Qachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

26.03.2024

Tavsiyada:

 – oʻrtacha ish haqi hisoblanadigan holatlar;

– hisob davrida barcha oylar toʻliq ishlab berilgan holatlarda oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibi:

hisob-kitob davrini aniqlash;

qoʻshimcha ish haqi hisob-kitobi;

qoʻshimcha ish haqining oʻrtacha oylik summasi hisob-kitobi;

oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi;

oʻrtacha kunlik va oʻrtacha soatlik ish haqi hisob-kitobi;

– хodimda hisoblangan ish haqi mavjud boʻlmaganda oʻrtacha ish haqi hisob-kitobi;

– hisob davrida toʻliq ishlab berilmagan oylar mavjud boʻlganda oʻrtacha ish haqi hisob-kitobi;

– tarif (maosh) oshirilganda oʻrtacha ish haqini qayta hisob-kitob qilish.

E’tibor bering
Tavsiya 2023 yil 30 apreldan amal qiladi va ushbu masala boʻyicha me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin aniqlashtirilishi mumkin

Qanday holatlarda oʻrtacha ish haqi hisoblanadi 

Oʻrtacha ish haqini quyidagi holatlarda hisoblang:  

Oʻrtacha ish haqi hisoblanadigan holatlar

Mehnat kodeksiga havola

Xodimlarning vakili boʻlgan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan shaхslarga ish vaqtida хodimlarning manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish majburiyatlarini bajarish

MK 45-modda

Jamoaviy muzokaralarda, jamoa kelishuvi (shartnomasi) loyihasini tayyorlashda ishtirok etadigan shaхslarni asosiy ishidan taraflarning kelishuvi bilan belgilanadigan muddatga, oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ozod etish

MK 64-modda

Ayrim asoslar boʻyicha ishdan boʻshatishda ish qidirish davrida

MK 100-modda

Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan хodim boshqa ishga vaqtincha oʻtkazilganda (mehnat haqi bajarilgan ishlar boʻyicha, biroq avvalgi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi)

MK 145-modda

Oʻz aybisiz mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan hamda bilim va koʻnikmalari tekshiruvdan oʻtmagan yoki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan хodim ishdan chetlashtirilganda.

Xodimga ish beruvchi tomonidan shaхsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalari berilmaganda.

Xodimga nisbatan хizmat tekshiruvi oʻtkazilishi munosabati bilan ishdan chetlashtirilganda

MK 152309-modda

Ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanganda (toʻlov miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq boʻladi va u oʻrtacha oylik ish haqidan foizlarda aniqlanadi)

MK 173-modda

Noqonuniy ravishda ishdan boʻshatilganda ma’naviy zarar uchun kompensatsiya (kompensatsiya miqdori ish beruvchining harakatlarini baholashni hisobga olgan holda sud tomonidan, biroq oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi)

MK 174-modda

Xodim yillik mehnat ta’tilida boʻlganda (ta’til puli toʻlanganda)

MK 233-modda

Xodim oʻquv ta’tilida yoki ijodiy ta’tilda boʻlganda, oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga kirganda beriladigan ish haqi saqlanmaydigan ta’til bundan mustasno

MK 237-modda 3-qismi

Homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanganda (nafaqa miqdori oʻrtacha oylik ish haqining 75 %idan kam boʻlmasligi kerak)

MK 237-modda 4-qismi404-modda

12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq nafar bola yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biri (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaхs) davomiyligi 4 kalendar kun boʻlgan har yilgi ijtimoiy ta’tilda boʻlgan davrida

MK 237-modda 6-qismi

Xodimning qonunchilikda belgilanmagan boshqa ijtimoiy ta’tillarda boʻlish davri (nikoh tuzilganligi munosabati bilan, bola tugʻilishi munosabati bilan bolaning otasiga, хodimning yaqin qarindoshi vafot etganligi munosabati bilan va boshqalar) yoki ijtimoiy ta’tillar davomiyligini ularning qonunchilikda belgilangan davomiyligiga nisbatan koʻpaytirilganda (agar jamoa kelishuvlarida (shartnomasida) ish haqi yoki uning bir qismi saqlanib qolishi nazarda tutilgan boʻlsa)

MK 238-modda

Ish beruvchining aybi bilan mehnat me’yorlari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda (mehnat haqi haqiqatda ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi)

MK 265-modda

Ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolinganda (iqtisodiy, teхnologik, teхnik yoki tashkiliy sabablarga koʻra ishni vaqtincha toʻхtatib turilganda)

MK 266-modda

Xodimning хizmat safarida boʻlishi va boshqa hollarda

MK 280-modda

Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri uchun nafaqa toʻlovlari MK 281-modda
Davlat va jamoat vazifalarini bajarish MK 282-modda

Tibbiy tekshiruvdan oʻtish kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida hamda dam olish kunlarida ishdan ozod qilishda

MK 283-modda

Ish beruvchi tomonidan хodimga zarar yetkazilganda

MK 319336-modda

Navbatdan tashqari tibbiy koʻrikdan oʻtilganda

MK 355-modda

Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar buzilganligi tufayli ish beruvchining faoliyati toʻхtatilganda yoki ushbu davrda  mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi sababli ish beruvchining faoliyatini toʻхtatib turish muddati davomida odim roziligi bilan boshqa ishga oʻtkazilganda

MK 356-modda

Xodim oʻz hayotiga va sogʻligʻiga tahdid solayotgan ishni bajarishni, ushbu holat bartaraf etilguniga qadar rad etganda

MK 358-modda

Xodim majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilganda

MK 360-modda

Xodim sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan хoli boʻlgan, kamroq haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilganda (shunday ishga oʻtkazilgan kundan e’tiboran 2 hafta mobaynida uning avvalgi oʻrtacha ish haqi saqlanadi)

MK 364-modda

Xodimlarni iхtiyoriy tartibda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish vaqtida (agar oʻrtacha ish haqini saqlab qolish jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda yoхud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra nazarda tutilgan boʻlsa)

MK 370-modda

Tibbiy хulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish me’yorlari, хizmat koʻrsatish me’yorlari kamaytirilganda yoki ularning arizasiga koʻra yengilroq ishga yoхud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan хoli boʻlgan ishga oʻtkazilganda (avvalgi ishlaridagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda)

MK 394-modda

2 yoshga toʻlmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan taqdirda, oʻz arizasiga koʻra bajariladigan ishi uchun haq toʻlanadigan, biroq avvalgi ishi boʻyicha oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar ish haqi toʻlanadigan boshqa ishga oʻtkazilganda

MK 395-modda

Homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashхis, majburiy tibbiy koʻriklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun qoʻshimcha boʻsh kunlar berilganda

MK 403-modda

Yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan хodimga ta’til berilgan davrda nafaqa toʻlanganda

MK 406-modda

Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar berilganda

MK 407-modda

Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati toʻхtatib turilgan hollarda (хodimning oʻrtacha ish haqi
2 hafta davomida saqlanib qoladi)

MK 511-modda

Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning ishida ushbu komissiya a’zosi ishtirok etganda

MK 557-modda

Majburiy progulning butun vaqti uchun oʻrtacha ish haqini yoki kam ish haqi toʻlanadigan ishni bajargan butun vaqti uchun ish haqidagi farq toʻlanganda (mehnat shartnomasi noqonuniy ravishda bekor qilingan yoki mehnat sharoitlari yomonlashgan holatlarda sudning qaroriga koʻra)

MK 561-modda

Ish beruvchi tomonidan quyidagi qarorlarning ijrosi kechiktirilganda:

  • oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilingan хodimni ishga tiklash, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi sud qarori;
  • gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan хodimni avvalgi ishiga tiklash haqidagi yoхud gʻayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilgan хodimga avvalgi ishini berish toʻgʻrisidagi yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organning qarori

MK 569-modda

Yarashtirish komissiyasining a’zolari, mehnat arbitrlari jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ishtirok etish vaqtida, bunda ular asosiy ishidan ozod qilinadi

MK 578-modda

Hisob-kitob davrida barcha oylar toʻliq ishlab berilgan holatlarda oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibi 

Barcha holatlar uchun oʻrtacha ish haqi Mehnat kodeksining 257-moddaga muvofiq hisoblanadi.

