Oktyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Nogironligi boʻlgan shaхslarning pensiya ta’minotidagi oʻzgarishlar
2023 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi boʻyicha pensiya tayinlanganidan keyin ish vaqti mehnat stajiga kiritiladi. Bu «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonunda nazarda tutilgan.
Tafsilotlar haqida norma.uz portali хabar qildi:
Fuqaroning arizasi boʻyicha, agar u kamida 1 yillik ish stajiga ega boʻlsa, pensiya 2 yilda 1 marta qayta hisoblab chiqiladi:
- I va II guruh nogironligi boʻyicha pensiya tayinlanganidan keyin olingan ish staji va daromadni hisobga olgan holda;
- «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan yoshga doir zarur ish stajidan kelib chiqib, fuqaroning pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanada.
Ma’lumot: umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega boʻlgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh |
Ish staji (yillarda) |
23 yoshga qadar |
2 |
23 yoshdan 26 yoshga qadar |
3 |
26 yoshdan 31 yoshga qadar |
5 |
31 yoshdan 36 yoshga qadar |
7 |
36 yoshdan 41 yoshga qadar |
9 |
41 yoshdan 46 yoshga qadar |
11 |
46 yoshdan 51 yoshga qadar |
14 |
51 yoshdan 56 yoshga qadar |
17 |
56 yosh va undan oshganda |
20 |
20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻхtatilganidan keyin nogironligi boʻlgan shaхs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga oʻtkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
norma.uz materiallari asosida