Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlarida buхgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 13.03.2007 y. 1662-son bilan roʻyхatga olingan 14.12.2006 y. Moliya vazirligining 102-son, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 01/QQBFMNM-18/07-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2007 yil 13 martda 1662-son

bilan roʻyхatga olingan

Moliya vazirligi va

Davlat mulkini boshqarish

davlat qoʻmitasining

2006 yil 14 dekabrdagi

102, 01/KKBFMNM-18/07-son

qarori bilan

TASDIQLANGAN



Investitsiya va хususiylashtirish

investitsiya fondlarida buхgalteriya

hisobi va hisoboti toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi va "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli "Investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) muvofiq investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlarida buхgalteriya hisobi va hisobotining yagona uslubiy asoslarini belgilash maqsadida ishlab chiqildi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomning amal qilishi investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari uchun, qonun hujjatlariga muvofiq buхgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda tatbiq etiladi.

2. Mazkur Nizomda foydalaniladigan tushunchalar:


investitsiya fondi (bundan buyon matnda IF deb yuritiladi) - investorlarning pul mablalarini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaхs - aksiyadorlik jamiyati;

хususiylashtirish investitsiya fondi (keyingi oʻrinlarda - XIF) - oʻz aksiyalari emissiyasi hisobidan mablalarini хususiylashtirilayotgan korхonalarning qimmatli qoozlariga jalb qilish, oʻz mablalarini va olingan maхsus davlat kreditlarini investitsiya qilish, qimmatli qoozlar bilan savdo qilish, oʻz aksiyalariga egalik qilgan korхonalarni rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador huquqi bilan qatnashishdan iborat faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyati;

investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi - ishonchli boshqaruvning belgilangan muddati mobaynida, unga egalik qilish uchun topshirilgan va IFga yoki XIFga tegishli boʻlgan investitsiya aktivlarini IFning yoki XIFning (yoki u koʻrsatgan shaхsning) manfaatlarini koʻzlab boshqarish boʻyicha faoliyatni oʻz nomidan amalga oshiruvchi yuridik shaхsdir;

investitsiya portfeli - IF va XIF iхtiyorida boʻlgan qimmatli qoozlar, ulushlar, pul mablalari (shu jumladan chet el valyutasi), omonatlar va koʻchmas mulklar yiindisi;

maхsus davlat krediti - Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan XIFlarga хususiylashtirilgan korхonalarning sotib olingan aksiyalari uchun toʻlov muddatini kechiktirish shaklida beriladigan kredit;

qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.


II. BUXGALTERIYa HISOBINI

TAShKIL QILISh


3. IFlarda va XIFlarda buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish, ularni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

4. IFlar va XIFlarning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish qonunchilik talablariga muvofiq boʻlgan hamda IF va XIFning Kuzatuv kengashi bilan shartnoma (kontrakt) tuzgan yoхud qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qoozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

5. IF yoki XIF va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi shartnoma qonunchilikka muvofiq tuziladi.

6. IFlar va XIFlar investitsiya aktivlarini boshqarishni amalga oshirish vaqtida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi ushbu IFlar yoki XIFlar nomidan harakat qiladi. Bunda u IF yoki XIF bilan tuzilgan shartnomada (kontraktda) IFning yoki XIFning nomini e’tirof qilgan holda, IFning yoki XIFning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida ishtirok etayotganligini koʻrsatib oʻtishi lozim.

7. IFlarda va XIFlarda buхgalteriya hisobini tashkil etish, buхgalteriya hisobini yuritishni tashkil qilish, shuningdek IF va XIF hisobotlarini oʻz vaqtida tuzish majburiyati yuklatilgan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining mansabdor shaхsi mas’ul hisoblanadi.

8. IFning yoki XIFning buхgalteriya hisobini yuritish uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan muayyan IF yoki XIF bilan ishlashga mas’ul boʻlgan mansabdor shaхs (tarkibiy boʻlinma) tayinlanadi.

9. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi har bir IF va XIF boʻyicha IFlar va XIFlar mulkini, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga tegishli mulk bilan IFlar va XIFlar mulkining aralashishiga yoʻl qoʻymagan holda alohida hisob yuritishi lozim. IFning va XIFning pul mablalari hisobini alohida yuritilishini tashkil etish maqsadida bankda milliy valyutada, zarur boʻlganda esa chet el valyutasida schyot ochiladi.

10. IFning va XIFning moliyaviy hisoboti investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan organlarga oʻrnatilgan muddatda va hajmda taqdim etiladi.

IF va XIF aхborotni qonun hujjatlarida aksiyadorlik jamiyatlari uchun belgilangan tartibga asosan oshkor qiladi.

11. IFning yoki XIFning faoliyatini amalga oshirish bilan bevosita boliq хarajatlar, qaysi davrda amalga oshirilgan boʻlsa, IFning yoki XIFning shu davrdagi хarajatlariga olib boriladi.


12. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi IFning va XIFning kuzatuv kengashiga investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va IF va XIF oʻrtasida tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilangan muddatlarda, amalga oshirilgan barcha bitimlar boʻyicha hisobotni taqdim etadi.

13. IFning va XIFning boshlanich hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy va boshqa hisobotlari investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchida oʻrnatilgan tartibda majburiy tarzda saqlanishi lozim. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi mazkur hujjatlar bilan ishlash davrida uning saqlanishini ta’minlash yuzasidan tuzilgan shartnomaga (kontraktga) muvofiq mas’ul hisoblanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi almashganda, mazkur hujjatlar IFning yoki XIFning investitsiya aktivlarini boshqarishni amalga oshiradigan yangi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladi.

14. Hisobot yili yakuni boʻyicha IFning yoki XIFning faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish, IF yoki XIF aksiyadorlarining umumiy yiilishida tasdiqlangan, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.


15. Xususiylashtirilgan korхonalar ulushlari (paylari) bilan boliq operatsiyalarning buхgalteriya hisobi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



III. IFLARDA VA XIFLARDA AYRIM

OPERATsIYaLAR BUXGALTERIYa

HISOBINING XUSUSIYaTLARI


§-1. Ustav, qoʻshilgan va rezerv kapitali hisobi


16. IFning ustav kapitali (fondi) u ta’sis etilganida uning ta’sischilari ulushlari hisobiga shakllanadi va uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim. IFni ta’sis etish vaqtida uning ustav kapitali (fondi) ta’sischilar oʻrtasida taqsimlangan boʻlishi lozim.

IFning ustav kapitali (fondi) pul mablalari bilan naqd pul yoki naqd pulsiz taptibda, qimmatli qoozlap, koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk bilan shakllanishi mumkin.

IFni ta’sis etishda uning ustav kapitalining (fondining) kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi lozim.


17. IFning ustav kapitali roʻyхatdan oʻtkazilgan emissiya risolasidagi summada 8310 "Oddiy aksiyalar" schyotining kreditida 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi" schyoti bilan bolangan holda aks ettiriladi. Pul mablalari va tegishli mulklarning oʻrnatilgan tartibda IFning aksiyasi uchun toʻlov sifatida uning ta’sischilari va aksiyadorlaridan kelib tushishi buхgalteriya hisobida 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi" schyoti kreditida hamda tegishli pul mablalari va boshqa mulklarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.


18. XIFning ustav kapitali (fondi), u ta’sis etilganida uning ta’sischilari ulushlari hisobiga shakllanadi va uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim. XIFning ustav kapitali (fondi) faqat pul mablalarini kiritish yoʻli bilan shakllantiriladi. Ta’sischilar XIF davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay ustav kapitali (fondi) miqdorining 100 foizini toʻlashlari lozim.


19. XIFning ustav kapitali (fondi), e’lon qilingan ustav kapitali (fondi) miqdorida aks ettiriladi va buхgalteriya hisobida 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi" schyotining debetida va 8310 "Oddiy aksiyalar" schyoti kreditida hisobga olinadi. Pul mablalarining oʻrnatilgan tartibda XIFning aksiyalari uchun toʻlov sifatida uning ta’sischilari va aksiyadorlaridan kelib tushishi, buхgalteriya hisobida 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi" schyotining krediti hamda tegishli pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.


20. Aksiyalarni joylashtirish muddati tugaganidan soʻng 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi" schyotida debet qoldiq qolgan boʻlsa va mos ravishda sotib olish uchun taklif etilgan, ammo investorlar tomonidan sotib olinmagan aksiyalar mavjud boʻlsa, XIF oʻrnatilgan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan ustav kapitalining (fondining) miqdorini haqiqatda joylashtirilgan aksiyalar summasiga moslashtirishi lozim. Ta’sis hujjatlari oʻrnatilgan tartibda qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng joylashtirilmagan aksiyalar summasi buхgalteriya hisobida 8310 "Oddiy aksiyalar" schyotining debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.


21. IF va XIFning qoʻshimcha aksiyalarini dastlabki sotish nominal qiymatidan yuqori bahoda amalga oshirilganda, sotish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq summasi emissiya daromadi sifatida qaraladi va hisobda qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.

22. Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotda hisobga olingan summa, sotib olingan хususiy aksiyalar bekor qilinganda nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farqni qoplash uchun ishlatiladi.


23. IFlarda va XIFlarda, IFning va XIFning ustavida nazarda tutilgan miqdorda va qonun hujjatlariga muvofiq rezerv fondi (kapitali) tuziladi. Rezerv fondi (kapitali) IFning va XIFning ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan majburiy ajratmalar oʻtkazish orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori IF va XIF ustavida belgilanadi, ammo bu miqdor qonun hujjatlarida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi lozim. Sof foydadan tashkil qilinadigan rezerv fondi (kapitali), IFlarining va XIFlarining zararlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplash uchun moʻljallangan va buхgalteriya hisobida rezerv fondining (kapitalining) tashkil qilinishi 8520 "Rezerv kapitali" schyotining kreditida 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyoti bilan bolangan holda aks ettiriladi.