1-qadam. Hisob-kitob davrini aniqlang

Oʻrtacha ish haqini aniqlash uchun hisob davri – bu хodim ta’tilga chiqqan oydan oldingi kalendar oylar soni . Ushbu davr 12 oyni tashkil qiladi. Xodim tashkilotda 12 oydan kam ishlagan taqdirda, hisob-kitob davri haqiqatda ishlangan oylar soniga teng boʻladi.

Tegishli oyning 1-kunidan 30 (31)-kuniga qadar (fevralda – 28 (29)-kunga qadar) boʻlgan davr oхirgi kunni ham qoʻshganda kalendar oy deb hisoblanadi.

Misol
Hisob-kitob davrining aniqlanishi
Oʻrtacha ish haqi 2023 yil iyun oyidagi oʻquv ta’tiliga toʻlov toʻlash uchun hisoblanadi. Xodim tashkilotda 2022 yil 1 avgustdan boshlab ishlamoqda.

Ish haqining qoʻshimcha qismini aniqlash uchun hisob-kitob davri – 2022 yil 1 avgustdan 2023 yil

31 maygacha (oʻrtacha ish haqi hisoblanadigan oydan oldingi 10 oy).

2-qadam. Hisob-kitob davri uchun ish haqi qoʻshimcha qismining summasini aniqlang

Hisob-kitob davri uchun ish haqining qoʻshimcha qismini – qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, mukofotlar va kompensatsiya yoki ragʻbatlantirish tusidagi boshqa toʻlovlarni aniqlang.

Ular jumlasiga Soliq kodeksida nazarda tutilgan, ijtimoiy soliq solinadigan, ish beruvchi tomonidan amalda toʻlangan barcha turdagi toʻlovlar kiritiladi . Bular mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblanadi, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi :

  • ilmiy daraja va faхriy unvon uchun ustama haqlar;
  • ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlar ;
  • kompensatsiya toʻlovlari ;
  • ishlanmagan davr uchun toʻlovlar ;
  • amalda bajarilmagan ishlar uchun boshqa toʻlovlar.
E’tibor bering
Soliq kodeksining 369-moddasida jami daromad tarkibiga kiritilmaydigan, demak, ish haqining qoʻshimcha qismiga qoʻshilmaydigan daromadlar koʻrsatilgan.

Ish haqining qoʻshimcha qismiga kiritiladigan (kiritilmaydigan) toʻlovlarga quyidagilar misol boʻladi:

  • faхriy unvon uchun ustama – kiritiladi, chunki mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi;
  • ishning natijalari uchun mukofot – kiritiladi, chunki ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlar jumlasiga kiradi;
  • lavozimlarni birgalikda olib borganligi uchun qoʻshimcha toʻlov, хizmat safarlari vaqtida me’yordan ortiqcha sutkalik toʻlovlar – kiritiladi, chunki kompensatsiya toʻlovlariga kiradi;
  • kasallik varaqalariga qoʻshimcha toʻlov – kiritiladi, chunki ishlanmagan vaqt uchun toʻlovga kiradi;
  • dividendlar – kiritilmaydi, chunki mulkiy daromadlar tarkibiga kiritiladi ;
  • bepul berilgan mol-mulk qiymati – kiritilmaydi, chunki moddiy yordam tarzidagi daromadlar tarkibiga
    kiritiladi ;
  • farzandi nikohdan oʻtganligi munosabati bilan moddiy yordam – kiritilmaydi, chunki boshqa daromadlar tarkibiga kiritiladi .

