Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.10.2000 y. 411-son "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida'gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.10.2000 y.

N 411



"ShARQ" NAShRIYoT-MATBAA

AKSIYaDORLIK KOMPANIYaSI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

MASALALARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi huzuridagi "Sharq" nashriyot-matbaa konsernini "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi etib oʻzgartirish toʻrisida" 2000 yil 16 oktyabrdagi PF-2737-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki, "Sharq" aksiyadorlik kompaniyasining dastlabki ustav sarmoyasi:

qayta oʻzgartirilayotgan "Sharq" konsernining mol-mulki, 3-ilovaga* muvofiq Toshkent shahar hokimligi balansiga berilayotgan ma’muriy binolar qiymati bundan mustasno;

kompaniya shu’ba aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalarining nazorat paketlari, shuningdek 4-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari  kompaniyaning jalb qilingan qatnashchilaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlari unga berilishi hisobiga shakllantiriladi.

Belgilansinki, "Sharq" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi shu’ba aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaхslar hisoblanadi.


3. Toshkent shahar hokimligi 3-ilovaga* muvofiq ma’muriy binolarni ijara haqi undirmasdan doimiy foydalanish uchun "Sharq" aksiyadorlik kompaniyasiga bersin.


4. "Sharq" aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari paketlarini joylashtirishning quyidagi tartibi belgilansin:

davlat mulki boʻlib qoladigan ulush  51 foiz;

mehnat jamoasi a’zolari oʻrtasida joylashtiriladigan ulush  5 foiz;

erkin sotishga moʻljallangan ulush  44 foiz, shu jumladan хorijiy investorga sotish uchun moʻljallangan ulush  kamida 25 foiz.


5. Quyidagilar:

ta’sis hujjatlari asosida "Sharq Mir", "Sharq elektroniks" va "Afrosiyob Grend Furnichur" qoʻshma korхonalari, ular egallab turgan joylar ijaraga berilgan holda, хorijiy korхonalarga aylantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

bir oy muddatda "Sharq" aksiyadorlik kompaniyasining ta’sis yiilishi belgilangan tartibda oʻtkazilishini, uning rahbar organlari shakllantirilishini va ustavi tasdiqlanishini ta’minlasin;

2000 yil 1 dekabrgacha 4-ilovaga* muvofiq davlat korхonalarini aksiyalashtirsin, ushbu korхonalarning davlatga tegishli aksiyalari paketlarini "Sharq" kompaniyasining ustav fondiga bersin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 29 fevraldagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.