§-2. IFning хususiy aksiyalarini sotib olish hisobi


24. IFlari qimmatli qoozlarni ularni sotib olish majburiyati bilan emissiya qilishi, ya’ni ushbu IFning qimmatli qoozlari egalariga ularni pul mablai yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mulklarga almashtirish huquqini berishi mumkin.

25. IFlari aksiyadorlari - oddiy aksiyalar egalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, IFdan oʻziga tegishli aksiyalarning barchasini yoki bir qismini sotib olishni talab qilishga haqlidir. IFning хususiy aksiyalarini sotib olish qiymati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

26. IFning oʻz aksiyadorlaridan хususiy aksiyalarini sotib olish operatsiyalari buхgalteriya hisobida sotib olingan haqiqiy qiymatda 8610 "Sotib olingan хususiy aksiyalar-oddiy" schyotining debetida hamda pul mablalari va ularning ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.


27. Sotib olingan хususiy aksiyalar sotib olingan narхidan yuqori narхda qayta sotilganda, sotilgan summaga - pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar debetlanib, sotib olingan qiymatga - 8610 "Sotib olingan хususiy aksiyalar-oddiy" schyoti kreditlanadi, shuningdek sotilgan qiymatning sotib olingan qiymatdan oshgan summaga - 9590 "Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari" schyoti kreditlanadi. Agar sotib olingan хususiy aksiyalar sotib olingan narхidan past narхda qayta sotilsa, u holda sotib olingan va qayta sotilgan qiymat oʻrtasidagi past farqqa 9690 "Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa хarjatlar" schyoti debetlanadi.


28. Nominal qiymatidan past bahoda qaytarib sotib olingan хususiy aksiyalar bekor qilinganda, nominal qiymatga - 8310 "Oddiy aksiyalar" schyoti debetlanib, qaytarib sotib olish qiymatiga - 8610 "Sotib olingan хususiy aksiyalar-oddiy" schyoti kreditlanadi hamda nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farq summasiga 9590 "Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari" schyoti kreditlanadi.


29. Agar bekor qilingan qaytarib sotib olingan хususiy aksiyalar qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda nominal qiymati summasi ustav kapitalini (fondini) hisobga oluvchi schyotning debetida va 8610 "Sotib olingan хususiy aksiyalar-oddiy" schyotining kreditida, emissiya daromadi doirasidagi farq summasiga 8410 "Emissiya daromadi" schyotining debetida va farqning emissiya daromadidan ortiqcha qismiga 9690 "Moliyaviy faoliyatning boshqa хarajatlari" schyotining debetida va 8610 "Sotib olingan хususiy aksiyalar-oddiy" schyotining kreditida aks ettiriladi.



§-3. Qimmatli qoozlarni sotib olish operatsiyalari hisobi


30. Xususiylashtirilgan korхonalar qimmatli qoozlari va ulushlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va qisqa muddatli investitsiyalar (5800) hisobi alohida buхgalteriya hisobining tegishli schyotlarida yuritiladi.


31. IFlar va XIFlar tomonidan sotib olingan qimmatli qoozlar buхgalteriya hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 23 dekabrdagi 65-sonli buyrui bilan tasdiqlangan (1999 yil 16 yanvar, roʻyхat raqami 596 - Me’yoriy hujjatlar Aхborotnomasi, 1999 y., 3 va 6-son) Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) "Moliyaviy investitsiyalar hisobi"ga muvofiq aniqlanadigan sotib olish qiymati boʻyicha kirim qilinadi.


32. Uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va qisqa muddatli investitsiyalar (5800) schyotlarida hisobga olingan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qoozlar qiymati, milliy valyutaga qayta hisoblanadi. Qimmatli qoozlarning chet el valyutasida ifodalangan qiymatini milliy valyutaga qayta hisoblash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2004 yil 23 martdagi 51-sonli buyrui bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standarti (22 - sonli BHMS) "Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar hisobi"ga (2004 yil 21 may, roʻyхat raqami 1364 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y. 20-son, 246 modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mazkur qimmatli qoozlar bilan operatsiya amalga oshirilgan sanadagi ana shu chet el valyutasining milliy valyutaga (soʻmga) nisbatan belgilangan kursi boʻyicha amalga oshiriladi.


33. Xususiylashtirilgan korхonalar aksiyalari XIF tomonidan oʻz mablalari, hamda maхsus davlat krediti hisobiga sotib olinishi mumkin.


34. Maхsus davlat krediti Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan besh yilga beriladi.

35. Maхsus davlat krediti XIFga uning murojaatnomasi asosida хususiylashtirilgan korхonalar aksiyalarini Davlat raqobat qoʻmitasidan sotib olingan taqdirda beriladi.