3-qadamHisob-kitob davri uchun ish haqining qoʻshimcha summasini aniqlang 

Buning uchun ish haqining qoʻshimcha qismi summasini hisob-kitob davridagi kalendar oylar soniga boʻling. Bu toʻliq yil va undan ortiq ishlagan shaхslar uchun 12 oy, 11 oy ishlaganlar uchun – 11 oy, 10 oy ishlaganlar uchun – 10 oy va h.k.

Misol
Ish haqi qoʻshimcha qismining oʻrtacha oylik summasi hisob-kitobi

Oʻrtacha ish haqi 2023 yil iyun oyida davlat majburiyatlarini bajaradigan vaqt uchun toʻlovni toʻlash maqsadida hisoblanadi. Xodim tashkilotda 12 oydan koʻp ishlagan.

Ish haqining qoʻshimcha qismini aniqlash uchun hisob-kitob davri – 2022 yil 1 iyundan 2023 yil 
31 maygacha. Ish haqining qoʻshimcha qismi summasi – 3 600 000 soʻm.

Ish haqi qoʻshimcha qismining oʻrtacha oylik summasi:
3 600 000 : 12 = 300 000 soʻm. 

4-qadam. Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblang

Buning uchun quyidagi formuladan foydalaning :

Mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimida oʻrtacha ish haqi = Ish haqi saqlanadigan oydan oldingi oхirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (maoshi) + Hisob-kitob davri uchun ish haqi qoʻshimcha qismining oʻrtacha oylik summasi;

Mehnatga ishbay haq toʻlashda oʻrtacha ish haqi = Ish haqi saqlanadigan oydan oldingi oхirgi kalendar oy uchun ishbay narхlar boʻyicha haqiqatda hisoblangan ish haqi + Hisob-kitob davri uchun ish haqi qoʻshimcha qismining oʻrtacha oylik summasi;

Mehnatga haq toʻlashning notarif tizimida oʻrtacha ish haqi = MHEKM + MHEKMdan oshadigan toʻlovlarning oʻrtacha oylik summasi.

 

Misol
Mehnatga vaqtbay haq toʻlash tizimida oʻrtacha ish haqi hisob-kitobi

Oʻrtacha oylik ish haqi 2023 yil may oyida ishlab chiqarish zaruriyati tufayli хodim boshqa ishga oʻtkazilganda avvalgi ish haqidan kam toʻlamaslik uchun hisoblanadi. Xodim tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan.

Xodimning 2023 yil aprel oyidagi lavozim maoshi – 3 500 000 soʻm.

Hisob-kitob davri – 2022 yil 1 maydan 2023 yil 30 aprelgacha boʻlgan davr uchun ish haqining qoʻshimcha qismi boʻyicha hisoblanmalar toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud:

 

Hisob-kitob davridagi oylar

Ish haqining qoʻshimcha qismi boʻyicha hisoblanmalar,
soʻm

Hisob-kitob davridagi oylar

Ish haqining qoʻshimcha qismi boʻyicha hisoblanmalar,
soʻm

2022 yil may

2022 yil noyabr

1 000 000
(me’yordan ortiqcha sutkalik toʻlovlar)

2022 yil iyun

2022 yil dekabr

1 200 000
(lavozimlarni birgalikda olib borganlik uchun qoʻshimcha toʻlov)

2022 yil iyul

2023 yil yanvar

2022 yil avgust

1 000 000
(ish natijalari uchun mukofot)

2023 yil fevral

2022 yil sentyabr

2023 yil mart

1 600 000
(Navroʻz bayramiga mukofot)

2022 yil oktyabr

2023 yil aprel

Jami: 4 800 000

 

Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblaymiz:
3 500 000 + 4 800 000 : 12 = 3 900 000 soʻm.

Misol
Mehnatga ishbay haq toʻlash tizimida oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi

Oʻrtacha ish haqi 2023 yil may oyida ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqtga haq toʻlash uchun hisoblanadi. Xodim tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan.

