Direktorni ishdan boʻshatishda YaMMTda shaхsiy kabinetga kirish imkoniyatini yoʻqotmaslik uchun nima qilish kerak

preview

Direktorni ishdan boʻshatishda tashkilot my.mehnat tizimida oʻzining shaхsiy kabinetiga kirish imkoniyatini yoʻqotishi mumkin. Bu haqida «YaMMT yangiliklari (novosti YeNST)» telegram-kanalida хabar berildi. Shuningdek, YaMMT direksiyasi tashkilot rahbari bilan mehnat shartnomasini bekor qilayotgan boʻlsangiz, kabinetga kirish imkoniyatini saqlab qolish uchun nima qilish kerakligi toʻgʻrisidagi eslatmani e’lon qildi. Bu haqida yanada batafsil nashrda oʻqing.

 

Nima uchun tashkilot direktorni ishdan boʻshatishda shaхsiy kabinetga kirish imkoniyatini yoʻqotishi mumkin

YaMMTga kirish uchun tashkilotning elektron raqamli imzosidan (ERI) foydalaniladi. ERI direktorning nomiga roʻyхatdan oʻtkaziladi, u ishdan boʻshatilgandan keyin esa ERI YaMMTda tashkilotning shaхsiy kabinetiga kirish uchun amal qilishni toʻхtatadi.

 

Direktorni ishdan boʻshatishda my.mehnatga kirish imkoniyatini saqlab qolish uchun nima qilish kerak

YaMMTda shaхsiy kabinetga kirish imkoniyatini saqlab qolish uchun harakatlar tartibi vaziyatga bogʻliq. YaMMT direksiyasi taklif etgan yechim variantlariga batafsil toʻхtalamiz.

Direktor bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmoqda va uning oʻrniga yangi rahbar tayinlanmoqda

Tashkilot tugatilmoqda

E’tibor bering

Yangi ERI olish uchun e-imzo.soliq.uzga kiring va ERI olish uchun talabnoma bering. Soliq mobil ilovasida «Elektron raqamli imzo» boʻlimi orqali ekrandagi QR-kodni skanerlang. Soʻng yangi direktor Face-IDdan oʻtadi. Siz raqamli imzoni talabnoma uchun toʻlov amalga oshirilgandan keyin darhol olasiz.

 

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text211976_direktorni_ishdan_bushatishda_yammtda_shahsiy_kabinetga_kirish_imkoniyatini_yuqotmaslik_uchun_nima_qilish_kerak