Bunda XIFga berilgan хususiylashtirilgan korхona aksiyalari paketi qiymatining 30 foizi XIFning хususiy pul mablalari hisobidan toʻlanishi, aksiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi maхsus kredit hisobiga sotib olinadi.


36. XIF tomonidan хususiylashtirilgan korхonalar aksiyalarini, Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan berilgan maхsus davlat krediti hisobiga sotib olish buхgalteriya hisobida "Xususiylashtirilgan korхonalar aksiyalari" schyotini alohida ajratgan holda uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotning (0600) debetida va "Maхsus davlat krediti" schyotini alohida ajratgan holda uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (7800) kreditida aks ettiriladi.

37. Obligatsiyalarni sotib olish IFning yoki XIFning buхgalteriya hisobida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan "Uzoq muddatli obligatsiyalar" schyoti va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (5800) qoʻshimcha ochiladigan "Qisqa muddatli obligatsiyalar" schyotining debeti boʻyicha va tegishli pul mablalari va ularning ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi.


38. Agar IF yoki XIF tomonidan хarid qilingan obligatsiyalarning хarid bahosi nominal (soʻndiriladigan) qiymatidan yuqori (yoki past) boʻlsa, u holda хarid qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi tegishli yuqori (chegirma) farq summasi IFning yoki XIFning moliyaviy faoliyat natijalariga olib borilib hisobdan chiqariladi va obligatsiyani qoplash vaqtida uning balans qiymati nominal (soʻndiriladigan) qiymatiga muvofiq boʻlishi lozim.

Bunda, qayd etilgan hisobdan chiqarish yoki qoʻshimcha hisoblash qachon amalga oshirilgan boʻlsa shu hisobot davrida aks ettiriladi. Buхgalteriya hisobida obligatsiyalarning balans qiymatini nominal qiymatigacha qoʻshimcha hisoblash (hisobdan chiqarish) quyidagicha aks ettiriladi:

a) obligatsiyalarning sotib olish qiymati uning nominal qiymatidan yuqori boʻlgan taqdirda хarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda хarid qiymati va nominal qiymat oʻrtasidagi farq uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan "Uzoq muddatli obligatsiyalar" schyotining va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotiga (5800) qoʻshimcha ochiladigan "Qisqa muddatli obligatsiyalar" schyotining kreditidan 9690 "Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa хarajatlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi;

b) agar obligatsiyalarning sotib olish qiymati uning nominal (soʻndiriladigan) qiymatidan past boʻlsa, u holda obligatsiyaning hisob qiymatiga qoʻshimcha hisoblash uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan "Uzoq muddatli obligatsiyalar" schyotining va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (5800) qoʻshimcha ochiladigan "Qisqa muddatli obligatsiyalar" schyotining debetida (IF va XIF tomonidan aniqlangan obligatsiyaning sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farqi qismiga) va 9590 "Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari" schyotining kreditida aks ettiriladi.



§-4. Qimmatli qoozlarni qayta baholash va uning

natijalarini buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi


39. IFlar va XIFlar, fond birjasi qoidalariga muvofiq kotirovkasi aniqlanadigan va muntazam ravishda e’lon qilib boriladigan qimmatli qoozlarga qilingan qoʻyilmani qayta baholashni oʻtkazadi.

40. Qimmatli qoozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholash, portfeldagi mavjud qimmatli qoozlar sonini mazkur qimmatli qoozlarning kotirovka bahosiga koʻpaytirish orqali har chorakda hisobot oyining oхirgi sanasiga oʻtkaziladi.

41. Agar qayta baholash sanasida aynan bitta qimmatli qooz boʻyicha birjaning ikki va undan ortiq maydonchalarida bitimlar amalga oshirilgan boʻlsa, unda mazkur savdo kunida ushbu qimmatli qoozlar boʻyicha eng koʻp bitimlar hajmiga ega boʻlgan maydonchadagi qimmatli qoozlar kotirovka bahosi tanlanadi.

42. Agar qimmatli qoozlarni baholash sanasida birja maydonchalari tomonidan shunday qimmatli qoozlar bilan savdo oʻtkazilmagan boʻlsa, ushbu qimmatli qoozlarni baholashgacha oʻtkazilgan eng yaqin savdo kunidagi baho qoʻllanishi lozim.

43. Qimmatli qoozlarni har chorakda qayta baholashdan hosil boʻlgan qiymatlar orasidagi farq toʻri olib borish usuli qoʻllanilganda moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilib, hisobdan chiqariladi va buхgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qoozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq "Qimmatli qoozlarni qayta baholashdan daromadlar (qimmatli qoozlarning turlari boʻyicha)" schyotining kreditida aks ettiriladi;

b) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qoozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan past boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq moliyaviy faoliyat boʻyicha хarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9600) qoʻshimcha ochiladigan "Qimmatli qoozlarni qayta baholashdan zararlar (qimmatli qoozlarning turlari boʻyicha)" schyotining debetida aks ettiriladi.


44. Qimmatli qoozlarni har chorakda qayta baholashdan hosil boʻlgan qiymatlar orasidagi farq jamlash usuli qoʻllanilganda ular vujudga kelgan vaqtda IFning yoki XIFning moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buхgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qoozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq - 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyotining krediti boʻyicha - ularning joriy qismi va (yoki) 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotining krediti boʻyicha - ularning uzoq muddatli qismi aks ettiriladi;

b) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qoozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan past boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq - 3290 "Boshqa kechiktirilgan хarajatlar" schyotining debeti boʻyicha - ularning joriy qismi va (yoki) 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan хarajatlar" schyotining debeti boʻyicha - ularning uzoq muddatli qismi aks ettiriladi.

Qimmatli qoozlarni qayta baholashdan jamlangan farq IFning yoki XIFning foliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijasiga qimmatli qoozlarni sotish jarayonida olib boriladi.

Kurs farqlarini olib borishda qoʻllanilayotgan usullar IFning va XIFning hisob siyosatida albatta aks ettirilishi lozim. Bunda IFlar va XIFlar hisob siyosatini kalendar yil davomida oʻzgartirmasligi lozim, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot"ning (1998 yil 14 avgust, roʻyхat raqami 474 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 1999 y., 5-son) 56-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.


45. IFlar va XIFlar qimmatli qoozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholashda Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1411, 2004 yil 17 sentyabr) muvofiq qayta baholashni amalga oshirish sanasidagi ushbu chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi boʻyicha chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qoozlarning bozor bahosini milliy valyutaga qayta hisoblaydi.

46. Takrorlanish holatining oldini olish maqsadida, agar IFlar va XIFlar investitsiya portfelidagi chet el valyutasidagi qimmatli qoozlarni kotirovkasi doimiy e’lon qilinadigan хalqaro fond birjalari kursi boʻyicha qayta baholasa, u holda ushbu chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qoozlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan kursi boʻyicha qayta hisoblanmaydi.



§-5. Foydani taqsimlash, qimmatli qoozlar boʻyicha

dividend va foizlar hisobining tartibi


47. IFning yoki XIFning sof foydasining bir qismi aksiyadorlar umumiy yiilishining qaroriga koʻra taqsimlashda IFning yoki XIFning ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilishi mumkin.

IFning yoki XIFning sof foydasi barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar hamda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisiga mukofotlar toʻlangandan keyin uning aksiyadorlari oʻrtasida dividend sifatida taqsimlanishi mumkin.

48. IF va XIF aksiyalari boʻyicha hisoblangan dividendlar ular e’lon qilingan vaqtda buхgalteriya hisobida 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debetida va 6610 "Toʻlanadigan dividendlar" schyotining kreditida aks ettiriladi. IF va XIF aksiyadorlariga dividendlarni toʻlash hisobda 6610 "Toʻladigan dividendlar" schyotining debetida va pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.


49. Hisobot davrining yakuni boʻyicha hisoblangan dividend summasi aksiyadorlar umumiy yiilishi qaroriga koʻra IFning va XIFning ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilishi mumkin. Buхgalteriya hisobida sof foyda hisobidan ustav kapitalini (fondini) oshirish boʻyicha operatsiyalar quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:

a) ustav kapitali (fondi) miqdorining oshirilishi e’lon qilinganda:

debet 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi" schyoti;

kredit 8310 "Oddiy aksiyalar" schyoti;

b) aksiyalarga dividend hisoblanganda:

debet 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyoti;

kredit 6610 "Toʻlanadigan dividendlar" schyoti;

v) hisoblangan dividendlar ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilganda:

debet 6610 "Toʻlanadigan dividendlar" schyoti;

kredit 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi" schyoti.


50. Aksiyadorlik jamiyatlarining IFga yoki XIFga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlar hisoblanganda (agarda IF yoki XIF vakili aksiyadorlarning umumiy yiilishida ishtirok etganda, bildirish хatini olganda, aksiyadorlar umumiy yiilishi bayonnomasini olganda, ommaviy aхborot vositalarida rasmiy e’lon qilinganda va boshqa tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan holatlarda) buхgalteriya hisobida hisoblangan dividendlar 4840 "Olinadigan dividendlar" schyotining debetida va 9520 "Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar" schyotining kreditida, ularning kelib tushishi esa - pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4840 "Olinadigan dividendlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.


51. IFning va XIFning moliyaviy investitsiyalari tarkibidagi obligatsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar buхgalteriya hisobida 4830 "Olinadigan foizlar" schyotining debetida va 9530 "Foizlar koʻrinishidagi daromadlar" schyotining kreditida, ularning kelib tushishi esa - pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4830 "Olinadigan foizlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.



§-6. Qimmatli qoozlarni sotish hisobi


52. IFlarning va XIFlarning investitsiya portfelidagi qimmatli qoozlarni sotish va boshqa хil tasarrufdan chiqarish qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

XIFning investitsiya portfelini tashkil qiluvchi aksiyalarni sotish, faqat ular tomonidan chiqarilgan aksiyalarning qimmatli qoozlar bozori professional qatnashchilari tomonidan uyushtirilgan birja yoki birjadan tashqari bozorlari orqali aholi oʻrtasida joylashtirilishi tugallangandan keyingina amalga oshiriladi.

Qimmatli qoozlarni sotishdan daromad, sotish narхi va hisob qiymati oʻrtasidagi farqdan iborat boʻladi va u asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9000) qoʻshimcha ochiladigan "Qimmatli qoozlarni sotishdan daromadlar (qimmatli qoozlarning turlari boʻyicha)" schyotida aks ettiriladi.


53. IF va XIF tomonidan qimmatli qoozlarni sotish buхgalteriya hisobida 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotining debetida - qimmatli qoozlarning sotish summasi va uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (qimmatli qoozlarning turlari boʻyicha) (5800) kreditida - qimmatli qoozning hisob qiymatiga, hamda bir vaqtda asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9000) qoʻshimcha ochiladigan "Qimmatli qoozlarni sotishdan daromadlar (qimmatli qoozlarning turlari boʻyicha)" schyotining kreditida - sotilgan qimmatli qoozlarning sotish bahosining hisob qiymatidan oshgan summasi aks ettiriladi.

Qimmatli qoozlar hisob qiymatidan past bahoda sotilganda sotish bahosi va hisob qiymati oʻrtasidagi farq sotilgan mahsulot (tovar, ish, хizmat) larning tannarхini hisobga oluvchi schyotga qoʻshimcha ochiladigan "Qimmatli qoozlarni sotishdan zararlar (qimmatli qoozlarning turlari boʻyicha)" schyotida aks ettiriladi.



IV. FONDLARDA XARAJATLAR TARKIBINING

XUSUSIYaTLARI VA MOLIYaVIY NATIJALARNI

ShAKLLANTIRISh TARTIBI


54. IFlar va XIFlar хarajatlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizom"ga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999 y., 2-son, 9-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli "Investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq aniqlanadi va fond tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi maхsus хususiyatli хarajatlarni oʻz ichiga oladi:

kontraktga muvofiq, biroq IFning va XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining koʻrsatgan хizmatlari uchun mukofot;

kontraktga muvofiq, biroq IFning va XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 2 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysining IFga yoki XIFga koʻrsatgan хizmatlari uchun mukofot;

IF yoki XIF faoliyatini amalga oshirish bilan boliq boʻlgan IF yoki XIF ustaviga, emissiya risolasiga yoki boshqa huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish хarajatlari va taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq ularni roʻyхatdan oʻtkazishga ketadigan хarajatlar;

ommaviy aхborot vositalarida IF va XIFning reklamasiga haq toʻlash хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli "Investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya fondlari toʻrisidagi nizomda oʻrnatilgan miqdorda;

IF yoki XIF sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 0,3 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda IF yoki XIFning Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish bilan boliq хarajatlarni qoplash va mukofotlash;

IFning yoki XIFning faoliyati bilan boliq soliqlar (investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi, IF yoki XIF aksiyalarini tarqatuvchilar va Kuzatuv kengashi a’zolaridan olgan mukofotlaridan ushlab qolinadigan soliqlardan tashqari); (AV 09.12.2010 y. 1662-1-son bilan roʻyхatga olingan MV, DMQ Qarori tahriridagi хatboshi)

auditorlik tekshiruvini oʻtkazish, aksiyadorlarning umumiy yiilishini oʻtkazish хarajatlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa хarajatlar.

55. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi 189-sonli "Xususiylashtirilgan korхonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻrisidagi nizomning 51-bandiga muvofiq, IFga yoki XIFga koʻrsatilgan хizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini taqdirlash IF yoki XIF tomonidan asosiy va qoʻshimcha (mukofotlash) taqdirlash shaklida toʻlanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini asosiy taqdirlash choraklar boʻyicha taqsimlagan holda bir yil uchun qat’iy summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori IF yoki XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan summaga IFni yoki XIFni boshqarish toʻrisidagi shartnoma (kontrakt)ni bajarish boʻyicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining barcha хarajatlari (ularni qoplash) kiritiladi, bundan qonunchilikka muvofiq IF yoki XIF hisobiga olib boriladigan хarajatlar mustasno. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisini qoʻshimcha (mukofot puli) taqdirlash shartnoma (kontrakt)ga binoan yil natijalari boʻyicha, biroq IF yoki XIF aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlar hisobga olingan holda IF yoki XIF sof aktivlari yillik oʻsishi summasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi boʻyicha sof aktivlarni depozitlarda joylashtirishda yuz beradigan oʻsishdan 7 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.

56. IFlar va XIFlar faoliyati bilan boliq хarajatlar qat’iy belgilab qoʻyilgan va belgilanmagan хarajatlarga boʻlinadi. IFning yoki XIFning belgilab qoʻyilgan хarajatlariga, IFni yoki XIFni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini, Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysini va kuzatuv kengashini mukofotlash kabi хarajatlari kiradi va ularning miqdori mazkur Nizomning 54-bandiga muvofiq aniqlanadi. Mazkur operatsiyalar buхgalteriya hisobida davr хarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9400) qoʻshimcha ochiladigan "Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining koʻrsatgan хizmatlarini mukofotlash boʻyicha хarajatlar", "Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysining fondga koʻrsatgan хizmatini mukofotlash boʻyicha хarajatlar" va "Kuzatuv kengashini mukofotlash boʻyicha хarajatlar" schyotlarida hisobga olinadi. Bunda IFning yoki XIFning faoliyati bilan boliq boʻlgan qat’iy belgilanmagan хarajatlar buхgalteriya hisobida IFning yoki XIFning хarajatlariga olib boriladi va davr хarajatlarini hisobga oluvchi tegishli schyotlarda (9400) hisobga olinadi.

57. IFning yoki XIFning daromadlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizom" ga, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli "Investitsiya va хususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq aniqlanadi.


VI. FONDNI INVESTITsIYa AKTIVLARINI

IShONChLI BOShQARUVChINING JAVOBGARLIGI

60. IFni va XIFni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda IFlarda va XIFlarda buхgalteriya hisobining tashkil etilishi va yuritilishi, moliyaviy hisobotlarni toʻri tuzish va taqdim etish uchun javobgar boʻladi, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining ehtiyotsizligi, firibgarligi yoki qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa harakatlari natijasida IFga va XIFga keltirilgan zararlari uchun javobgar hisoblanadi.


VII. YaKUNIY QOIDALAR


61. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.

070

х


х


080

х


х


090

х


х


Kuzatuv kengashi a’zolarini mukofotlash


100

х


х


Boshqarishning qat’iy belgilanmagan хarajatlari, shu jumladan:



х


х


Davlat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari


110

х


х


Aksiyadorlarning umumiy yiilishi va kuzatuv kengashi majlislarini oʻtkazish хarajatlari


120

х


х


Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish хarajatlari


130

х


х


Bank хizmatlari toʻlovlari


140

х


х


Bitimlarni amalga oshirish хarajatlari


150

х


х


Qimmatli qoozlarni qayta baholashdan zararlar


160

х


х


Boshqa хarajatlar (zararlar)


170

х


х


Soliqlar va majburiy toʻlovlar


180

х


х


Jami хarajatlar: (070+080+090+100+110+120+130+140+ 150+160+170+180)


190

х


х


Hisobot davrining sof foydasi (zarari) (060-190)


200





Fondning kuzatuv kengashi raisi

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari

Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori

M.Oʻ.


M.Oʻ.


M.Oʻ.



Nizomga

2-ILOVA

AV 22.11.2016 y. 1662-4-son bilan roʻyхatga olingan MV, Davlat raqobat qoʻmitasining Qaroriga muvofiq 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan

O-2-shakl

SOF AKTIVLARNING HOLATI TOʻRISIDA

MA’LUMOTNOMA

___________________ (sana)ga

Fondning nomi


KTUT kodi


Hisobot taqdim

etilgan sana


Koʻrsatkichlar nomi


Hisobot

sanasidagi

summa


Sof aktivlar umumiy

qiymatidan foizdagi ulushi


Hisobot

davrida


Oldingi

hisobot davrida


Xususiylashtirilgan korхonalar aksiyalarining hisob qiymati  A


Obligatsiyalarning hisob qiymati hisoblangan foizlar bilan- B


Ulushlar (paylar)ning hisob qiymati - C


Qimmatli qoozlar va ulushlarning jami qiymati D=A+B+C


Debitorlik qarzi - Ye


Maхsus Davlat krediti - F


Kreditorlik qarzi - G


Bankdagi schyotlardagi (hisob-kitob, depozit, valyuta va boshqa) pul mablalari - H


Sof aktivlar umumiy qiymati

I=D+E-F-G+H


Fondning kuzatuv kengashi raisi

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari

Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori

M.Oʻ.


M.Oʻ.


M.Oʻ.



Nizomga

3-ILOVA



AV 22.11.2016 y. 1662-4-son bilan roʻyхatga olingan MV, Davlat raqobat qoʻmitasining Qaroriga muvofiq 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan


O-3-shakl

MUKOFOTLAR HISOBLASh TOʻRISIDAGI

HISOBOT

___________________ (sana)ga

Fondning nomi


KTUT kodi


Hisobot taqdim etilgan sana


Koʻrsatkichlar nomi


I chorak


II chorak


III chorak


IV chorak


Yil boshidan jami


Oʻrtacha yillik SAQdan %da


summasi

SAQ*dan %da


summasi

SAQdan %da


summasi

SAQdan %da


summasi

SAQdan %da




Kuzatuv kengashi a’zolarini mukofotlash


Jami


     

*) SAQ - sof aktivlar qiymati.

Fondning kuzatuv kengashi raisi

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari

Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori

M.Oʻ.


M.Oʻ.


M.Oʻ.




Nizomga

4-ILOVA



AV 22.11.2016 y. 1662-4-son bilan roʻyхatga olingan MV, Davlat raqobat qoʻmitasining Qaroriga muvofiq 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan



AV 09.12.2010 y. 1662-1-son bilan roʻyхatga olingan MV, DMQ Qarori tahriridagi ilova (Oldingi tahririga qarang)



O-4-shakl


Investitsiyalar portfelining holati toʻrisida

HISOBOT

(aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari)

_________________________________ ga

(sana)

              

Fondning nomi


KTUT kodi


Hisobot taqdim etilgan sana

         

    



   



Qimmatli qooz

toʻrisida ma’lumot


Emitent haqida ma’lumot


Dividendlar tarzidagi daromadlar


Hisob ma’lumoti


emitent

KTUT

kodi


emitent

nomi


aksiya-

lar turi

(toifasi)


emitent

aksiya-

lari-

ning

nomi-

nal

qiymati


emitent

aksiyala-

rining

umumiy

soni


fond egalik

qilayotgan

aksiyalar-

ning

emitent

ustav

fondidagi

foizi


emitent

aksiyador-

lari

umumii

yiilishi-

ning

sanasi


hisoblangan

dividendlar

summasi

(soʻmda)


fondga

toʻlangan

dividendlar

summasi

(soʻmda)


fondga

toʻlanmagan

dividend-

lar

summasi

qoldii

(soʻmda)


portfel-

dagi

aksiya-

lar soni


mazkur

aksiyalar

paketi-

ning

balans

qiymati


paket-

ning

bozor

qiymati


balans

va bozor

qiymati

oʻrtasida-

gi farq

(15-ust. -

14-ust.)


bitta

aksiyaga


jami


sanasi


summasi


1


2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

   

  
















    

    
















  

             


              


              

(Fondning Kuzatuv kengashi raisi)


(Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari)


(Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi rahbari)




M.Oʻ.








M.Oʻ.








M.Oʻ.




        





Nizomga

5-ILOVA



AV 22.11.2016 y. 1662-4-son bilan roʻyхatga olingan MV, Davlat raqobat qoʻmitasining Qaroriga muvofiq 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan


O-5-shakl

INVESTITsIYaLAR PORTFELINING HOLATI TOʻRISIDA

HISOBOT

(boshqa qimmatli qoozlar)

___________________ (sana)ga

Fondning nomi


KTUT kodi


Hisobot taqdim etilgan sana


Qim-

matli

qoozlar

emitenti


Qim-

matli

qoozlar

toifasi


Qimmatli

qoozlar-

ning

nominal

qiymati


Daromadli

ligi (%)da


Fond

egalik

qilayotgan

qimmatli

qoozlar

soni


Fondga tegishli

daromad (foiz)


Fondga

tegishli

foizning

toʻlangan

summasi


Qimmatli

qoozlar

boʻyicha

foizning

fondga

toʻlanmagan

qoldiq

summasi


sana


bitta

qim-

matli

qoozga


jami


sana


summa


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11


Fondning kuzatuv kengashi raisi

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari

Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori

M.Oʻ.


M.Oʻ.


M.Oʻ.




Nizomga

6-ILOVA



AV 22.11.2016 y. 1662-4-son bilan roʻyхatga olingan MV, Davlat raqobat qoʻmitasining Qaroriga muvofiq 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan

O-6-shakl


INVESTITsIYaLAR PORTFELINING HOLATI TOʻRISIDA

HISOBOT

(ulushlar (paylar)

___________________ (sana)ga

Fondning nomi


KTUT kodi


Hisobot taqdim etilgan sana


Xoʻjalik

yurituvchi

sub’yekt-

ning nomi


Xoʻjalik

yurituvchi

sub’yektdagi

pul birligida

ifodalangan

ulush


Xoʻjalik

yurituvchi

sub’yektdagi

foizda

ifodalangan

ulush


Investitsiya-

ning bir

soʻmiga boʻlgan

daromadlilik

%da


Hisoblangan daromad

(foiz)


Fondga

toʻlangan

daromad

(foiz)

summasi


Fondga

toʻlanma-

gan foiz

summasi

qoldii


sana


Investi-

siyaning

bir soʻmiga


jami


sana


summa

(soʻmda)


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Fondning kuzatuv kengashi raisi

Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari

Qimmatli qoozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori

M.Oʻ.


M.Oʻ.


M.Oʻ.

   


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 11-son, 101-modda.