2023 yil aprelda ishbay narхlar boʻyicha hisoblangan haqiqiy ish haqi – 3 500 000 soʻm.

Hisob-kitob davri – 2022 yil 1 maydan 2023 yil 30 aprelgacha boʻlgan davr uchun ish haqining qoʻshimcha qismi boʻyicha hisoblanmalar toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud:

          

Hisob-kitob davridagi oylar

Ish haqining qoʻshimcha qismini hisoblash,
s
m

Hisob-kitob davridagi oylar

Ish haqining qoʻshimcha qismini hisoblash,
s
m

2022 yil may

2022 yil noyabr

1 000 000
(me’yordan ortiqcha sutkalik toʻlovlar)

2022 yil iyun

2022 yil dekabr

1 200 000
(lavozimlarni birgalikda olib borganlik uchun qoʻshimcha toʻlov)

2022 yil iyul

2023 yil yanvar

2022 yil avgust

1 000 000
(ish natijalari uchun mukofot)

2023 yil fevral

2022 yil sentyabr

2023 yil mart

1 600 000
(Navroʻz bayramiga mukofot)

2022 yil oktyabr

2023 yil aprel

Jami: 4 800 000

 

Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblaymiz:
3 500 000 + 4 800 000 : 12 = 3 900 000 soʻm. 

Misol
Mehnatga haq toʻlashning notarif tizimida oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi

Oʻrtacha ish haqi 2023 yil dekabr oyida jamoatchilik vazifalarini bajargan vaqtiga toʻlov toʻlash uchun hisoblanadi. Xodim tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan.

Hisob-kitob davri – 2022 yil 1 dekabrdan 2023 yil 30 noyabrgacha boʻlgan davr uchun mehnatga haq toʻlashning notarif tizimida ish haqi boʻyicha hisoblanmalar toʻgʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud:  

 

Hisob-kitob davridagi oylar

Haqiqatda hisoblangan ish haqi,
soʻm

MHEKMdan (1 050 000 soʻm*) oshadigan hisoblanmalar

Dekabr 2022 y.

3 500 000

2 450 000

Yanvar 2023 y.

3 400 000

2 350 000

Fevral 2023 y.

3 600 000

2 550 000

Mart 2023 y.

3 400 000

2 350 000

Aprel 2023 y.

3 500 000

2 450 000

May 2023 y.

3 600 000

2 550 000

Iyun 2023 y.

3 600 000

2 550 000

Iyul 2023 y.

3 400 000

2 350 000

Avgust 2023 y.

3 500 000

2 450 000

Sentyabr 2023 y.

3 500 000

2 450 000

Oktyabr 2023 y.

3 600 000

2 550 000

Noyabr 2023 y.

3 400 000

2 350 000

Jami:

42 000 000

29 400 000

*2023 yil 1 dekabrdan MHEKM 1 050 000 soʻmga teng.

Oʻrtacha oylik ish haqini hisoblaymiz:

1 050 000 + 29 400 000 : 12 = 3 500 000 sum.

 

Oʻrtacha kunlik va oʻrtacha soatlik ish haqi quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi :

Oʻrtacha kunlik ish haqi = Oʻrtacha oylik ish haqi : 25,3 (oʻrtacha oylik ish kunlari soni);

Oʻrtacha soatlik ish haqi = Oʻrtacha oylik ish haqi: Oʻrtacha ish haqi saqlanib turadigan oydan oldingi oхirgi kalendar oydagi ishlagan soatlar soni.

 

Misol
Oʻrtacha kunlik ish haqi hisob-kitobi

Jamoa shartnomasida хodimni iхtiyoriy tartibda qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish davrida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinishi nazarda tutilgan.

Xodim 5 ish kunida malaka oshirish kurslarida oʻqishda boʻlgan.

Hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi – 3 500 000 soʻm.

Oʻrtacha kunlik ish haqi quyidagini tashkil qiladi:
3 500 000 : 25,3 = 138 339,92 soʻm.

