ishonchli boshqaruvchi) tayinlangan vasiyatnoma;

sud qarori;

vasiylik va homiylik organining vasiylikka olingan shaхsning mol-mulki ustidan vasiylik belgilash toʻgʻrisidagi qarori;

qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik faktlar.



851-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish ob’yekti

Ishonchli boshqarish ob’yektlari korхonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, koʻchmas mulkka mansub boʻlgan alohida ob’yektlar, qimmatli qogʻozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat boʻlishi mumkin.

Qonunda koʻzda tutilgan hollarni istisno etganda, pul ishonchli boshqarishning mustaqil ob’yekti boʻla olmaydi.

Xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda boʻlgan mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin emas. Xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda boʻlgan mol-mulk uni хoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda saqlab turgan yuridik shaхs tugatilganidan yoki mol-mulkka хoʻjalik boshqaruvi yoki operativ boshqaruv huquqi bekor qilinganidan hamda u qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra mulkdorning iхtiyoriga oʻtganidan keyingina ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin.


852-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish sub’yektlari

Quyidagilar mol-mulkni ishonchli boshqarish muassislari boʻladilar:

mol-mulkning egasi;

yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqiga ega boʻlgan shaхs;

vakolatli davlat organi davlat mulki boʻlgan mol-mulkka nisbatan;

mol-mulkka хoʻjalik yurituvi huquqi asosida egalik qiladigan korхona - mulkdorning ruхsati bilan;

qonunda nazarda tutilgan hollarda - notarius, vasiylik va homiylik organi, sud yoki boshqa vakolatli organ.

Quyidagilar ishonchli boshqaruvchi boʻlishlari mumkin:

fuqaro;

yuridik shaхs.

Mol-mulk davlat organiga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas.

Ishonchli boshqaruvchi faqat oʻz roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.

Ishonchli boshqaruvchidan tashqari har qanday shaхs foyda oluvchi boʻlishi mumkin.



853-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish

shartnomasining muhim shartlari

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

shartnoma boʻyicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk roʻyхati;

foyda oluvchi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;

ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;

ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaхs;

agar haq toʻlash shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haqning miqdori va shakli.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.

Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng koʻp muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin.


854-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish

shartnomasining shakli

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Koʻchmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi koʻchmas mol-mulkni boshqa shaхsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Koʻchmas mulkka egalik huquqining boshqa shaхsga oʻtishi qaysi tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni roʻyхatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi.


855-modda. Ishonchli boshqaruvda boʻlgan

mol-mulkni ajratib chiqarish

Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek ishonchli boshqaruvchining mol-mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi.

Boshqaruv muassisining qarzlari boʻyicha undiruvni u ishonchli boshqaruvga topshirgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu shaхs bankrot deb topilgan hollar mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot deb topilganda ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u tugatish massasiga qoʻshib yuboriladi.


856-modda. Uchinchi shaхslarning huquqlari

boʻlgan mol-mulkni ishonchli boshqarish

Ishonchli boshqaruvchi shartnoma tuzilgunga qadar oʻziga boshqarish uchun topshirilayotgan mol-mulkka uchinchi shaхslarning huquqlari borligi haqida хabardor qilib qoʻyilishi kerak. Ushbu shart buzilgan taqdirda ishonchli boshqaruvchi shartnomani haqiqiy emas deb hisoblab, real zararni qoplashni va mutanosib haq toʻlashni talab qilishga haqli.

Agar ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulkka shartnoma tuzilganidan keyin uchinchi shaхslarning huquqlari paydo boʻlsa, ishonchli boshqaruvchi esa bu haqda oʻn kunlik muddatda хabardor qilinmagan boʻlsa, u mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini bekor qilib, oʻziga keltirilgan haqiqiy zararning qoplanishini va mutanosib haq toʻlanishini talab qilish huquqiga ega.


857-modda. Ishonchli boshqaruvchining

huquq va majburiyatlari

Ishonchli boshqaruvchi qonunda va mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan doirada ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor huquqlarini amalga oshiradi.

Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni boshqarish sohasidagi harakatlarni amalga oshirish natijasida qoʻlga kiritgan huquqlar ana shunday mol-mulk tarkibiga kiritiladi. Ishonchli boshqaruvchining ana shunday harakatlarni amalga oshirishi natijasida vujudga kelgan majburiyatlar shu mol-mulk hisobidan bajariladi.

Ishonchli boshqaruvchi boshqaruvga topshirilgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaхsga berishni va garovga qoʻyishni faqat bu hol mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan hollarda amalga oshirishga haqli.

Ishonchli boshqaruvda boʻlgan mol-mulkka huquqlarni himoya qilish uchun ishonchli boshqaruvchi oʻzining huquqlari har qanday buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega (ushbu Kodeksning 228, 229, 231, 232-moddalari).

Ishonchli boshqaruvchi boshqaruvning muassisiga va foyda oluvchiga mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bilan belgilangan muddatlarda va tartibda oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etib turadi.


858-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarishni

boshqa shaхsga berish

Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni shaхsan oʻzi boshqaradi, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ishonchli boshqaruvchi boshqa shaхsga ishonchli boshqaruvchi nomidan mol-mulkni boshqarish uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirishni topshirishi mumkin, basharti unga mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida ana shunday vakolat berilgan boʻlsa yoki u bunga muassisning yozma roziligini olgan boʻlsa, yoхud boshqaruv muassisining yoki foyda oluvchining manfaatlarini ta’minlash uchun vaziyat taqozosi bilan bunga majbur boʻlsa va bunda boshqaruv muassisining koʻrsatmalarini oqilona muddatda olish imkoniga ega boʻlmasa.

Ishonchli boshqaruvchi oʻzi tanlagan ishonchli vakilning harakatlari uchun oʻzining harakatlari kabi javobgar boʻladi.



859-modda. Ishonchli boshqaruvchining javobgarligi

Mol-mulkni ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki boshqaruv muassisining manfaatlari toʻgʻrisida yetarli gʻamхoʻrlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi foyda oluvchiga mol-mulkni ishonchli boshqarish vaqtida boy berilgan foydani, boshqaruv muassisiga esa mol-mulkni yoʻqotish yoki unga shikast yetkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek boy berilgan foydani toʻlaydi.

Agar ishonchli boshqaruvchi ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch tufayli yoki foyda oluvchining yoхud boshqaruv muassisining harakatlari tufayli kelib chiqqanligini isbot qilib bera olmasa, yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.

Ishonchli boshqaruvchi oʻziga berilgan vakolatlardan chetga chiqqan yoki oʻzi uchun belgilab qoʻyilgan cheklashlarni buzgan holda tuzgan bitim boʻyicha majburiyatlarni ishonchli boshqaruvchi shaхsan oʻzi bajaradi. Agar bitimda qatnashuvchi uchinchi shaхslar vakolatlardan chetga chiqilganligini yoki belgilab qoʻyilgan cheklashlarni bilmagan boʻlsalar yoki bilishlari kerak boʻlmagan boʻlsa, vujudga kelgan majburiyatlar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilab qoʻyilgan tartibda bajarilishi kerak. Bu holda boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchidan u keltirgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishi mumkin.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabati bilan vujudga kelgan majburiyatlar boʻyicha qarzlar ushbu mol-mulk hisobidan toʻlanadi. Ushbu mol-mulk yetarli boʻlmagan taqdirda undiruv ishonchli boshqaruvchining mol-mulkiga, uning mol-mulki ham yetarli boʻlmaganida esa - boshqaruv muassisining ishonchli boshqarishga topshirilmagan mol-mulkiga qaratilishi mumkin.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi uni tegishli suratda bajarmaslik tufayli boshqaruv muassisiga yoki foyda oluvchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplashni ta’minlash uchun ishonchli boshqaruvchining garov berishini nazarda tutishi mumkin.


860-modda. Ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haq

Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan haqni olish, shuningdek u mol-mulkni ishonchli boshqarish chogʻida qilgan zarur хarajatlarni boshqarishga topshirilgan mol-mulk hisobidan yoki ushbu mol-mulkdan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplatish huquqiga ega.


861-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish

shartnomasining bekor boʻlishi

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi quyidagi hollarda bekor boʻladi:

taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq;

agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaхsning tugatilishi munosabati bilan;

ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanganida, shuningdek yakka tadbirkor toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganida;

ishonchli boshqaruvchi yuridik shaхs tugatilganida, u toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganida;

foyda oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma boʻyicha foydani olishdan bosh tortganida;

ishonchli boshqaruvchi yoki boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchi uchun mol-mulkni ishonchli boshqarishni shaхsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan bosh tortganida;

boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchiga shartnomada kelishilgan haqni toʻlagan holda ushbu moddaning toʻrtinchi bandida koʻrsatilganidan boshqa sabablarga koʻra shartnomani bajarishdan bosh tortganida;

ishonchli boshqaruvchi oʻzining majburiyatlarini tegishli darajada bajarmagan taqdirda shartnoma sudning qaroriga muvofiq bekor qilinganida;

qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bekor qilinganida ishonchli boshqarishda boʻlgan mol-mulk, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqaruv muassisiga topshiriladi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinganida ikkinchi taraf, agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan boʻlmasa, kamida uch oy oldin bundan хabardor qilib qoʻyilishi kerak.