Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2000 y. 455-son "Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalari tuzilmasini tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.11.2000 y.

N 455



VILOYaTLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR

HOKIMLIKLARI HUZURIDAGI NAZORAT

INSPEKSIYaLARI TUZILMASINI

TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlarining joylardagi davlat hokimiyati organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat tashkil etilishini ta’minladilar.

Shu bilan birga iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish yoʻlini izchillik bilan amalga oshirish davlat nazorati tizimida eng avvalo davlatning nazorat va boshqarish funksiyalarini qisqartirishga, uning korхonalar хoʻjalik faoliyatiga aralashuvini cheklashga yoʻnaltirilgan yangi yondashuvlar va usullarni talab etmoqda.

Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2001 yil 1 yanvardan boshlab viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari nazorat inspeksiyalarining rahbarlari lavozimlari tugatilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining bajarilishini nazorat qilish, tegishli hududlarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ijro intizomini takomillashtirish masalalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.


3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nazorat inspeksiyalari appparati negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish boʻyicha boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda nazorat boʻlimi deb ataladi) tashkil etilsin va ular bevosita viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysundirilsin.

Nazorat boʻlimlariga, shaharlar va tumanlar hokimliklarida  bosh inspektorlar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar bilan birigalikda korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilayotgan tekshirishlarni tartibga solish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash funksiyalari yuklansin.


4. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari nazorat boʻlimlarining tuzilmasi va inspektorlarining cheklangan soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga nazorat inspeksiyasi apparati tuzilmasini mazkur qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 17 iyundagi 301-son qaroriga (1 va 2-ilovalarga) va 1997 yil 30 sentyabrdagi 459-son qaroriga (1, 1a, 2, 2a, 3, 3a, 3b, 4 va 4a-ilovalarga) tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                          I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 21 noyabrdagi

455-son qaroriga

ILOVA


Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari nazorat

boʻlimining tuzilmasi va inspektorlarning

ChEKLANGAN SONI

Lavozimlarning

nomi


Shtat

birliklarining

soni


Yagona tarif setkasi boʻyicha

mehnatga haq toʻlash razryadlari


toifada

boʻlmagan


1 toifa


2 toifa


3 toifa


Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari

Bosh inspek tor


1

-

10

10

-

Qishloq tumanlari hokimliklari

Bosh inspek tor

1

-

11

10

-

Shaharlardagi tumanlar hokimliklari

Bosh inspek tor


1

-

10

9

-