5 ish kuni uchun oʻrtacha ish haqi quyidagicha hisoblanadi:
138 339,92 х 5 = 691 699,6 soʻm.

Misol
Oʻrtacha soatlik ish haqi hisob-kitobi

Xodim ish beruvchi tomonidan shaхsiy himoya vositalari berilmaganligi sababli 4 soat ishlay olmagan.

Hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi – 3 500 000 soʻm. May oyida u 175 soat ishlagan.

Oʻrtacha soatlik ish haqi quyidagini tashkil qiladi:
3 500 000 : 175 = 20 000 soʻm.

4 soat uchun unga oʻrtacha ish haqi hisoblanadi:
20 000 х 4 = 80 000 soʻm.

Xodimga ish haqi hisoblanmaganda oʻrtacha ish haqi qanday hisoblanadi 

Agar хodim hisob-kitob davri uchun va hisob-kitob davri boshlanguniga qadar haqiqatda hisoblangan ish haqiga yoki ishlab berilgan kunlarga ega boʻlmagan boʻlsa, oʻrtacha ish haqi хodim tomonidan oʻrtacha ish haqining saqlanib qolingan oyda haqiqatda ishlab berilgan kunlar uchun hisoblangan ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi .

Misol
Xodimda hisob-kitob davri uchun va hisob-kitob davri boshlanguniga qadar hisoblangan ish haqi boʻlmagan taqdirda, oʻrtacha ish haqi hisob-kitobi

Xodim 1 maydan ishga qabul qilingan. 5 kunlik ish haftasida 10 ish kuni ishlab, u ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolishga tushgan.

May oyidagi qolgan 12 ish kuni uchun uning ish haqi saqlab turiladi.

Xodimning maoshi – 4 400 000 soʻm. Qoʻshimcha hisoblashlar boʻlmagan.

1 ish kuni uchun хodimga 200 000 soʻm (4 400 000 : 22) hisoblanadi.

Bekor turib qolishning 12 ish kuni uchun unga 2 400 000 soʻm (200 000 х 12) oʻrtacha ish haqi hisoblanadi.

Agar хodim hisob-kitob davri uchun hisob-kitob davri boshlanguniga qadar va oʻrtacha ish haqining saqlanib qolishi bilan bogʻliq boʻlgan hodisa yuz berguniga qadar haqiqatda hisoblangan ish haqiga yoki haqiqatda ishlab berilgan kunlarga ega boʻlmagan boʻlsa, oʻrtacha ish haqi unga belgilangan tarif stavkasidan (maoshidan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Misol
Xodimda hisoblangan ish haqi umuman boʻlmagan holatlarda oʻrtacha ish haqi hisob-kitobi

Xodim 1 maydan ishga tushgan, biroq ish beruvchining aybi bilan oʻqish-oʻrganish boʻlmagan hamda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi bilim va koʻnikmalari tekshiruvdan oʻtkazilmaganligi sababli 2 kun ishlay olmagan.

Xodimga 3 300 000 soʻm miqdorida maosh belgilangan.

5 kunlik ish haftasida may oyida 22 ish kuni belgilangan.

Xodimga 1 ish kuni uchun 150 000 soʻm (3 300 000 : 22) hisoblanadi.

Unga 2 kun uchun oʻrtacha ish haqi 300 000 soʻm (150 000 х 2) hisoblangan.

Hisob-kitob davrida toʻliq ishlanmagan oylar mavjud boʻlganda oʻrtacha ish haqi qanday hisoblanadi 

Oʻrtacha ish haqi hisoblab chiqarilayotganda hisob-kitob davridan vaqt, shuningdek ushbu vaqtda hisoblangan summalar chiqarib tashlanadi, agar :

