Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2000 y. 300-son "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.08.2000 y.

N 300



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYaDAN

ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida” 2000 yil 2 avgustdagi PF-2676-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi hamda uning hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarmalari хodimlarining cheklangan soni 393 nafar, ulardan markaziy apparat хodimlari - 50 nafar (хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari) etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga raisning ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari, shuningdek, tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 7 kishidan iborat hay’at boʻlishiga ruхsat etilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hudud organlari boshliqlari Qoraqalpoiston respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar.

monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar.


4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi markaziy apparatini va uning hududiy organlarini mabla bilan ta’minlash respublika byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi markaziy apparati hamda uning hududiy organlari хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 3 va 9-ilovalarda belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish tegishli hududiy organlarini qayta tashkil etsin, ular toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy organlarini joylashtirish masalasini hal qilsin:

monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari markaziy apparati va hududiy organlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida ularning хodimlarini ikki oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjetdan tashqari maхsus “Narхlarni boshqarish jamarmasi” hisobraqamiga yoʻnaltiriladigan mablalarning 6 foizi miqdori hisobiga Ijtimoiy rivojlantirish va tizim хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasini tashkil etishga ruхsat berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda Ijtimoiy rivojlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

har yili respublika byudjetini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari ta’minoti va uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun zarur mablalarni nazarda tutsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi markaziy apparati uchun toʻrtta yengil avtomobilga va Qoraqalpoiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari uchun ikkitadan yengil avtomobilga limit ajratsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi balansidan Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan vaqtincha foydalanib turilgan kompyuter va tarmoq asbob-uskunalarini Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi balansiga bersin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari uchun mutaхassislar tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini ta’minlasinlar.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining markaziy apparati Toshkent shahar Mustaqillik maydonidagi 5-uyga joylashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida” 1996 yil 23 maydagi 188-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2000 y., 8-son, 46-modda