Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 106-son, Xalq ta’limi vazirligining 43-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 01-356-son "Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 30.12.2005 y. Qarori (AV tomonidan 18.01.2006 y. 1540-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.01.2006 y.

N 1540

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

30.12.2005 y.

N 106

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING

30.12.2005 y.

N 43

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZINING

30.12.2005 y.

N 01-356


QARORI


Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan

oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish

tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida


(2006 yil 28 yanvardan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rabatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 25 noyabrdagi PQ-227-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq QAROR QILINADI:


1. "Rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻrisida nizom" ilovaga koʻra tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 29 sentyabrda 1414-son bilan roʻyхatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazining "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimi boshqaruv organlari va oʻquv yurtlarining rahbar va pedagogik kadrlari attestatsiyasi toʻrisida nizomini tasdiqlash haqida"gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan oʻn kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri

O. Obidov

Xalq ta’limi vaziri

T. Joʻrayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazi direktori

B. Ismoilov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 3-son, 19-modda.