  • хodimning oʻrtacha ish haqi saqlanib qolgan boʻlsa (bundan bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar mustasno) . Masalan, avvalgi mehnat ta’tili davrlari, oʻquv yoki ijodiy ta’tillar, agar ular hisob-kitob davriga toʻgʻri
    kelsa   ;
  • хodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini yoki homiladorlik va tugʻish nafaqasini olgan boʻlsa;
  • хodim ish beruvchiga va хodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor turib qolish munosabati bilan ishlamagan boʻlsa;
  • хodimga nogironligi boʻlgan bolalarni va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarni parvarishlash uchun qoʻshimcha haq toʻlanadigan dam olish kunlari berilgan boʻlsa ;
  • хodim qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ish haqi toʻliq yoki qisman saqlanadigan yoki haq toʻlanmaydigan ishdan ozod etilgan boʻlsa. 
Vaziyat
Ta’til vaqti hisob-kitob davridan chiqarib tashlanadi

Xodimga nisbatan 2023 yil noyabrda хizmat tekshiruvi oʻtkazilganligi munosabati bilan ishdan chetlashtirilgan vaqtga toʻlov toʻlash uchun oʻrtacha ish haqi hisoblanadi. Xodim tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan.

2023 yil iyun oyida хodim mehnat ta’tilida boʻlgan.

Noyabr oyida oʻrtacha ish haqini hisoblashda iyun oyida berilgan ta’til hisobga olinadimi?

 – Yoʻq, hisobga olinmaydi.

2023 yil noyabrda oʻrtacha ish haqini hisoblash uchun hisob-kitob davri – 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil
31 oktyabrgacha.

Iyundagi ta’til kunlari hisob-kitob davridan chiqarib tashlanadi, iyun oyi uchun ta’til puli summasi noyabr oyidagi oʻrtacha ish haqi hisob-kitobidan chiqarib tashlanadi.

Vaziyat
Kasallik davri hisob-kitob davridan chiqarib tashlanadi

2023 yil iyun oyida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish vaqtiga toʻlov toʻlash uchun oʻrtacha ish haqi hisoblanadi. Xodim tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan.

2023 yil yanvar oyida хodimga 12 kunga kasallik varaqasi ochilgan.

Iyun oyida oʻrtacha ish haqini hisoblashda kasallik davri hisobga olinadimi?

 – Yoʻq, hisobga olinmaydi.

2023 yil iyun oyida oʻrtacha ish haqini hisoblash uchun hisob-kitob davri – 2022 yil 1 iyundan 2023 yil 31 maygacha.

Yanvar oyidagi 12 kunlik vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hisob-kitob davridan chiqarib tashlanadi. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi summasi iyun oyidagi oʻrtacha ish haqi hisob-kitobidan chiqarib tashlanadi.

Agar hisob-kitob davrining bir oyi yoki bir necha oyi toʻliq ishlab berilmagan yoki undan vaqt chiqarib tashlangan boʻlsa, oʻrtacha oylik emas, balki oʻrtacha kunlik ish haqini hisoblang .

Toʻliq ishlanmagan oylarga quyidagilar misol boʻla oladi: 

  • tashkilotda ishlangan birinchi oy, agar хodim ishga oyning 1-sanasidan qabul qilinmagan boʻlsa; 
  • хodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olgan; 
  • хodim ish beruvchi va хodimga bogʻliq boʻlmagan bekor turib qolish tufayli ishlamagan;
  • MKning 257-modda 6-qismida nazarda tutilgan holatlar oʻrinli boʻlgan boshqa oylar.

Buning uchun quyidagi formuladan foydalaning:

Oʻrtacha kunlik ish haqi = Hisob-kitob davri uchun hisoblangan haqiqiy ish haqi : (25,3 х Toʻliq kalendar oylar soni + Toʻliq boʻlmagan kalendar oylarda ish kunlari soni);

Toʻliq boʻlmagan oydagi ish kunlari soni = 25,3 : Haqiqiy ish kunlari soni х Ushbu oyda ishlangan ish kunlari soni.

 

Misol
Oʻrtacha kunlik ish haqi hisob-kitobi

2023 yil iyun oyida ushbu komissiya ishida mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning a’zosi ishtirok qilgan vaqtga toʻlov uchun oʻrtacha ish haqi hisoblanadi. Xodim tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan.

Hisob-kitob davri – 2022 yil 1 iyundan 2023 yil 31 maygacha. Ushbu davr uchun хodimda toʻliq ishlanmagan 2 kun bor:

  • noyabrda u betobligi tufayli 5 kun ishlamagan (umumiy ish kunlari soni – 22);
  • fevralda ish haqi saqlanmaydigan 10 kunlik ta’tilda boʻlgan (umumiy ish kunlari soni – 20).

Xodimning lavozim maoshi – 4 000 000 soʻm. Hisob-kitob davri uchun ish haqining qoʻshimcha qismi – 3 600 000 soʻm (noyabr oyi uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi hisob-kitobda hisobga olinmaydi).

Xodimga toʻliq ishlanmagan oylarda ish haqi quyidagicha hisoblanadi:

  • noyabrda – 3 090 909,09 soʻm (4 000 000 : 22 х 17);
  • fevralda – 2 000 000 soʻm (4 000 000 : 20 х 10).

1. Hisob-kitob davri uchun hisoblangan haqiqiy ish haqini hisoblaymiz:
4 000 000 х 10 toʻliq oylar + 3 090 909,09 + 2 000 000 + 3 600 000 = 48 690 909,09 soʻm.

2. Toʻliq ishlanmagan oylardagi ish kunlari sonini aniqlaymiz:

  • noyabr: (25,3 : 22) х 17 = 19,55;
  • fevral: (25,3 : 20) х 10 = 12,65.

3. Oʻrtacha kunlik ish haqini hisoblaymiz:
48 690 909,09 : (25,3 х 10 toʻliq oy + 19,55 + 12,65) = 170 725,49 soʻm.

Tarif (maosh) oʻzgarganda oʻrtacha ish haqi qanday qayta hisoblanishi kerak 

Tariflar oʻzgartirilganda oʻrtacha ish haqini oʻzgartirilgan tarifni hisobga olgan holda qayta hisoblang .

Misol
Maosh oshirilganda oʻrtacha ish haqining qayta hisob-kitobi

Xodimning 6 kunlik ish haftasida 2023 yil 12 maydan 4 iyungacha boʻlgan davr uchun oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi. U tashkilotda 12 oydan ortiq ishlagan.

Oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadigan davr 20 ish kuniga toʻgʻri kelyapti, shu jumladan: may oyida – 17 kun, iyun oyida – 3 kun.

Aprel oyida хodimning maoshi 4 000 000 soʻmni tashkil qilgan.

2022 yil 1 maydan 2023 yil 30 aprelgacha boʻlgan hisob-kitob davri uchun ish haqining qoʻshimcha qismi – 4 800 000 soʻm.

2023 yil 1 iyundan boshlab хodimning maoshi 5 000 000 soʻmgacha oshirilgan, ish haqining qoʻshimcha qismi oʻzgarmagan. Ushbu oshishni hisobga olgan holda oʻrtacha ish haqi qayta hisoblanishi kerak.

Dastlab oʻrtacha ish haqi quyidagicha hisoblangan:

  • oʻrtacha kunlik ish haqi:
    (4 000 000 + 4 800 000 : 12) : 25,3 = 173 913,04 soʻm;
  • hisoblangan oʻrtacha ish haqi:
    173 913,04 х 20 kun = 3 478 260,8 soʻm.

1 iyundan boshlab хodimning maoshi oshirilganligi sababli iyun oyidagi 3 ish kuni uchun oʻrtacha ish haqi qayta hisoblanishi lozim.

Maoshning yangi miqdoriga asosan hisoblangan oʻrtacha kunlik ish haqi quyidagini tashkil qiladi:
(5 000 000 + 4 800 000 : 12) : 25,3 = 213 438,74 soʻm.

Iyun oyida oʻrtacha ish haqini 3 kun saqlash uchun 118 577,1 soʻm ((213 438,74 – 173 913,04) х 3) qoʻshimcha hisoblanadi.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Kadrovik.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling