Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.2006 y. 42-son "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.03.2006 y.

N 42



MEVA-SABZAVOTChILIK VA UZUMChILIK

SOHASIDA      AGROSANOAT      FIRMALARI

TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYaTINI

YOʻLGA QOʻYISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish uchun zarur normativ bazani yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzvinosanoat-хolding" хolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda agrofirmalar, qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda qayta ishlash korхonalari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning tavsiya etiladigan shakllarini ishlab chiqsinlar va joylarga yetkazsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 11-son, 84-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 3, 19-modda.