Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.07.2000 y. 262-son "Jismoniy shaхslar tomonidan tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.07.2000 y.

N 262



JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN

TOVARLARNING  AYRIM TURLARINI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA

OLIB KELIShNI TAShKIL ETIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Jismoniy shaхslar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan iste’mol tovarlarining ayrim turlarini olib kelishni tartibga solish va ular bilan ichki bozorni toʻldirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilansinki, jismoniy shaхslar tomonidan respublika hududiga tijorat faoliyati uchun un, oʻsimlik moyi va mol yoi olib kelishda jismoniy shaхslar (oʻzlari qatnab olib keladigan shaхslar) tomonidan olib kelinadigan tovarlardan yiim bojsiz olib kelishning belgilangan cheklangan normalarni qoʻllangan holda amaldagi stavka boʻyicha ular bojхona qiymatining 50 foizi miqdorida undiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tijorat faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslardan bojхona toʻlovlarni va yiimlari undirishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., N 7, 37-modda.