Boshqa lavozimga oʻtkazish

05.08.2024
author avatar

Zarnigor ABDURAXMANOVA

YaMMT rivojlantirish boʻlimi boshligʻi

Xodimni boshqa lavozimga oʻtkazishni rasmiylashtirish uchun, qoʻshimcha kelishuvni rasmiylashtiring.

Lavozimni oʻzgartirish

Agar boshqa ishga oʻtkazishda хodimning faqat lavozimi oʻzgarsa, u holda:

1. Bosh sahifada хodim oʻtkaziladigan boʻsh ish joyi boʻlishi kerak. Boʻsh ish joy mavjud boʻlmasa, uni yaratish kerak boʻladi. Masalan, moliyachi lavozimi (ish joyi) yaratildi.

2. Boʻsh ish joyi yaratilgandan soʻng (yoki boʻsh ish joyi mavjud boʻlsa), elektron mehnat daftarcha boʻlimiga oʻtish kerak, ya’ni хodimning familiyasini yoki «Koʻrish»ni bosish lozim.

 

3. Keyin «Qoʻshimcha kelishuv»ni bosish zarur.

Soʻngra qoʻshimcha kelishuvning kerakli turi tanlanadi, ya’ni – «Boshqa lavozimga oʻtkazish».

Bundan soʻng qoʻshimcha kelishuvni roʻyхatdan oʻtkazish uchun shakl ochiladi.

1. Qoʻshimcha kelishuvning raqami – хodimni boshqa lavozimga oʻtkazish uchun tuzilgan qoʻshimcha kelishuvning raqami.
2. Qoʻshimcha kelishuv tuzilgan sana – хodimni boshqa lavozimga oʻtkazish uchun tuzilgan qoʻshimcha kelishuvning sanasi. 
3. Buyruq raqami – хodimni boshqa lavozimga oʻtkazish haqida chiqarilgan buyruq raqami.
4. Buyruq sanasi – хodimni boshqa lavozimga oʻtkazish haqida chiqarilgan buyruq sanasi.
5. Boshqa lavozimga oʻtkazish sanasi.
6. Boʻlinma/boʻlim – хodimning boʻlimi oʻzgarmaganligi sababli, хodim ishlaydigan boʻlim nomi qoldiriladi.
7. Lavozim – хodim oʻtkazaladigan ish joyi tanlanadi.
8. Shartnoma turi – faqatgina tashqi oʻrindoshlik asosida ishlovchi хodim boshqa ishga asosiy хodim sifatida oʻtayetgan holda oʻzgartiriladi, ya’ni «asosiy» tanlanadi.
9. Stavka – ish joyi stavkasini oʻzgartirish mumkin.

Barcha ma’lumotlar kiritilgandan soʻng saqlash va imzolash kerak.

Qoʻshimcha kelishuv roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng хodim bosh sahifada quyidagicha koʻrinadi:

1. Xodim boshqa lavozimga oʻtkazilgan boʻladi (moliyachi lavozimiga).

Xodimning avvalgi lavozimi (menejer) boʻsh (vakant) holatga keladi. Agar lozim boʻlsa, boshqa хodimni shu hosil boʻlgan boʻsh (vakant) joyga rasmiylashtirish mumkin.

Agar tashkilotning shtat jadvaliga koʻra ushbu ish joyi qisqartirilgan boʻlsa, unda ish joyini oʻchirib tashlash mumkin.

 

Boʻlim va lavozim oʻzgarishi

 Agar boshqa ishga oʻtkazishda хodimning boʻlimi va lavozimi oʻzgarsa, u holda:

1. Bosh sahifada хodim oʻtkaziladigan boʻlim boʻlishi kerak. Kerakli boʻlim хali mavjud boʻlmasa, uni yaratish lozim.

2. Bosh sahifada kerakli boʻlim ichida хodim oʻtkaziladigan boʻsh ish joyi boʻlishi kerak. Boʻsh ish joy mavjud boʻlmasa, uni yaratish kerak boʻladi.

Masalan, mijozlar bilan ishlash boʻlimi ichida kassir lavozimi (ish joyi) yaratildi.

3. Boʻsh (vakant) ish joyi yaratilgandan soʻng (yoki boʻsh ish joyi mavjud boʻlsa), elektron mehnat daftarcha boʻlimiga oʻtish kerak, ya’ni хodimning familiyasini yoki «Koʻrish»ni bosish lozim.

Keyin «Qoʻshimcha kelishuv»ni bosish zarur.

Soʻngra qoʻshimcha kelishuvning kerakli turi tanlanadi, ya’ni – «Boshqa lavozimga oʻtkazish».

Bundan soʻng qoʻshimcha kelishuvni roʻyхatdan oʻtkazish uchun shakl ochiladi.

1. Mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvning raqami – хodimni boshqa lavozimga oʻtkazish uchun tuzilgan qoʻshimcha kelishuvning raqami.
2. Qoʻshimcha kelishuv tuzilgan sana – хodimni boshqa lavozimga oʻtkazish uchun tuzilgan qoʻshimcha kelishuvning sanasi. 
3. Buyruq raqami – boshqa lavozimga oʻtkazish haqida chiqarilgan buyruq raqami.
4. Buyruq sanasi – boshqa lavozimga oʻtkazish haqida chiqarilgan buyruq sanasi.
5. Boshqa lavozimga oʻtkazish sanasi.
6. Boʻlinma/boʻlim – хodimning boʻlimi oʻzgarganligi sababli, хodim oʻtkazaladigan boʻlim nomi tanlanadi.
7. Lavozim – хodim oʻtkazilayotgan ish joyi tanlanadi.
8. Shartnoma turi – faqatgina tashqi oʻrindoshlik asosida ishlovchi хodim boshqa lavozimga asosiy хodim sifatida oʻtayetgan holda oʻzgartiriladi, ya’ni «asosiy» tanlanadi.
9. Stavka – ish joyi stavkasini oʻzgartirish mumkin.

Barcha ma’lumotlar kiritilgandan soʻng, saqlash va imzolash kerak.

Qoʻshimcha kelishuv roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng, хodim Bosh sahifada quyidagicha koʻrinadi:

1. Xodim boshqa boʻlim tarkibida boshqa lavozimga oʻtkazilgan boʻladi (kassir lavozimiga).

Xodimning avvalgi lavozimi (menejer) boʻsh (vakant) holatga keladi. Agar lozim boʻlsa, boshqa хodimni shu hosil boʻlgan boʻsh (vakant) joyga rasmiylashtirish mumkin.

Agar tashkilotning shtat jadvaliga koʻra ushbu ish joyi qisqartirilgan boʻlsa, unda ish joyini oʻchirib tashlash mumkin.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Kadrovik.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling