Nomzodning YaMMTda bandligini qanday tekshirish kerak

20.01.2025
author avatar

Zarnigor ABDURAXMANOVA

YaMMT rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
E’tibor bering 
Ishga qabul qilishda tuzilmagan mehnat shartnomasini YaMMT tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali nomzodning mehnat faoliyatini tekshirish va uning shaхsiy ma’lumotlari bilan tanishish taqiqlanadi.

YaMMTda nomzodning bandligi haqida ma’lumot olish uchun tashkilot kabinetida «Fuqaro haqida ma’lumot olish» boʻlimiga kirish va ochilgan oynada «Fuqaroning bandligini tekshirish» tugmasini tanlash kerak.

Ochilgan oynada nomzodning JShShIRini kiritish kerak.

JShShIR kiritilgandan keyin nomzodning bandligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks etadi.

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
Kadrovik.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling