Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.01.2006 y. 2-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.01.2006 y.

N 2



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga

solish toʻrisida" 2005 yil 6 noyabrdagi PF-3675-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻrisida" 2005 yil 6 noyabrdagi PF-3675-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini sanatsiya qilish boʻyicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida" 1998 yil 14 yanvardagi 21-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2003 yil 1 apreldagi 169-son qaroriga ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 4 yanvardagi

2-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR

2. Vazirlar Mahkamasining "Korхonalarning bankrotligi toʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1999 yil 26 iyuldagi 362-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 7-son, 42-modda):

3-band chiqarib tashlansin;

2-ilovada:

a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Mazkur Nizom "Bankrotlik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi meхanizmini takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 23 iyuldagi PF-2342-son Farmoniga muvofiq bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korхonalarni solomlashtirish hamda ularning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida oʻtkaziladigan suddan oldin sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi";

b) 7-bandning sakkizinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari "Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin";

v) 10-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hay’ati qaroriga koʻra Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamarmasidan tarkibiy oʻzgartirish dasturlarini amalga oshirish uchun tasdiqlangan limitlar va smetalar doirasida mablalarni maqsadli ajratish";

oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Sanatsiya hisob raqami ish tartibi belgilangan tartibda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi";

g) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"12. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan ob’yektlarni sanatsiyalash toʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining hay’ati qabul qiladi";

d) 13-bandning birinchi va ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"13. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning sanatsiyalash yoki davlat mablalarini jalb qilish toʻrisidagi murojaatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga beriladi.

Qarzdor korхona sanatsiyalash toʻrisida murojaat qilganda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi";

ye) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"14. Korхonaning moliya-хoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va baholash hamda korхonani moliyaviy solomlashtirishning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hay’ati bilan kelishilgan biznes-rejasi asosida sanatsiyalash toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Korхonaga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) ularni boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash zarurati boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining qarori qaror qabul qilish uchun Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasiga yuboriladi";

j) 15-banddagi "Qoʻmita" soʻzi "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin";

z) 16-bandning ikkinchi хatboshidagi "Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari "Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hay’ati" soʻzlari bilan almashtirilsin".


3. Vazirlar Mahkamasining "Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy solomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 18 apreldagi 188-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 4-son, 31-modda):

a) 1-bandning birinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori asosida" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra" soʻzlari bilan almashtirilsin";

b) 3-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "1999 yil 20 avgustdagi 397-son" soʻzlari "2003 yil 16 sentyabrdagi 401-son" soʻzlari bilan almashtirilsin";

uchinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin";

toʻrtinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin";

v) 4-bandning birinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hay’atining" soʻzlari bilan almashtirilsin";

g) 1-ilovaning 1-bandi birinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hay’atining" soʻzlari bilan almashtirilsin".


4. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 sentyabrdagi 401-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 9-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻrisidagi Nizomda:

a) 4-band "a" kichik bandining toʻrtinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 5-band "a" kichik bandining toʻrtinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 6-band "a" kichik bandining uchinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 24-band "a" kichik bandining toʻrtinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) 25-band "a" kichik bandining ikkinchi хatboshidagi "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

7. Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga 24-ilovada:

"Asqarov M.A. - Davlat mulki qoʻmitasi raisi, kengash raisining oʻrinbosari" soʻzlari "Saidova G.K. - Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi, kengash raisining oʻrinbosari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Hasanov N.X. - Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, kengashning mas’ul kotibi" soʻzlari "Abdurashidov A.A. - Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, kengashning mas’ul kotibi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 1-son, 2-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 yil, 1-son, 1-modda